Birinchi marta ish qidirayotgan va avval ishlamagan shaxslarga o’n ikki
oy davomida o’n uch kalendarь hafta mobaynida ishsizlik nafaqasi to’lanishi
mumkin.
Birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik
nafaqasini olih huquqiga
ega bo’lgan shaxs belgilangan, eng oz ish haqini kamida 75 foizi miqdorida
nafaqa olish huquqiga ega bo’ladi.
Jamoat ishlarini bajarish chog’ida fuqarolarga
bajarilayotgan ishga
qarab, biroq 15 foiz oshirilgan ishsizlik nafaqasidan kam bo’lmagan
miqdorda haq to’lash, shu muddatni ish stajiga qo’shish kafolati beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: