Nutqning aniqligi
Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifat-laridan biridir. Agar to`g’rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo`lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo`ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o`zidir.
O`zbek tilining aloqa vazifasi doirasida yozuvchilik va jurnalistlik faoliyatida, o`qish-o`qitish jarayonida, millat vakillarining kundalik muloqot jarayonida bunday kamchiliklar uchrab turibdi. Tildagi bu nuqsonni V.V.Vinogradov ham o`z vaqtida qayd qilgan edi: «…uchinchi keng tarqalgan stilistik kasallik – bu so`zning voqyelikka mos kelmasligidir, so`zning predmetdan uzilib qolishi – bu buzilish, hatto ba’zan uning predmet (asosiy) ma’nosini yo`q qilishdir. Bu kasallik tasvirlanayotgan hayot bilan tanish bo`lmaslikdan, yozuvchilar o`zlari chizayotgan narsa va hodisalarni yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi».
Shunday qilib, aniqlik – bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqyelikka mos va muvofiq kelishidir.
Aniqlikni boshqacha tushunish ham mumkin. Bu so`z va uning ko`pchilik tomonidan qabul qilingan ma’nosi hamda uning nutqda qo`llanishi bilan muvofiq kelishidir.
Ko`rinadiki, aniqlik nutqning asosiy xususiyati sifatida, eng avvalo, til tizimidagi leksik daraja bilan bog’lanadi. «Nutq aniqligi» atamasi ostida voqyelik va uning tildagi ifodasi bo`lgan leksik birlik – so`zlar o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik anglashiladi.
Til birliklaridan sinonimlar namunaviy nutqning ќosil bo`lishiga ko`proq xizmat qiladi. Chunki ular mazmunan bir-birlariga yaqin bo`lsa ham, ma’no qirra-lariga ko`ra farqlanadi. Ana shu qirralardagi farqlar ularni tanlab ishlatish imkoniyatini beradi. Masalan, aniq, ochiq, yaqqol, ravshan, yorqin, oydin, ayon sinonim-larini olib ko`raylik. Garchi ular umumiy ma’noda bir sinonimik qatorni tashkil qilishsa ham, birining o`rnida ikkinchisini qo`llash hamma vaqt mumkin bo`lavermaydi. Aniq eshitdim deyish to`g’ri bo`lgani holda oydin eshitdim deyish mumkin emas, hamma narsa ayon, hamma narsa ravshan, hamma narsa aniq, hamma narsa oydin deyish mumkin bo`lgani holda hamma narsa yorqin deb bo`lmaydi. Chunki asosan aniq eshitishga, ochiq va oydin tushunishga, yaqqol va yorqin ko`rish va eshitishga, ravshan ko`rish va tushunishga xos60.
Aniqlikni vazifaviy uslublar doirasida tushunish ham o`ziga xos. Masalan, u so`zlashuv uslubida vaziyatga bog’liq bo`ladi. Rasmiy uslubda esa u tildagi tayyor, љolip holidagi so`z va iboralardan foydalanishni taqozo qiladi. Ilmiy uslubda atama va uning ifodalanish aniqligi asosiy o`rinda turadi. Publisistik va badiiy uslublarda esa so`z va iboralar faqatgina badiiy-estetik vazifani bajarishdan tashqari yozuvchining g’oyaviy maqsadi uchun xizmat qilishi lozim bo`ladi.
So`z qo`llash aniqligining chegarasini belgilash birmuncha murakkab ish bo`lib, u tilni yaxshi bilishni va uning vazifaviy uslublar doirasida qo`llanish imkoniyat-larini o`rganishni taqozo qiladi.
Tadqiqotchilar aniq nutq yaratish uchun so`zlovchidan quyidagilar talab etilishini qayd qilishgan:
«a) tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakligini ajratib, nutqda qo`llash;
b) nutqda ishlatiladigan so`zning anglatgan ma’nolari-ni har tomonlama bilish;
v) so`zning ko`p ma’noliligiga jiddiy e’tibor berish, ko`p ma’noli so`z nutqda qo`llanganda uning qaysi ma’no qirrasi ko`zda tutilayotganini aniq tasavvur qilish; fikr-ning yuzaga chiqishida bu so`zning boshqa ma’no qirralari monelik qilish-qilmasligini ko`z oldiga keltirish;
g) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki ular-ni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;
d) paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinlik-lariga e’tibor berish;
ye) tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid, arxaik, eskirgan, dialektizm so`zlarning ma’nolarini yaxshi anglagan holda nutqqa kiritish»61.
Do'stlaringiz bilan baham: |