346
xususiyatlari. Anjir. asosan bir yillik pishgan novda qalamchalaridan
koʻpaytiriladi. 2–3 yoshdan meva tugib, 7–10 yoshda gʻarq hosilga kiradi, 50–80
yil
meva beradi, 150–200 yilgacha yashaydi. Bir tupi 50 kg gacha meva qiladi.
Anjir. bir mavsumda ikki marta hosil beradi. Birinchi hosil (xoki anjir) ancha kam
boʻlib iyun – iyul oylarida, ikkinchisi (asosiy) hosil sentabr oyida pishadi. Xoʻjalik
ahamiyati. Hoʻlligicha yoki qoqi hamda konserva holida iste’-mol qilinadi, jem,
murabbo tayyorlanadi. Xalq atabobatida Anjir. bargi uzum va mevalarni quritishda
ishqor sifatida, "suti" teri kasalliklarini (kal, soʻgal,temiratki), chayon va ari
chaqqan joylarni davolashda ishlatiladi.
Agrotexnikasi. Anjir. toʻplari sovuqqa chidamsiz boʻlganidan Oʻzbekiston
sharoitida qishda koʻmilib, bahorda ochiladi. Anjir. namga ancha talabchan, yengil
va serunum tuproqda yaxshi oʻsadi. Shoʻrlangan yoki shagʻalli tuproqlarda deyarli
oʻsmaydi. Anjir. tupiga 3–4 ta asosiy tanali buta koʻrinishida shakl beriladi. Yozda
bir-ikki marta shu yili chiqqan
qalinlashtiruvchi novdalar, gʻovlagan novdalar,
qurigan shoxlar kesib tashlanadi. Anjirzor bogʻlar vegetatsiya davrida 9–10-marta
sugʻoriladi. Oʻzbekistonda kadeta, sariq anjir, qora anjir, chapla va boshqa navlari
koʻp ekiladi. Navlari. Kadota. Mevasi oʻrtacha (35 – 40 g), dumaloq-nok
shaklida,
sargʻish, sal tilimli. Eti och sariq, jigarrang tovlanadi, yumshoq, shirin. Tupi 45 –
50 kg hosil beradi. 30% qoqi tushadi, qoqi tarkibida 71–72% qand boʻladi.
Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. Sariq Anjir. Jaydari
nav. Mevasi yirik (50 – 60g), sariq, yassi, sal tilimli. Eti sersuv, yumshoq, shirin.
25% qoqi tushadi, qoqining tarkibida 63 – 70% qand boʻladi. Tupi 40–50 kg hosil
beradi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida tarqalgan boʻlib, anjirzorning 80–
90% ini tashkil etadi. Qora Anjir. Mevasi oʻrtacha (35–45g),nok shaklida, toʻq
binafsha rangda, tilimli. Eti sargʻish, yumshoq, shirin. Tupi 40–50 kg hosil beradi.
30–35% qoqi tushadi, qoqi tarkibida 70–72% qand boʻladi. Oʻzbekistonning
hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. Chapla. Mevasi oʻrtacha (35–45g),
dumaloq-nok shaklida, och jigarrang,
sal tilimli, siyrak tuk bilan qoplangan. Eti
yumshoq, shirin, ichi havol. 28–30% qoqi tushadi, qoqi tarkibida 70–75% qand
boʻladi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. Anjirning
shifobaxsh vosita sifatida ko'plab foydali xususiyatlari tufayli u xalq tabobatida
munosib o'rin egalladi. U ekspektoran, siydik haydovchi, antiseptik, yaraga qarshi,
parazitlarga qarshi xususiyatlarga ega. Yangi va quritilgan shakldagi anjir mevalari
kimyoviy tarkibida ko'p miqdorda temir mavjudligi
sababli temir tanqisligi
kamqonligi uchun ishlatiladi. Sutda qaynatilgan anjir mevasi traxeit, yuqori nafas
yo'llarining o'tkir kataralari, bronxit uchun samarali ekspektoran hisoblanadi.
O'simlikning mevalari yoki quritilgan mevalaridan
tayyorlangan qaynatma
shamollashda diaforetik va anti-febril ta'sirga ega. Bolalar yo'tal va ko'k yo'tal
uchun anjirni qabul qilishdan ham foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: