Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта маҳсус таълим вазирлиги


Gazeta tilida uslubiy me’yor muammolari



Download 1,51 Mb.
bet25/98
Sana29.12.2021
Hajmi1,51 Mb.
#85613
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi a

Gazeta tilida uslubiy me’yor muammolari

Ko`plab faktlar tilning boshqa normalarining buzilishi aksariyat holatlarda uslubiy norma bilan bog’liq ekanligini tasdiqlaydi. Quyida uslubiy ravon-lik, aniqlik va ixchamlikka ta’sir etuvchi ayrim holat-larni ko`zdan kechiraylik.

1. Matbuot tili konkretlikni, har bir narsani o`z nomi bilan atashni talab etadi. Ayrim holatlarda aniqlikka putur yetayapti yoki chalkashlik holatlari yuz berayapti. M.: Respublikamizda «Xalq ta’limi to`g’risida» Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan keyin oliy va o`rta maxsus ta’limni yanada rivojlantirish uchun keng ufqlar ochildi (Z.,20.11.01). Keyingi yillarda «Ta’lim to`g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va ilm-fanni rivojlan-tirishga qaratilgan bir necha qarorlar qabul qilindi (XS.,1.09.98), Sessiya oralig’ida O`zbekiston Respublika-sining «Ta’lim to`g’risida»gi (? qonuni) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining Toshkent shahrida bajarilishi o`rganildi (XS.,20.11.01). Shu yerga oydinlik kiritilishi, muhrda firma nomi qaysi xalqaro tillarda ko`rsatilishi «Til to`g’risida»gi Qonunimizdan kelib chiqib, aniq belgilab qo`yilishi lozim, deb hisoblayman (XS.,11.12.03). Barchaga ma’lum bo`lgan qonunlar nomini yozishda bir xillikka erishish shart, deb hisoblaymiz.

Joriy yilning o`tgan davrida birgina Samarqand shahrining osori-atiqalari 260 million daromad keltirdi (Z.,20.11.01). Pul birligi yozilishi lozim. Jumlada mavhumlik yuz bergan.

...viloyat davlat pedagogika instituti rektori Ravshan Rahmonovning xabar qilishicha,... (O`AS.,12. 12.97). Oliy o`quv yurtining nomi to`liq aks etishi lozim: Navoiy davlat pedagogika instituti tarzida.

2. Ayrim holatlarda fikr noto`g’ri ifodalangan. M.: Darvoqye, 30-tur uchrashuvlari yakunlangan bo`lsa-da, kecha Farg’onada hyech qanday ahamiyat kasb etmagan “Neftchi” va “Paxtakor” jamoalari o`rtasida kechiktirilgan tur uchrashuvi o`tkazildi (XS.,5.12.02). Ajratilgan birikma noo`rin ishlatilgan, jumlada g’alizlik paydo bo`lgan.

3. Ibora bilan birga aynan shu ma’noni ifodalovchi so`zni yonma-yon ishlatish bilan uslubiy norma buzilgan holatlar mavjud. M.: Ko`zlarimga ishonmay, chiptani qo`limga olarkanman ishning xamirdan qil sug’urgandek tez bitganiga hyech ishongim kelmasdi (XS.,8.11.02).

4. So`z ma’nosini hisobga olmaslik uslubiy norma buzilishiga sabab bo`lgan. M.: Shuningdek, ma’ruzachi yangi tahrirdagi “Prokuratura to`g’risida”gi Qonunning ilgari-gisidan keskin farqi xususida ham to`xtalib o`tdi (K.,26.12.01). Keskin so`zini tubdan so`zi bilan almashtirish lozim.

5. Uslubiy norma ayrim qo`shimchalarni noto`g’ri ishlatish natijasida sodir bo`lgan (Bu holat yuqorida ham qayd etilgan edi). Quyidagi matnda tushum va qaratqich kelishiklari ortiqcha ishlatilgan. M.: Terror murosasiz ko`rinishda olib borilishi natijasida: - yer yuzi ekologiyasida keskin buzilish holatlarini yuzaga keldi; - ishsizlikning kuchaydi; - yer yuzida yangi urush o`choqlarining paydo bo`ldi; insoniyat barpo qilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning vayron bo`lmoqda (K.,26.12.01).

6. Ayrim texnik xatolar tufayli (buni gazeta xodim-lari kompyuter bilan bog’lashadi) matnlar palapartish, bir-biriga bog’lanmagan holda bosilmoqda. M.: Uchinchi tosh - Nefrittosh esa Amir Temurning qabriga qo`yilgan.



Masjid hovlisidagi marmar lavhada ushbu yozilgan: «Ulug’ sulton, shavqatli hoqon, din homiysi va xanafiya mazhabining rivojkori ibn sulton, tinchlik va din panohkori esa Amir Temurning qabriga qo`yilgan).

Masjid hovlisidagi marmar lavhada ushbu yozilgan: «Ulug’ sulton, shavqatli hoqon, din homiysi va xanafiya mazhabining rivojkori ibn sulton, tinchlik va din panohkori Ulug’bek Ko`ragon»..

Yana shu maqoladan misol: Tangriga shukrlar bo`lsin-kim, yurtimiz uzra mustaqillik shabodalari (?) esib, istiqlol quyoshi nur socha boshlagach, ulug’ bobomiz tomonidan bunyod etilgan bu betakror obida yana qayta ta’mirlanib, ma’naviy-madaniy merosimizning umrboqiy durdonalari qatoridan mustahkam joy oldi.



lagach, ulug’ bobomiz tomonidan bunyod etilgan bu betakror obida yana qayta ta’mirlanib, ma’naviy-madaniy merosimizning umrboqiy durdonalari qatoridan mustahkam joy oldi (Z.,20.11.01).

7. Adabiy normaning bir necha holatlari buzilgan matnlar gazetalarda ko`payib bormoqda. Masalan, ushbu matnda ortiqchalik uslubiy noravonlikka sabab bo`lgan: Mahalla faoliyatini yanada takomillashtirishning zarur shartlaridan yana biri tadbirkorlikni rivojlantirish-dir. Bu mahallalarda, ayniqsa, qishloq sharoitida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joylarning o`zida yechishga, ikkinchidan, ushbu yo`l bizningcha, oz mablag’ sarflab, ko`pchilikni ish bilan ta’minlashga, uchinchidan, bu borada erishiladigan ijobiy natijalar nafaqat iqtisodiy islohotlar jarayonini, balki aholining turmush darajasini ham yaxshilashga (, ?) ayniqsa, ish bilan bandlik dasturini amalga oshirishga katta yordam beradi (D.,29.04.04).

Yuqorida adabiy me’yor buzilishlarining bir muncha jiddiy holatlariga misollar keltirdik. Bulardan tash-qari ayrim juz’iy kamchiliklarga ham yo`l qo`yilmoqda, ularga e’tiborsizlik matbuot tilining keyingi rivoji va yangi jurnalistlar avlodini tarbiyalashda, umumiy savodxonlik va yuqori nutq madaniyatiga erishishda salbiy o`rin tutadi. Bu kamchiliklar orasida, ayniqsa, so`z qo`llash, jumla tuzish, gapning uslubiy ravonligiga e’tibor bermaslik hollari barcha gazetalarda u yoki bu darajada mavjud bo`lib, ayrim gazetalarda ular kundan-kunga ko`payib bormoqda. Shunday gazetalar borki, ularning ayrim sonlarida o`nlab turli xarakterdagi kamchiliklar uchraydi. Ushbu holat ancha tashvish uyg’otadi.

O`zbekiston Qahramoni Ozod Sharofiddinov bu kabi holatlarni keskin tanqid qiladi: «OAVda til masala-larida yo`l qo`yilayotgan bunday bepisandlikka, savodsiz-likka, loqaydlikka mutlaqo toqat qilib bo`lmaydi. Negaki, yo`l harakatini boshqarib turadigan Yo`l harakati xavfsizligi bor, ammo ona tilimiz qoidalarining mutta-sil va bekamu ko`st bajarilishini taftish qiladigan Dav-lat tili nazorati yo`q. Til borasidagi o`zboshimchaliklari va tartibbuzarliklari uchun javobgarlikka tortish Jinoyat majmuasida nazarda tutilmagan. Shuning uchun til boyligini asrash, uning qonun-qoidalariga qat’iy amal qilishni nazorat etish, tilimizning beqiyos go`zalliklari-ni namoyish qilish to`laligicha OAV zimmasiga tushadigan mas’uliyatdir. Bir vaqtlar ular bu mas’uliyatni bajarishga, birinchi navbatda o`zlarining tillari go`zal, ma’nodor va benuqson bo`lishiga juda katta e’tibor berar edilar, har haftada maxsus shu masalaga bag’ishllangan ishlab chiqarish majlislari o`tkazib turishardi, tilshunoslar va boshqa nufuzli odamlarni taklif qilib, ular yordamida o`z faoliyatlarini tanqidiy taftishdan o`tkazar edilar. Nega bugungi kunda bu ishlar .qilinmay qo`yildi? Axir, bugun o`zbek tili davlat tili bo`lganiga salkam o`n besh yil bo`layotgan bir pallada uning rivoji uchun kurash hammamiz uchun farz-ku!»58.

Matbuot tili o`zbek tilining ajralmas bir tarmog’i, uning ko`zgusi, savodxonlik va nutq madaniyati namunasi-dir. Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar ba’zi gazetalarda ko`proq, ayrimlarida kamroq uchraydi. Jurnalistlarning chinakam ijodkorligi, tanqidga xolis munosabatigina matbuot tilining namnuaviyligini saqlab qolishi, matbuot tili madaniyatining yuksak bo`lishiga xizmat qilishi mumkin. O`љituvchi faoliyati uchun matbuot materiallari ќar tomonlama foydali manba vazifasini bajarishini jurnalistlar ќam unutmaligi kerak.

O`zbek adabiy tilining qanchalik me’yorga keltiril-ganligi va unga qay darajada amal qilinishi umummilliy o`zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan sanalar ekan, bu muammo bilan shug’ullanish ziyolilarning bundan keyingi hal qilishi lozim bo`lgan dolzarb vazifasi bo`lib qolaveradi.



Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish