Amaliy mashg‘ulot №12
Vertikal tindirgichlar hisobi
Neftni qayta ishlash sanoatida yengil mahsulot (benzin) dan suv yoki reagentni ajratish maqsadida vertikal tindirgichlardan keng foydalanadilar. Yengil mahsulot (benzin) ning tinish tezligi yuqori bo‘lib, u reagent yoki suv bilan emulsiya hosil qilmaydi. Benzin, suv va gaz singari qorishmalarni bir vaqtning o‘zida gazoseparator va suv ajratgich bo‘lgan qurilma yordamida ajratadilar. (2a-rasm )
Benzinni suvdan ajratish uchun vertikal tindirgich–suv ajratgichlardan foydalaniladi. (2b-rasm). Tindirgichlarda tinadigan suv yoki reagent zarralarining diametri haqida ma’lumot yo‘qligi sababli tinish tezligini stoks qonuni bo‘yicha aniqlash mumkin emas. Shuning uchun vertikal tindirgichlarni tajriba ma’lumotlariga asoslangan holda hisob-kitob qiladilar.
Vertikal tindirgichlar hisob-kitobida quyidagi amaliy ma’lumotlardan foydalanish mumkin:
Benzin va suvning to‘liq ajralishi uchun 20 minutdan kam bo‘lmagan vaqt kerak.
tinishni ta’minlash uchun oqim tezligi 0,002 – 0,005 m/sek atrofida bo‘lishi kerak.
Diametr.
Suv ajratgich diametrini unga kirib kelayotgan mahsulot hajmidan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin. Agar suv ajratgich bir vaqtning o‘zida gazoseparator ham bo‘lsa, unda uning kesimini gaz oqimi va suyuqlik oqimiga qarab hisoblaydilar va kesimning katta miqdoriga ko‘ra diametrni aniqlaydilar. Topilgan diametr zarur bo‘lgan minimal diametr hisoblanadi.
Gaz oqimining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tezligi (иr,. m/s) ni quyidagi Obryadchikov va Xoxryakov formulasi yordamida aniqlash mumkin:
bunda –suyuqlik zichligi (kondensat), kg/m3; рп-berilgan sharoitdagi gaz zichligi, kg/m3 (п=G/Vп).
Gaz hajmini quyidagi formuladan aniqlaydilar: gaz hajmi (Vг, m3/s). Gazoseparatorning zarur bo‘lgan erkin kesimi (F1, m2).
Suyuq oqim bo‘yicha qurilmaning zarur bo‘lgan kesimi (F2, m2) ni uning hajmi (Vj=Vbenzin+ Vsuv) va tezlik uж ni bilgan holda aniqlaymiz:
Qurilma diametrini (D, m) eng katta kesim orqali aniqlaydilar.
Otboyniy to‘siqli gazosepartor–suvajratgichning diametrini qurilmaning eng tor joyidagi zarur bo‘lgan erkin kesimiga ko‘ra hisoblash (ya’ni segment MEM maydoniga ko‘ra) mumkin.(2-rasm)
2-rasm. Gazoseparator– suvajratgich sxemasi (a) va suvajratgich sxemasi (b).
I–qorishma; II–gaz; III–sig‘imdagi benzin; IV–sug‘orish uchun benzin; V–suv.
Bunda Vs – qurilmaga kirib keladigan suyuq aralashmaning sekundlik hajmi m3/s.
MAN segmenti maydoni F2
bunda radius
-ASM burchagi markaziy burchak yarmiga teng otboyniy to‘siq AВ = 0,5R, соs=BС= 0,5 = 60° va sin=0,867.
Bu miqdorlarni formulaga keltirsak R miqdorini topamiz:
Qurilma diametri teng bo‘ladi. D=2R, m ga.
Suvajratgich–gazoseparator balandligini quyidagicha hisoblaydilar. Avvaliga Нот-tinish zonasi balandligini topadilar. (2a-rasm) (qurilmaning suv ajralayotgan va tinayotgan qismi). Unga tinish vaqtini beradilar. (, min)
h1=0,7Hот ga teng bo‘lganda tinish zonasi balandligini quyidagicha aniqlash mumkin:
Bunda Vс- suyuq oqim hajmi, m3/s.
Suv yostig‘i sathi balandligi (Нв) ni 0,5-0,6 m ga teng, avtomatik regulyatorni o‘rnatilganda, deb qabul qilish mumkin. U bo‘lmagan holda esa 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Suv chiqarish shtutseri (h2) ni joylashish balandligini 0,3-0,4 m deb qabul qilish mumkin. Toza benzin qatlami (Нв) balandligini quyidagicha aniqlash mumkin:
bunda Gк-kondensat miqdori, kg/soat; к-kondensat zichligi, kg/m3 .
Bunda benzin tozaligi shunday bo‘lishi lozimki, unda suv tomchisi bo‘lmasin.
Shtutserlar orasidagi benzinli sug‘orish IV ni chiqarish va benzinni III idishga chiqarish liniyais balandligi h3 10 minutlik sug‘orish miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Benzin chiqarish III shtutseri ustidagi benzin sathi balandligi h4 ni 0,4-0,5 m ga teng deb olish mumkin. Benzin o‘z holicha oqib chiqsa h4=0. balandlik h5=0,4 m; h6=0,6 m (suyuqlikning to‘kish to‘sig‘idan oshib o‘tishining oldini olish uchun); h7 – otboynik ostidagi ozod bo‘shliq balandligi 0,5 dan kam bo‘lmasligi lozim va quyidagicha aniqlanadi:
suyuq oqim hajmi, m3/s; - tinish davomiyligi (vaqti) sek.
h8 balandligi qurilma konstruksiyasiga bog‘liq.
Otboyniy tarelkalar qo‘yilsa, h8 balandligi tarelkalar (n) soni ular orasidagi masofaga (a) ga bog‘liq, ya’ni
h8 miqdori balandligini 0,6 m deyish mumkin.
Otboynik ustidagi bo‘shliqni А9 0,5 ga teng deyish mumkin. Tindirgich (N,m) ning silindr qismini umumiy balandligi teng:
suvajratgich balandligini hisoblaganda bug‘li bo‘shliqning balandligi hп 0,8 m ga teng deb hisoblash mumkin. (2b-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |