Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Download 4,25 Mb.
bet62/113
Sana31.12.2021
Hajmi4,25 Mb.
#218005
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113
Bog'liq
ESTETIKA1

Estetik hissiyot. Ko‘pincha adabiyotlarda estetik hissiyot «estetik tuyg‘u» so‘zida, birlik shaklida beriladi. Goh estetik kechinmaning, goh estetik hayajonning sinonimi tarzida talqin qilinadi. Bizningcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. CHunki hayajon ham, kechinma ham bitta tuyg‘udan emas, tuyg‘ular silsilasidan iborat bo‘ladi, shu sababdan uni ko‘plikda – hislar yoki hissiyot shaklida qo‘llash maqsadga muvofiq.

Endi estetik hissiyotni tashkil etadigan hislarning ba’zilarini qisqacha ko‘rib o‘taylik.

Estetik hissiyotning ibtidosidagi tuyg‘u estetik qiziqish. Ma’lumki, qiziqish hissi, sog‘inch va qo‘msashdan farqli o‘laroq, o‘tmishda ro‘y bergan hodisani emas, balki ko‘p hollarda kelajakda, tez muddat ichida ro‘y berishi lozim bo‘lgan voqelikni nazarda tutadi, unga intiladi; intilish jarayoni esa –«uchrashuv»ga tayyorgarlik degani. Estetik qiziqish sub’ektning ob’ekt haqida, hali u bilan yuzma-yuz kelmasdan turib, muayyan bir umumiy tushunchaga ega bo‘lishini, uni idrok etishga o‘zini hozirlashini taqozo etadi. Uni boshqacha qilib, hayajonli kutish, orziqish ham deyish mumkin; badiiy adabiyotda, jurnalistlarda, «nihoyat orziqib kutilgan kun keldi» yoki «orziqib kutilgan daqiqalar etib keldi» degan iboralarning ishlatilishi bejiz emas, zero orziqish – qiziqishning yuksak nuqtasi. Masalan, siz Samarqanddagi SHohizinda me’moriy majmuasi ziyoratiga otlandingiz. Bunda siz albatta u haqda qachondir eshitganlaringiz va o‘qiganlaringizni eslaysiz, bilganlaringizni muayyan tartibga solib, bu bevosita notanish va ayni paytda bilvosita tanish ob’ekt to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lasiz, uning sirli zinalari, ulug‘vor maqbaralariyu go‘zal bezaklari bilan uchrashuvga intilasiz. Bunday holat o‘zingiz sevgan xonanda yoki aktyor bilan bo‘lajak uchrashuv oldidan ham yuzaga keladi.

Estetik hissiyotda tasavvur xuddi estetik faoliyatdagidek katta ahamiyatga ega, uni yuqorida keltirganimizdek, dastlabki estetik tasavvur deb atash maqsadga muvofiq. Dastlabki estetik tasavvur sub’ekt ob’ekt bilan bevosita estetik munosabatga kirishmasdan avval ro‘y beradi. U orqali siz estetik munosabatga kirishadigan ob’ektini o‘zingizcha ko‘z oldingizga keltirasiz, ko‘proq umumiy manzara bilan cheklanasiz, qolaversa xayolan o‘zingiz yaratgan, aslida ob’ektda yo‘q xususiyatlarni ham tasavvurda bor deb hisoblaysiz. Estetik jarayon boshlanganidan ob’ektning «unday» emas, «bunday» ekani ma’lum bo‘ladi, ilk taassurot asosidayoq tasavvuringiz o‘zgaradi va endi u estetik faoliyatning bir murvati, ijodiy tasavvur sifatida ish ko‘radi. Demak, dastlabki tasavvur estetik tasavvurning taassurotgacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi va ob’ektga hissiy kirib borishda o‘ziga xos yo‘lak vazifasini bajaradi.

Estetik munosabatning boshlanishida ro‘y beradigan yana bir tuyg‘u bu – quvonch hissi: sub’ekt ob’ektni ko‘rgan paytda, deylik, go‘zallikka duch kelganida uni ichki bir quvonch qamrab oladi. Estetik quvonch sub’ektni kuzatuvni davom ettirishga da’vat etadi va ob’ektni hissiy o‘rganish uchun unga muayyan kayfiyat, ruh beradi. Xuddi shunday vazifani ulug‘vorlik va mo‘‘jizaviylikni mushohada etishda – yoqimli hayrat hissi, fojeaviylikda –achinish, hamdardlik, kulgililikda – hazil, kulgi bajaradi. Lo‘nda qilib aytganda, hayrat bilan estetik jarayon boshlanadi. Estetik munosabat mobaynida u avval qiziqishga, keyin asta-sekinlik bilan zavqqa aylanadi va zavq bilan idrok etish hodisasi voqe bo‘ladi. Ayni paytda zavq faqat estetik ob’ektni idrok etishdagina emas, balki ana shunday ob’ektlarni yaratishda ham ilhom shaklida ishtirok etadi: zavq bilan ijod qilingan asar zavq bilan idrok etiladi. Tabiat estetikasidan boshqa estetik sohalarning hammasida zavq sub’ektdagina emas, balki ob’ektda ham mavjud bo‘ladi. Bunda faqat estetik zavq o‘zini yashirib, botiniy xususiyatga ega his – ruh shaklida namoyon qiladi. Estetik zavqni bizda ham, ruslardagi ilmiy adabiyotlarda ham odatda estetik lazzat shaklida qo‘llab kelinadi. Bizningcha, bu to‘g‘ri emas. CHunki lazzat ko‘proq tashqi nimaningdir sub’ekt ichiga kirishi bilan belgilansa, zavqda sub’ekt ob’ektning ichiga kirib boradi. Undan tashqari, lazzat ham, zavq ham har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, gastronomik lazzat, shahvoniy lazzat, mehnat zavqi, sportdagi, qimordagi zavq. Estetik zavq bularning hammasidan farqli ravishda moddiy yoki jismoniy manfaatdorlikdan yiroq, u ob’ektga egalikni emas, ob’ektni ko‘rish, kuzatish, mushohada qilishni taqozo etadi. Undan inson moddiy emas, ma’naviy qoniqish hosil, qiladi narsa-hodisaga beg‘araz yondashuv bilan cheklanadi. Estetik zavq o‘yin hodisasi bilan bog‘liq. ¡yin esa, ma’lumki, san’atning san’atlik mohiyatini tashkil etadi, doimo ijodiylik xususiyatiga ega. Estetik zavq, oddiy zavqdan farqli o‘laroq, insonni tarbiyalash xususiyatiga ega, inson estetik idrok etish jarayonida zavqlanib borar ekan, ayni shu jarayonning o‘zida tarbiyalanib boradi.

Estetik lazzatga kelsak, uning zavqdan yana bir farqi shuki, u san’atning huzurbaxshlilik xususiyatidan kelib chiqadi. SHuning uchun uni estetik huzur deb ham atash mumkin. Zero u estetik idrok etish jarayonining so‘ngida ro‘y beradi va ma’lum ma’noda forig‘lanish holati bilan uyg‘unlashib ketadi.




Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish