Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта маҳсус таълим вазирлиги



Download 1,51 Mb.
bet2/98
Sana29.12.2021
Hajmi1,51 Mb.
#85613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi a

Islom KARIMOV
SO`Z BOShI
«1992 yil 7 dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo`yildi. Shu tariqa o`zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’i, gerbi, madhiyasi, Konstitusiyasi qatorida tura-digan, qo­nun yo`li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.

O`tgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizdagi o`rni va ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo`lida ilgari tasavvur ham qilib bo`lmaydigan ulkan ishlar amalga oshirildi.

Istiqlol yillarida o`zbek tilining qo`llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlan-tirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o`ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o`quv qo`llanmalari, yangi-yangi lug’atlar ko`plab chop etila-yotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o`z hissasini qo`shmokda.

Ayniqsa, davlat tilining xalqaro miqyosda ham faol muloqot vositasiga aylanib borayotgani e’tiborlidir. Xususan, xorijiy mamlakatlar rahbarlari bilan bo`ladigan uchrashuv va suhbatlar, muzokaralar, tegishli hujjatlarni imzolash marosimlarida, nufuzli sammit-larda, rasmiy matbuot anjumanlarida o`zbek tilining o`rni va ahamiyati ortib borayotgani hammamizga g’urur-iftixor bag’ishlaydi.

Shu borada o`zbek tilining kompyuter va Internet, aniq fanlar, tibbiyot, iqtisodiyot kabi maxsus termin va tushunchalarni talab qiladigan sohalarda ham keng qo`llana boshlagani uning imkoniyatlari nechog’liq katta ekanini ko`rsatadi.

Holbuki, bundan yigirma yil oldin oddiygina ariza yoki ma’lumotnomani ham o`zbek tilida yozishning imkoni yo`q edi. Bugun bu haqda gapirsangiz, ko`pchilik yoshlarning ishonishi qiyin. Chunki hozirgi paytda oliy hokimiyat idoralaridan tortib mahalliy boshqaruv idoralarigacha ish yuritish ona tilimizda amalga oshirilmoqda.

Biz ajdodlardan avlodlarga o`tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur»1.

Prezident Islom Karimovning o`zbek tilining hozirgi mavqyeiga bergan bunday bahosi nihoyatda e’tiborga sazovordir. Davlat tilining ijtimoiy hayotimizda keng o`rin egallaganligi, uning obro`-e’tibori oshib borayot-ganligi, imkoniyatlaridan tobora samarali foydalanila-yotganligi ona tilimizga bo`lgan faxr-iftixor tuyg’u-larimizni yanada jo`sh urdiradi, g’ururlantiradi.

Davlat tiliga e’tiborni yanada oshirish, undan oqilona foydalanish, talabalar va o`quvchilar nutqining adabiy til me’yorlariga mos bo`lishiga erishishda ta’lim jarayoni-ning ahamiyati katta. Ona tili va adabiyot fani o`qituvchi-sining dars jarayonidagi sabog’i, hatto boshqa sohalarda dars beradigan ustozlarning til qoidalariga mos holda o`zbek tilidan oqilona foydalanish haqidagi ma’lumot-larni berishi keyingi paytlarda yo`l qo`yilayotgan ayrim xato-kamchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.

O`quvchilar va talabalar nutqiga turli omillar ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Oiladagi muhit va muomala jarayoni, maktabgacha ta’lim muassasasi, umumta’lim maktablari va o`rta maxsus ta’lim hamda oliy ta’lim tizimlarida ona tiliga e’tiborning barcha jihat-lari o`quvchi va talabaning savodxonligi, nutq mada-niyatiga katta ta’sir ko`rsatadi. Nutq madaniyatiga ta’sir etishda lisoniy (til) va nolisoniy(tildan tashqari) omillarning ham alohida o`rni bor. O`qituvchining sabog’idan tortib, uning oddiy muomalasigacha o`quvchi va talaba nutqiga ta’sir etadi hamda ongida ma’lum ijobiy yoki salbiy iz qoldiradi. Masalan, Sh.Abdullayeva o`z o`qituvchilik tajribasidan kelib chiqib, o`quvchilar savodxonligiga ko`chalardagi yozuvlar va peshlavhalardagi holatlar salbiy ta’sir qilayotganligini achinib yozadi. Turli reklama yozuvlari va peshlavhalardagi imloviy, hatto uslubiy xatolar o`quvchilarni ba’zan chalg’itmoqda2. Demak, savodxonlik uchun nafaqat o`qituvchilarning sabog’i, balki turli ko`rgazmali vositalar, jumladan, peshlavhalar va reklamalar ham bevosta ta’sir ko`rsatadi.

Ta’lim jarayonini tashkil etish, ayniqsa, nutq madaniyatiga e’tibor sohasidagi tavsiyalar va uslubiy qo`llanmalarga keyingi yillarda ehtiyoj yana ortmoqda. Chunki ta’lim jarayoni uzluksiz va izchil bo`lib, u har bir fan o`qituvchisidan chuqur bilim, malaka, ko`nikmalar va o`zbek adabiy tili qonun-qoidalarini puxta bilish, amalda qo`llay olishni ham talab etadi. Zamonaviy o`qituvchidan mutaxassislik fanlari sirlari, kompyuter-da ishlay olish mahoratini yaxshi bilishidan tashqari yozma va og’zaki nutqi yuqori saviyada bo`lishi talab etiladi. Ayniqsa, o`qituvchining nutq mahorati o`quvchi va talabalarning ma’lum fan asoslarini dars jarayonida puxta egallashlarining asosiy shartlaridan biridir.

Savodli yozish, og’zaki nutqni o`stirish, nutq madaniyati va mahoratini singdirish ona tili va adabiyot o`qituvchining vazifasi, deb hisoblaydigan boshqa fan o`qituvchilari ko`plab topiladi. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, ona tiliga munosabat va hurmat, uning imkoniyat-laridan oqilona foydalanish millatning har bir jonkuyar farzandi uchun ham qarz, ham farzdir. Ayniqsa, bu sohada o`qituvchilar, ziyolilarning o`rni va ularning mas’uliyatni chuqur anglashi juda muhimdir.

Boshqacha aytganda, “Ayni paytda nutqiy madaniyat tarbiyasi bilan maktabdagi, hyech bir istisnosiz, barcha o`quv fanlari ham bilvosita shug’ullanishi kerak. Matematika bo`ladimi, fizika yoki tarix bo`ladimi, o`qituvchi o`z nutqiy madaniyati bilan namuna ko`rsatishi, tegishli fan sohasining tugal tilini namoyish etishi va shu yo`l bilan o`quvchidagi so`z sezgisiga kuch berishi maqsadga muvofiq. Ta’lim amaliyotida ko`rgazmalilik azaldan eng zaruriy omil sifatida qarab kelinadi, shuning uchun o`qituvchi juda ko`p vaqtini turli ko`rgazmali qurollar tayyorlashga sarflaydi. Bu ma’qul, ammo, unutmaslik kerakki, nutqiy madaniyatni o`rgatish, chiroyli so`z zavqini o`stirish, umuman, til estetikasi tarbiyasida asosiy, jonli ko`rgazmali qurol o`qituvchining o`zidir”3, uning nutqidir, nutq ma’naviyatidir.

Til ma’naviyati, nutq madaniyati, yozma va og’zaki nutq mahorati, notiqlik asoslarini egallash har bir mutaxassis uchun zarur shartlardan biri bo`lib qolishi lozim. Chunki bo`lajak o`qituvchi o`z mutaxassislik fani asoslarini chuqur egallagani bilan ularni yetarli darajada o`quvchiga yetkaza olmasa, unday bilimning foydasi, samarasi kam bo`ladi. Shuning uchun har bir mutaxassis nafaqat oddiy savodxonlikni, balki yuqori nutq mahoratini chuqur egallashlari lozim. Buning uchun o`zbek adabiy tili me’yorlari, tegishli qonun-qoidalarni puxta bilishi, amalda qo`llay olishi, davlat tilidan foydalanishda yo`l qo`yilayotigan xatolarni anglab yetishi, o`quvchilarni ushbu kamchiliklarni tuzatishga choralashi, eng muhimi, o`qituvchining asosiy quroli, ya’ni nutqi, nutq mahoratni nihoyatda yuqori bo`lishi lozim.

O`qituvchining nutq mahoratini egallash jarayoni juda murakkab. Chunki u oddiy savodxonlikdan tortib, o`zbek adabiy tili me’yorlarini puxta bilishdan tashqari, bilimni yetkaza olish, ya’ni og’zaki va yozma nutq talablari-ga rioya etgan holda, to`g’ri, aniq, mantiqli, mazmunli, ta’sirchan nutq mahoratini egallash hamdir. Bu jarayon mutaxassislik fanlarini puxta egallashdan tashqari ona tili imkoniyatlaridan ijtimoiy hayotimizda qanday foydalanilayotganligini ziyraklik bilan kuzatib borish, baholash, o`z amaliyotida qo`llashni ham nazarda tutadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, olimlar, yuqori malakali professor-o`qituvchilarning tajribalarini o`rganib, SamDU «Sosiolingvistika ilmiy tadqiqot laboratoriyasi» xodimlarining izlanishlari natijasida to`plangan materiallardan foydalanib, nofilologik fakultetlarda (geografiya, gidrometeorologiya, fizika, kimyo, maxsus sirtqi bo`lim o`zbek tili va adabiyoti yo`nalishlarida) «O`qituvchining nutq madaniyati» fanini va филология факультетида “Тилнинг ижтимоий моҳияти”, “Ўзбек тили ўқитиш методикаси” ихтисослик курслари ва танланма фан сифатида «Нутқ маданиятининг долзарб муаммолари», “Ўзбек тилининг ижтимоий моҳияти” maxsus kursini o`qitish jarayonida, talabalarning ushbu fanlarni o`zlashtirishi, qiziqishini hisobga olib, mavjud arzirli manbalar qatorida yordamchi o`quv materiali bo`ladi, degan umid bilan talabalarning bu kabi manbalarga ehtiyojini hisobga olib, «O`qituvchi-ning nutq mahorati» nomli ma’ruza matnlarini kirill va lotin alifbosida yaratishga jazm etdik. Ushbuni tayyorlashda o`zbek tilshunos olimlari, yetuk pedagoglar yaratgan bir qancha manbalar asos sifatida olindi (Ularning nomlari havola va adabiyotlar ro`yxatida to`liq ko`rsatildi). Ayniqsa, dastlabki variant sifatida tayyorlangan ushbu nusxada quyidagi mualliflarning asarlari materiallaridan keng foydalanildi va ko`plab havolalar keltirildi:

1. Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – T.: Iqtisod-moliya, 2006.- 132 b.

2. Karimov S., Mamatov X., Bo`riyev I. Yuristning nutq madaniyati. Darslik. – Toshkent, 2004. –130 b.

3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2006. – 71 b.

3. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. Amaliy qo`llanma. 3-nashri. – Toshkent: «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. - 440 b.

4. Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Toshkent: Akademiya, 2007. 226 b.

5. Usmonov R. Odobnoma. – Toshkent: O`qituvchi, 1985. – 80 b.

Kelgusi nashr variantlarida bu holat hisobga olinib, materiallar nashr talablari asosida яна qayta ishlanadi.

Mazkur ma’ruza matnlari «O`qituvchining nutq mahorati» mavzuida olib borilayotgan ilmiy tadqi-qotimizning ma’lum bir jihati va shu nomda yaratilajak o`quv qo`llanma, monografiya hamda darslikning debochasi hisoblanadi. Shuning uchun unda ayrim yetishmovchiliklar, kamchiliklarning bo`lishi tabiiy. Sizlarning xolis baholaringizni kutamiz va ulardan, albatta, kelgusida foydalanamiz. Xolis, do`stona fikr-mulohazalaringiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz.




Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish