Mexnatga samarali talab tushunchasi bu iktisodiy jixatdan maksadga
muvofik ish joylari soni va samarasiz xisoblangan ish joylari yig’indisidan
iborat. Mehnatga samarali talab va taklif yig’indisi urtasidagi tafovut yashirin
ishsizlikni keltirib chikaradi.
Mexnat taklifi – mavjud mehnat bozorida uning tarkibini tashkil etuvchi
shaxslar – mehnat faoliyati bilan band bulmagan va ish kidirayotganlar, ish
joyini uzgartirmokchi bulgan shaxslar, shuningdek bush vaktida ishlamokchi
bulgan shaxslar tashkil etadi.
Mexnatga talab – mavjud bozorda vakant ish joylarini tulgazish uchun,
shuningdek bir martalik ishlarni bajarish uchun ehtiyoj tashkil etadi. Mavjud
mehnat bozorini tashkil etuvchi elementlar bilan tanishib chikamiz.