54
Foydalanish doirasi.
Har qanday yoshdagi o‘quvchilar guruhlariga
moslashtirishda ham individual, ham guruh bo‘lib ishlash uchun qo‘llaniladi.
Afzalliklari.
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, predmetlar,
hodisalar va shu kabilarning ham farqi, ham o‘xshash jihatlarini aniqlashga
yordam beradi.
Bu usuldan sinf jamoasini kichik guruhlarga bo‘lib ham foydalanish
mumkun. Har bir guruhga alohida varaqlarga yoki doskani qismlarga bo‘lib
guruhlar uchun diagramma chiziladi. Qaysi guruh diagrammani tez va to‘g‘ri
to‘ldirsa shu guruh g‘olib deb e’lon qilinadi.
Ushbu metoddan muayyan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha yakuniy darslarni
tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.
Adabiyot:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi // https://lex.uz/docs/-4312785
2. Ishmuhamedov R.J., Yo‘ldoshev M. Ta’lim va tarbiyada zamonaviy
pedagogik texnologiyalar. – T.: - Nihol nashriyoti, 2016.
KATTA QUYOSH SANDONI
M.Nosirov, S.Matboboyeva
Annotatsiya. Maqolada hozirgi kunda energiya zaxiralarini saqlash va kelajak avlodga
ham yetkazish uchun kamxarj bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
masalalari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar: qayta tiklanuvchi energiya manbalari, quyosh, shamol, konsentrator, fokus,
fatseta, geliostat, gelio maydon.
Bugungi kunning rivojlanib borayotgan har onida yangilanish har sohada
o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Kelajak hayotning yashash sharoitlarini yanada
yaxshilash maqsadida o‘ylangan reja va maqsadlar amali yaqqol ko‘rinib turibdi.
Energiya ushbu rivojlanishning asosiy dastagi hisoblanadi. Prezidentimizning
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, ularni
ko‘paytirish yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida ham 2026-yilga qadar
mamlakatimizda quyosh va shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 8
ming megavattga yetkazilishi qayd etildi. Istiqboldagi loyihalarni o‘z vaqtida
ishga tushirish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda yangi loyihalar
ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Amalga oshirilgan ishlar Glazgoda
o‘tkazilan Iqlim bo‘yicha xalqaro sammitda O‘zbekiston 2030-yilgacha yalpi
ichki mahsulotga nisbatan issiqxona gazlari ulushini 35% gacha kamaytirish
55
tashabbusini ilgari surdi. O‘tgan 3 yilda qayta tiklanuvchi energiya uchun
huquqiy baza shakllantirilib qulay shart-sharoitlar yaratildi. Natijada 3 mlrd
dollarlik miqdorda xorijiy investitsiyalar hisobiga, 2.9 ming megavatli 10 ta
quyosh va shamol elektr stansiyalari barpo etish ishlari boshlandi. Majlis
doirasida quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi: 2026-yilga qadar quyosh va
shamol elektr stansiyalari quvvatini 8 ming megavattga yetkazish zarur. Kelgusi
5 yilda quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish uchun 6 mlrd dollarlik
butlovchi qism va materiallar zarur. Yirik sanoat korxonalari va aholini qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishini qo‘llab quvvatlash lozim.
Barpo etiladigan elektr stansiyalariga 1 ming nafardan ziyod muhandis va 3
ming nafar o‘rta pog‘ona mutaxasislari talab etiladi. Shuning uchun yil yakuniga
qadar Navoiyda qayta tiklanuvchi energiya sohasida kadrlar tayyorlash markazi
ishga tushuriladi. Navoiy, Sirdaryodagi o‘quv markazlarida xalqaro standardlar
asosida yiliga 200 nafar malakali mutaxassis tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu ustuvor vazifalar har bir sohada elektr energiyasiga bo‘lgan
ehtiyojlarni to‘la qondirish va sarflangan energiya uchun to‘lovlarni
kamaytirishga xizmat qiladi. Bizning yutug‘li tomonlarimizdan biri bo‘lgan
dunyodagi 2 ta katta quyosh sandonidan biri vatanimizda ekanligidandir. Dunyo
ilm-fan
ida Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi S.Azimov nomidagi
“Fizika — Quyosh” IICHB Materialshunoslik institutining “Katta Quyosh
pechi” eng noyob obyektlardan biri hisoblanadi. Biroq yaqin-yaqingacha
mazkur qurilma bilan yaqindan tanishishning ilo
ji yoʻq edi. Bugungi kunda
ilmiy turizmni rivojlantirish maqsadida Parkent tumanidagi mazkur obyekt
barcha uchun oʻz eshiklarini ochdi. Mazkur qurilma uchun dengiz sathidan 1100
metr balandlikdagi hozirgi joyi tanlanib, yer maydoni portlatiladi. Soʻngra 30
metr chuqurlikdan temir-
beton asosli poydevori qoʻyiladi. Konsentrator va
texnologik minora joylashgan inshoot 60 metr balandlikda barpo etiladi. Uning
tepasiga lift yordamida, chiqiladi. “Katta Quyosh pechi” avtomat boshqaruv
tizimiga ega murakkab optik-mexanik kompleksdir. Jahondagi boshqa
qurilmalarning quvvati va energiya zichligi juda past.
Katta Quyosh Sandoni
(KQS) geliostat maydoni, paraboloid formasidagi konsentrator va texnologik
minoradan iboratdir. Qurilmaning konsentratori yuqori va pastdan kesilgan va
fokus masofasi 18
m boʻlgan paraboloid boʻlib, uning mideli 54×42
m
oʻlchamga ega. U geliostat maydonidan optik oʻqiga paralel kelayogan quyosh
nurlarini oʻz fokus zonasiga toʻplab beradi. Fokusda 10000
ta Quyosh aksini
beradigan mujassamlangan quyosh nurlari oqimi hosil qilinadi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |