9.5. Degidrirlash
Degidrirlash–to‘yingan uglevodorodlardan vodorod molekulasi tortib olinishi bilan to‘yinmagan uglevodorodlarning hosil bo‘lish jarayonidir. Masalan, butandan–butilen, butilendan–butadiyen, izopentandan– izoamilen, izoamilendan – izoprenlar. Jarayon xromalyuminiyli katalizatorlarda 530-6000S harorat va atmosfera bosimi yoki undan pastroq bosimda ketadi. Degidrirlash natijada etilbenzoldan stirol, izopropilbenzoldan esa - metilstirol olinadi.
9.6. Polimerizatsiya
Quyi molekulyar moddalar–monomerlarning o‘zaro ta’siri natijasida yuqorimolekulyar moddalar – polimerlar olish jarayoni – polimerizatsiyadir. Ushbu jarayon plastmassalar, sintetik kauchuklar, moylar va boshqa mahsulotlar olishda ishlatiladi. Masalan, fosfat kislota katalizatori ishtirokida propilenni polimerlab, yuvish vositasi ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan propilenni tetrameri olinadi.
Propilenni polimerlab yuqori sifatli plastmassa – polipropilen olinadi.
Izobutilenni polimerlab qattiq poliizobutilen (molekulyar massasi 200000 ga yaqin) yoki suyuq poliizobutilen (molekulyar massasi 10000 ga yaqin) olinadi.
Amaliy mashg‘ulot №10
10.1. Oltingugurt organik birikmalarni gidrirlash
Oltingugurt saqlovchi birikmalarni gidrirlash jarayoni neft mahsulotlarini gidrotozalash jarayoni deb ham atalib, bunda S–С bog‘i uziladi, chunki bu bog‘ energiyasi С–С bog‘inikiga nisbatan 1,5 barobar kam. Bundan tashqari, katalizator kompleksida MoS2 yuzasida S–C bog‘i energiyasi 23kJ/mol ga teng bo‘lib, ushbu kompleksdagi С–С bog‘i energiyasidan 10 marta kamdir.
Tiofen hosilalari eng qiyin gidrirlanadi. Tiofen, sulfidlar va merkaptanlar ancha yengil gidrirlanadilar. Odatda jarayon Al–Co–Mo, Al–Ni–Mo katalizatorlarida 340–4200S va 2,5–6 MPa bosimda olib boriladi. Turli tip oltingugurtli birikmalardagi gidrogenizatsiya reaksiyalari mexanizmini quyidagicha tushuntirish mumkin:
Keyingi paytlarda gidrirlash reaksiyasi S – C bog‘i hisobiga ketishi izlanishlar natijasida to‘liq tasdiqlangan bo‘lib, butadiyen hosil bo‘ladi va u o‘z navbatida gidrirlanib butilen va so‘ngra n-butan hosil qiladi:
butadiyen
Benzindan tashqari gidrotozalashga dizel va reaktiv yoqilg‘ilari hamda ayrim moy turlari ham jalb qilinadi. Ushbu holda oraliq mahsulot bo‘lgan alkenlarni gidrirlash hattoki istalgan jarayondir. Hozirgi vaqtda deyarli hamma neftni qayta ishlash zavodlari olinayotgan neft mahsulotlarini oltingugurtli birikmalardan gidrotozalash qurilmalariga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |