Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта масус таълим вазирлиги


Laboratoriya ishidan maqsad



Download 3,49 Mb.
bet142/192
Sana19.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#501063
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   192
Bog'liq
Нефть ва газ кимёси мажмуа

Laboratoriya ishidan maqsad

Neft mahsuloti bo‘lgan rafinatni erituvchida eritib uning tarkibidagi qattiq uglevodorodlarni ajratib olish. Tarkibida qattiq uglevodorodlari ko‘p bo‘lgan rafinat va boshqa mahsulotlarni deparafinlash uchun laboratoriya qurilmasi.


Deparafinlash qurilmasi quyidagi qismlardan iborat: 1 yoki 2 hajmdagi tagi tekis yoki dumaloq shisha kolba, qaytaruvchi sovutkich kolba ichidagi mahsulotni aralashtiruvchi mahsulotni sovutuvchi moslama, metalldan tayyorlangan voronka, filtrdan o‘tgan mahsulotni yig‘uvchi, manometr /vakuummetr/, tomchilarni ushlab qoluvchi.


Laboratoriya ishini bajarish
Tagi tekis yoki dumalok bo‘lgan shisha kolbani tarozida tortib olamiz: ma’lum miqdorda deparafinlanuvchi moddani solib yana tortamiz. Keyin kerakli miqdorda erituvchini quyamiz (deparafinlanuvchi modda va erituvchining hajmi kolba umumiy hajmining yarmisini tashkil qilish lozim). Kolbaning og‘ziga probka yordamida qaytaruvchi sovutkichni o‘rnatamiz. Olgan moddamiz erituvchida to‘la erishi uchun kolbani suvli hammomda 50-60 oS gacha isitamiz, vaqti-vaqti bilan chayqatib turamiz. Modda to‘la erigandan so‘ng kolbaga o‘rnatilgan qaytaruvchi sovutkichni olib, o‘rniga aralashtiruvchi moslamani aralashtirgichni o‘rnatamiz. Kolbada mahsulotni aralashtirib turib, kolba suvli hammomda turgan holda mahsulotni sovutishni boshlaymiz.

3–rasm. Deparafinlash va moysizlantirish qurilmasi.
1–voronka; 2 – hammom; 3 – izolyatsiya; 4 – graduirovka qilingan qabul qiluvchi; 5 – ushlab qolgich; 6 – uch yo‘lli kran; 7 – manometr; 8 – sovituvchi aralashma.
Dastlab suv bilan sovutamiz, suvga muz qo‘shib 0 oS gacha sovutamiz, keyin qorga tuz qo‘shib-20oS gacha sovutish mumkin. Sovutishni tezligi bir minutda 2 gradusga teng bo‘lishi kerak. Agarda yanada pastroq temperaturagacha sovutish lozim bo‘lsa, u vaqtda suvli hammomdagi suvni o‘rniga etil spirti yoki izooktan quyib, unga quruq muz (SO2) tashlaymiz. Shu usulda kolbadagi eritmani kerakli temperaturaga sovutiladi. Natijada deparafinlanuvchi moddani tarkibidagi qattiq parafinlar kristall holiga kelib qoladilar.Navbatdagi vazifa qattiq parafinlarni eritmadan filtrlab ajratib olishdan iborat. Buning uchun metall voronkadagi mahsulotni sovutuvchi moslamaga (hammomga) o‘rnatamiz. Voronkaning naychasini probka yordamida suyuq mahsulotni yig‘uvchiga biriktiramiz. Mahsulotni yig‘uvchini vakuum - nasosga ulaymiz. Sistemadagi vakuumni manometr yordamida kuzatib turamiz.
Metall voronkani ichiga kulsiz filtr qog‘ozini qo‘yamiz, qog‘ozni erituvchi bilan ho‘llaymiz, so‘ngra vakuum - nasosini ishga tushiramiz. Mahsulotni sovutuvchi moslama deparafinlanuvchi modda eritmasi bilan bir vaqtda sovutib boriladi. Moslamadagi (hammomdagi) temperatura moddani (eritmani) deparafinlash yoki filtrlash temperaturasiga nisbatan 3-5oS past bo‘lishi kerak. Vakuum - nasosni ishga tushirganimizda voronkadagi filtr qog‘oz vakuumning ichki devoriga yopishib qoladi, sistemadagi vakuum 600-550 mm simob ustuniga teng bo‘lishi kerak. Kerakli temperaturagacha sovutilgan modda eritmasini voronkaga sekin-sekin quyamiz. Eritmaning temperaturasi ko‘tarilib ketmasligi uchun eritmali kolbani sovutgichda ushlab turamiz. Eritmadagi qaynoq kristall holidagi parafin uglevodorodlar voronkadagi filtr qog‘ozni ustida qoladi, suyuq uglevodorodlar eritmasi esa suyuq mahsulotni yig‘uvchiga tushadi.Filtrda qolgan parafinlarni filtrlash (deparafinlash) temperaturasigacha sovutilgan erituvchi bilan (2 marta) bu erituvchini alohida yig‘amiz. Yuvish uchun olingan erituvchining miqdori deparafinlanuvchi moddani miqdoriga teng bo‘lishi kerak. Vakuum-nasosini yana 10-15 daqiqa ishlatib turamiz. Keyin sistemani atmosferaga ochib yuboramiz. Nasosni to‘xtatamiz, stakan yoki chinni idishni olib tarozida tortib olib, unga voronkadagi qattiq parafinlarni solamiz.
Stakandagi parafinni filtrdan o‘tgan eritmani tortib olib, ularni tarkibidagi erituvchini haydab olamiz. Buning uchun mahsus moslamadan foydalanamiz. Erituvchini haydab olganimizdan so‘ng qattiq parafinni va deparafinlangan moy fraksiyasini tarozida tortib olib material balansini tuzamiz. Deparafinlangan moy fraksiyasini quyidagi ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz: qotish temperaturasi, qovushqoqligi 50 va 100 oS da, qovushqoqlik indeksi va qovushqoqliklarning nisbati.



Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish