III BOB XULOSALARI
Dissertatsiyamizning so’nggi bobida A.P. Chexov, K. Mensfild va A.
Qahhor ijodidagi o’xshash hikoyalarni qiyosiy tahlil qildik. Ilmiy tadqiqotimiz
jarayonida ularning o’xshash va farqli jihatlarini aniqladik. Shu jumladan, “
Страх”, “ Dahshat ” va “ The little governess ” ( Yunnaya Guvernantka ) hamda “
Спатьхочется”va “ The child who was tired ” ( Девочка, которая устала )
hikoyalarini keltirishimiz mumkin.
III bobda keltirilgan masala yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik:
1.
Mensfild ham, Qahhor ham Chexov ijodini tubdan o’rganib, uni o’zlariga
ustoz deb bilganlari uchun ham ushbu uchala yozuvchining yozish
uslublarida mutanosiblik bor. Buni ularning hikoyaga mavzu tanlaganlarida
va hikoyaning mazmunida ko’rishimiz mumkin.
2.
“ Страх”, “ Dahshat ”, “ The little governess ” ( Yunnaya guvernantka )
hikoyalari uchun uchala yozuvchi ham bir xil mavzu, ya’ni qo’rquv va
ishonchsizlik mavzusini tanlaganlar. Ammo, bu mavzuni yoritib berishda
turlicha yondashganlar, o’ziga xos syujet tizimini, o’ziga xos ifoda yo’sinini
yaratganlar.
3.
Chexov va Mensfild yuqorida nomlari keltirilgan hikoyalarida qo’rquvni,
ayrim insonlarninig ma’naviy tubanligini, soddalikni, irodasizlikni va
buning natijasida insonning ishonchi poymol bo’lishini tasvirlaganlar.
Qahhor esa tutqunlikda yashashdan qo’rqish, erkinlik uchun kurashish,
irodalilikni, qat’iyatlilikni va ruhan bo’lsa-da ozodlikka erishishni
tasvirlagan.
4.
Shu o’rinda filologiya fanlari nomzodi G. T Garipovaning shu xususdagi
fikrlarini keltirib o’tamiz: “Chexov ijtimoiy-ruhiy determinizmning quyidagi
tartibini qo’llaydi: “araz – anglashilmovchilik – qo’rquv - erksizlik”. A.
84
Qahhor,
A.
Chexovdanfarqliravishda,
falsafiyvaijtimoiy-ruhiy
determinizmning birmuncha boshqacha tizimini yaratadi: “erksizlik –
tutqunlik qo’rquvi – o’lim qo’rquvi – o’lim”.
5.
Uchala yozuvchi ham hikoyalarida tabiat hodisalari yoki atrof-muhitni
tasvirlaganlarida, bunga oid detallarni ramziy ma’noda ifodalashga harakat
qilganlar. Masalan, shamol, tuman, soya kabi.
6.
Bu bobimizning ikkinchi qismida Mensfild va Chexovning yana bir asari
“Спатьхочется” va “ The child who was tired ” ( Toliqqan bola ) hikoyasi
ustida qiyosiy tahlil olib bordik. Ushbu ikki hikoyaning o’xshash va farqli
jihatlarini aniqladik.
7.
Fikrimizcha bu ikki hikoya juda o’xshash bo’lib, uning bir- biridan farq
qiluvchi tomonlari deyarli yo’q. Hikoyadagi ba’zi bir elementlardagina biroz
farq qiladigan jihatlarni ko’rishimiz mumkin. Masalan, hikoyadagi bosh
qahramonlarning qanday nomlanganida, ikki hikoyada qo’llanilgan ayrim
iboralarda va qahramonlar uxlab qolganda ko’radigan tushida.
8.
Bu ikki hikoya o’xshashligi xususida bir qancha olimlar bahs-munozara olib
borganlar. Bulardan Shneyder Mensfildni plagiatda, ya’ni Chexovning shu
mazmundagi hikoyasidan ko’chirganlikda ayblaydi, Alpers esa buni inkor
etib, bu hikoya o’ziga xos uslubda yozilganligini va Mensfild Chexov ijodi
bilan tanishguniga qadar o’z ijod yo’lini topib olganligini ta’kidlaydi.
9.
Chexov va Mensfildning bu hikoyalari mazmun jihatdan deyarli bir xil
bo’lib, bu xususda olimlar bugungi kunda ham ilmiy izlanishlar hamda bahs
munozaralar olib borishmoqda. Ammo, izlanishimizga ko’ra Mensfild
hikoyasini chexovnikidan ko’chirib yozilgan, deb hisoblagan olimlar
miqdori ko’pchilikni tashkil etadi.
10.
Ilmiy izlanishimiz jarayonida Qahhor ijodida Chexovning “ Спать
хочется” va Mensfildning “ The child who was tired ” hikoyasiga o’xshash
hikoya uchratmadik va buning boisini har bir millat yozuvchisining
85
mentalitetida deb bildik. Chunki, bu ikki hikoyada balog’atga yetmagan
bola ayovsiz ishlashga mahkum qilinadi. Qahhor o’zbek yozuvchisi
bo’lganligi uchun bu mavzuda hikoya yozmaydi, chunki bolajonlik o’zbek
mentalitetiga xosdir. Undan tashqari har bir ijodkor o’z asarlarida
millatining dardini, qayg’usini yoritadi. O’zbek xalqi hayotida bunday
muammo dolzarb bo’lmaganligi sababli ham A. Qahhor mazkur mavzuga
e’tibor qaratmagan.
11.
Ilmiyizlanishlarimiz va hikoyalarning qiyosiy tahlillari natijasida shunday
xulosaga keldikki, bu uchala yozuvchining ijodida bir-biriga mutanosib
xususiyatlar mavjud. Ammo, shunga qaramasdan, ularning har birlari o’ziga
xos badiiy ifoda yo’nalishiga, syujet va obraz yaratish tamoyiliga egaligi
bilan adabiyotda, ayniqsa, hikoyanavislikda o’chmas iz qoldirganlar.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |