Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги


TA‟LIM-TARBIYA JARAYONIDA O‟QUVCHILARNI YUKSAK



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   192
Bog'liq
IV qism

 
TA‟LIM-TARBIYA JARAYONIDA O‟QUVCHILARNI YUKSAK 
ODOB-AXLOQ SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI 
H.Xudoyberdiyeva, SVXTXQTMOI assistenti 
 
Insonning g‘oyaviy-siyosiy yetukligi va barkamolligi, shaxsning ma‘naviy- 
axloqiy kamoloti o‘z vataniga bo‘lgan muhabbati, hurmati, sadoqati bilan 
belgilanadi. 
Vatan degan buyuk ilohiy e‘tiqodini qalbida to‘la-to‘kis jo qilmagan 
insonda imon ham bo‘lmaydi. Inson uchun vatan aziz va mo‘tabar, vatandan 
muqaddas va qutlug‘roq tuyg‘uning o‘zi yo‘q va bo‘lmaydi ham. 


259 
Vatan bizning tomirimiz, o‘q-ildizimiz, tayanch nuqtamiz, hayotimiz 
manbaidir. Vatan qiyosi yo‘q bebaho boylikdir. Vatan deganda hamisha o‘zimiz 
tug‘ilib o‘sgan, ta‘lim-tarbiya olib voyaga yetgan, necha necha avlod-u 
ajdodlarimiz yashab o‘tgan, ularning aqli-idroklari, mehnatlari sarf etilgan 
muqaddas yurt ko‘z oldimizga keladi. Vatan bu ota yurt, ajdodlar maskani el-
yurt, halq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari qadriyatlari 
chinakamiga shakllanib, chuqur ildiz otib o‘sib kamolot topib boradigan zamindir 
vatan muqaddas qadriyat. Mustaqillik maktablarimizni davr talabi darajasida 
keng rivojlantirishni taqozo etmoqda. Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun o‘qituvchilar 
oldiga mustaqil fikrlovchi axloqli, intizomli, o‘z bilimini uzluksiz boyitib 
boruvchi yoshlarni tarbiyalash vazifalarni qo‘yibgina qolmay bu yuksak vazifani 
bajirish uchun zamin yaratish choralarini ham belgilab berdi. 
Intizom va madaniy xulq normalariga ta‘limni tashkil qilish vositasi 
sifatida qaraladi. Vaholanki, ular vositagina emas ayni vaqtda butun ta‘lim 
tarbiyaviy ishlar natijasidir. Intizom va madaniy xulq normalari dars 
ehtiyojlaridan, maqsad va mazmunidan kelib chiqishi kerak. 
Madaniy xulq normalari o‘lchov birligi deb quyidagilarni hisoblashimiz 
maqsadga muvofiqdir. 
1. Ta‘lim faoliyatidagi faollik. 
2. Ta‘lim jarayonida o‘quv ishlari bilan band bo‘lish. 
3. Diqqatning o‘quv predmeti mazmuniga qaratilganligi. 
4. Muloqotlarning ta‘lim predmeti, mazmuniga qaratilganligi. 
5. Ta‘lim faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan narsalardan o‘zini tiya bilish. 
Intizom, madaniy xulq tarbiyasi, shakli metodlarini ularning maqsad va 
vazifalarini belgilab beradi. O‘quvchilarda intizom, madaniy xulq normalarini 
shakllantirish 
avvalombor, 
o‘qituvchi 
bilan 
o‘quvchi 
shaxslararo 
munosabatlaridan boshlanadi va bu jarayon, birinchidan, o‘quvchi shaxsiga, 
ikkinchidan, ta‘lim predmeti va jarayoniga qaratilgan bo‘ladi. Eng muhimi esa 
o‘quvchi shaxsini hurmat qilishga asoslanadi. 
O‘quvchilarga ―actual rivojlanish manbai o‘yin‖ yaqin kelajak rivojlanish
,manbai – o‘qish faoliyati o‘rtasidagi ziddiyatni to‘g‘ri hal etish talab qilinadi. Bu 
ziddiyatni to‘g‘ri hal qilish, ta‘lim jarayonini, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni 
didaktiv o‘yinlar bian boyishini bilishga intilish ehtiyojlarini takomonlashtirib 
borishdab iboratdir. 
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va usluksiz jarayon 
davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, 
jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, tabiat bevosita 
ta‘sir ko‘rsatadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi, 
yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi, u birday tug‘iladi. Yaxshi yoki yomonga 
aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, mahalla-kuy, qishloq, ovul, qolaversa, 
jamiyatimiz tuzumiga bog‘liq. Bunda ajdodlar qoldirgan boy me‘rosga 
asoslangan oila pedagogikasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, 
elshunoslik an‘analari, jamiyatning bu sohadagi sayi-harakatlari hal qiluvchi o‘rin 
tutadi. Ajdodlarimizning ta‘kidlashicha, bola boshdan to‘g‘ri, haqqoniy 
tarbiyalansa, u kelgusida yaxshi inson bo‘lib yetishadi, egri yo‘lda tarbiyalansa, 
yomon kishiga aylanadi. Zero ―Ko‘chat boshdan, bola yoshdan‖ maqoliga amal 
qilish tarbiyaning bosh yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois, tarbiyaning mayda-


260 
chuydasi, ya‘ni birlamchi yoki ikkilamchisi bo‘lmaydi, hamma narsa hisobga 
olinadi, har bir soha chetda qolmasligi, ayni chog‘da tarbiyaning nihoyatda nozik, 
injiq, murakkab tomonlari e‘tiborga olingan holda, yetti o‘lchab, bir kesishga 
amal qilinadi. 
Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so‘zlar, duo-olqishlar ham tarbiyaga 
qaratilgan. Mustaqillikga erishib, o‘zimizning yorqin milliy istiqlolimizga ega 
bo‘lgach, umuminsoniy va o‘zbekona qadriyatlarni har tomonlama chuqurroq 
anglay boshladik. Mustaqil vatanga har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy 
pok, ma‘naviy ustuvor, imon-e‘tiqodi butun, o‘z xalqi, o‘z ona-Vataniga fidoiy, 
jismoniy barkamol kishilar qilib yetkazish uchun ularning axloqiy, jismoniy 
tarbiyasiga alohida e‘tibor bera boshladik. Darhaqiqat, Vatan taqdiri, xalq 
ravnaqi, mustaqil yurtning kelgusi boshqaruvchisi, yangi avlod tarbiyasi birinchi 
o‘ringa chiqdi. 
O‘qituvchi va tarbiyachilarning maqsad va vazifalari aniq bo‘lib, 
tarbiyaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishlari kerak. 
Ayni chog‘da xayrli, savobli, hayot guli va sarvari egasi bo‘lmish insonni yuksak 
fazilatlar ruhida tarbiyalashdir. 
Ushbu kunda o‘qituvchi va ota-onalarning burchi farzandlarini Vatanga 
sodoqatli, mehrli va muruvvatli, muhabbatli, imonli, e‘tiqodli, adolatparvar qilib 
tarbiyalashdan iboratdir. Bunday fazilatlarni o‘zida kasb etgan yoshlarimiz, 
qanday vaziyatda bo‘lmasin, hamma vaqt o‘ziga to‘g‘ri yo‘l tanlay oladi. 
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turubdiki, inson ma‘naviyatli bo‘lishi uchun 
juda ko‘p insoniylik bilimlar sarchashmasidan bahramand bo‘lishi, o‘z ustida 
tinmay izlanishi lozim. 

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish