Nutqning to`g’riligi59
Nutqning to`g’ri bo`lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to`g’ri tuzilgan bo`lishi tomonlarning – so`zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o`quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini ta’minlaydi. Agar nutq to`g’ri bo`lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo`lmaydi. To`g’rilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan me’yorining qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lug’at va grammatik me’yorlarini egallashni tushunish lozim bo`ladi. Demak, nutqning to`g’ri bo`lishi dastlab uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishi bo`lib hisob-lanadi.
Nutqning to`g’ri bo`lishi asosan ikki me’yorga – urg’u va grammatik me’yorga amal qilishni taqozo qiladi. So`zlardagi ayrim bo`g’inlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, ya’ni ularga urg’uning tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O`zbek tilida shunday hodisa kuzatiladi. Masalan, olma so`zini olaylik. Bu so`zni alohida, urg’usiz olib qaraganda uning qanday ma’no anglatayotganini bilish qiyin bo`ladi. Urg’u esa undagi ma’noning reallashuviga ko`maklashadi, ya’ni o*lma tarzida urg’u birinchi bo`g’inga tushganda harakat, olma* tarzida oxirgi bo`g’inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi. Tilimizda bunday so`zlar anchagina: qa*tlama – qatlama*, ho*zir – hozi*r, yigitcha* – yigi*tcha, o`quvchi*miz – o`quvchimi*z, ya*ngi – yangi* kabi. So`zlardagi bu xususiyatlarni farqlamasdan, urg’uni noto`g’ri qo`llash so`zlardagi ma’noning buzilishiga olib keladi. So`zlar talaffuzidagi bu kabi holatlarga, ayniqsa, maorif va madaniyat xodimlari e’tibor berishlari va boshqalarga o`rnak bo`lishlari lozim.
Talabalar mehmoni so`z birikmasida ham mulohazali holat mavjud. Bu holat qaratqich kelishigi qo`shimchasi-ning tushirilishi bilan bog’liq. Qiyoslang: Talabalar mehmoni(kimningdir talabalar mehmoni) – Talabalarning mehmoni (kimdir talabalarning mehmoni).
O`zbek tilida ko`plik ma’nosini ifodalashning yo`llaridan biri – lar qo`shimchasi ekanligi ma’lum. Shu bilan birga, bu qo`shimchaning ko`plik doirasidan chiqib, asosan ot va fe’llarga qo`shilganda hurmat, kinoya, piching, noaniqlik, kuchaytirish, takrorlash, ta’kid, predmetning turi, umumlashtirish, so`zlovchi munosabatini alohida bildirish singari turli xil ma’nolarni ifodalashi uning grammatik-uslubiy imkoniyatlarining kengayib borayotganligidan dalolat beradi. Garchi qo`shimchaning bu kabi ma’nolarni anglatish jarayonidagi so`zlarga qo`shi-lish tarzi morfologik me’yorning buzilishi sanalsa-da, uni uslubiy me’yorning buzilishi deb bo`lmaydi: tillar, yuraklar, jigarlar, burunlar, boshlar, suvlar, qonlar, sutlar, saroblar, barglar, yo`qlar, (ketmaydimi) chiriblar kabi.
Ma’noning to`g’ri, maqsadga muvofiq ifoda etilishida ohangning ham xizmati katta. So`zlarga qaysi yo`sinda urg’u berilishiga qarab ma’no ottenkalari o`zgarib borishi mumkin. Masalan, nutq jarayonida keling so`zidagi samimiyat, piching, masxaralash, norozilik kabi ottenkalar faqat ohang yordamidagina reallashadi.
Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni joy-joyida ishlatish, nutqni to`g’ri tuzishga erishish, har bir til birligini o`rniga qo`yib talaffuz qilish nutq madaniyatining asosiy talablaridan sanaladi.
Nutqning to`g’ri bo`lishi barcha soha mutaxassislari uchun ham muhimdir. Ayniqsa, fizika, kimyo, matematika, biologiya, informatika fanlari o`qituvchilari o`quvchilar-ning turli tillardan kirib kelgan atamalarni ishlatish-da, urg’uni to`g’ri qo`llashlariga, to`g’ri talaffuz etishlari-ga e’tibor berishlari lozim. Chunki ruscha-baynalmilal so`z va atamalarning talaffuzi, ya’ni urg’uni qo`llash o`zbek tilinikidan birmuncha farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |