Kalit so`zlar:
Cistanche mongolica, makroelementlar, neytron -aktivatsiya
usuli.
Аннотация:
Впервые изучен макро- и микроэлементный состав
надземной части и подземных органов в цистанхе монгольской (Cistanche
mongolica G.Beck., сем.Заразиховые -Orobanchaceae). Было определено
количество макро- и микроэлементов, таких как Na, K, Mn, Sm, Re, Mo, Lu,
U, Yb, Au, Nd, As, W, Br, Ca, La, Ce, Se, Hg, Tb, Th, Cr, Hf, Ba, Sr, Cs, Ni, Sc, Rb,
Zn, Co, Ta, Fe, Eu, Sb
Ключевые слова:
Cistanche mongolica G.Beck., макро-и микроэлементы,
методика нейтронно-активационного определения.
Annotation:
For the first time, the macro- and microelement composition of
the aboveground part and underground organs in Cistanche Mongolian
(Cistanche mongolica G. Beck., Family Infectious-Orobanchaceae) studied. The
amount of macro- and microelements, such as Na, K, Mn, Sm, Re, Mo, Lu, U, Yb,
Au, Nd, As, W, Br, Ca, La, Ce, Se, Hg, Tb, was determined, Th, Cr, Hf, Ba, Sr, Cs,
Ni, Sc, Rb, Zn, Co, Ta, Fe, Eu, Sb.
Key words:
Cistanche mongolica G. Beck, Macro and microelements, method
of neutron activation determination
Insoniyat paydo bo`libtiki o`z hayoti faoliyati davomida o`zi yashayotgan
atrof muhitga, voqea hodisalarga turlicha usullarda munosabatlarini bildirib
kelmoqda. Kishilar qadim zamonlardanoq o`z maqsadlari va ehtiyojlariga qarab
oziq - ovqat, kiyim kechak, dori-darmon tayyorlashda tabiiy manbalardan keng
foydalanganlar.O`z hayot tajribalari asosida o`simliklarning xossa va xususiyatlari,
qanday kasalliklarga davo bo`lishi haqida malumotlar to`plagan va keyingi
avlodlarga etkazish maqsadida asar holiga keltirganlar bunday asarlarga misol qilib
Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari", "Shifobaxsh o`simliklar haqida" risolalari
va bir qancha asarlarini misol qilish mumkin. Bizga tabiat in`om qilib bergan
o`simlik dunyosi juda xilma xil bo`lib, ularning aksariyat qismi o`zida dorivor
moddalar saqlaydi. Hozirgi kunga kelib tibbiyot taraqqiy etib kelayotgan bir
paytda bemorlar uchun dorivor preparatlarni etkazib berish muhim ahamiyat kasb
279
etmoqda. Ayni vaqtda turli kasalliklarni davolashda o`simliklardan olingan
moddalar biologik faol jihatidan sintetik moddalardan oldinda turadi. O`simlik
o`zida asosan o`zining turiga, iqlimiga, oilasiga va xususiyatlariga ko`ra ko`plab
biologik faollikka ega bo`lgan moddalarni saqlaydi. Biologik manbalardan oqilona
foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish uchun o`simliklarda mineral
elementlar tarkibini ratsionga solish muammosi tobora muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Shu sababli tabiatda o`sadigan o`simliklarning elementar tarkibiy
qismlarini o`rganish, tabiiy elementlarning manbalari bo`lgan, tabiiy kelib chiqishi
tuproq, er osti jinslari,er usti va er osti suvlari va boshqalar bo`lib, makro va
mikroelementlarni aniqlash bo`yicha tadqiqot ishlarining ajralmas qismi
hisoblanadi.
Hozirgi kungacha Cistanche o`simligini turlaridan terpenoidlar, steroidlar,
iridoidlar, fenol birikmalar va lignanlar ajratib olingan. [1] Yapon va Xitoy
olimlari Cistanche o`simligi turlari organizmda yallig`lanishga qarshi antioksidant
va immunostimulyator xususiyatga ega ekanligini isbotladilar.[2] Ehtimol, ushbu
dorivor o`simlikning terapevtik tasiri nafaqat tarkibidagi biologik faol moddalarga,
balki kontsentrlangan makro va mikroelementlarga bog`liq bo`lib, Cistanche
mongolica o`simligining elementlar tarkibi haqida ma`lumot mavjud emas.
Cistanche zamonaviy tibbiyotda eng kam o'rganilgan dorivor o'simliklardan
biri bo'lib qolmoqda. Ayni paytda, ushbu dorivor o'simlik uzoq vaqt Xitoy va
boshqa Osiyo mamlakatlaridagi xalq tabiblariga ma'lum bo'lgan. Cistanche - bu
Osiyo va Shimoliy Afrikadagi ko'plab mamlakatlarning qurg'oqchil dashtlarida
keng tarqalgan ko'p yillik o'simlik. Biologlar dorivor o'simliklarning 27 ga yaqin
turini ajratib ko'rsatadilar. O'tkazilgan ko'plab kimyoviy laboratoriya tahlillari
lignanlar, uglevodlar, flavonoidlar, efir moylari, fenollar, polisaxaridlar, sterollar,
organik kislotalar va boshqa mikroelementlar o'simlik tarkibini sezilarli darajada
oshirdi. Bundan tashqari, dorivor o'simlik tarkibida qondagi shakar miqdorini
tartibga soluvchi turli xil glikozidlar mavjud.
Cistanche turiga kiruvchi o`simliklar tanaga foydali bo'lgan quyidagi
xususiyatlarga ega: og'riq va yallig'lanishni engillashtirish, immunitet tizimini
normalizatsiya qilish, saraton rivojlanishining oldini olish, erkin radikallarning
zararli ta'sirini zararsizlantirish
Cistanchening dorivor xususiyatlari uzoq vaqtdan beri ma'lum bo'lgan. Ushbu
kalta tukli o'simlik sho'r botqoqlarda va Quyi Volga yaqinidagi dashtlarda keng
tarqalgan bo'lib, asosan, Qozog'istonda o'sadi.
Cistanche mongolica G. Beck. Orobanchaceae oilasiga mansub poyasi tekis,
silindrsimon, go`shtli, balandligi 30-40 sm., er ostki qismi 5 sm gacha
qalinlashgan, egri holatda bo`ladi. Aprel-may oylarida gullab iyun iyul oylarida
280
urug`i etiladi. Tamarix o`simligi turlarining ildizida parazitlik qiladi.Toshkent,
Farg`ona va Surxandaryo viloyatlarida keng tarqalgan. [3]
Cistanche mongolica o`simligi 2019 yil iyul' oyida o`simlikning gullab urug`lagan
davrida Farg`ona davlat o`rmon xo`jaligi Yozyovon tuman tabiat yodgorligi
bo`limi hududidan terildi.
Cistanche mongolica o`simligining er ustki qismining kimyoviy elementlari
kontsentratsiyasini aniqlashda neytron -aktivatsiya usuli yordamida O`zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida VVR-SM tipidagi
yadroviy reaktorda amalga oshirildi.
Cistanche mongolica o`simligining er ustki qismi neytron -aktivatsiya tahlili
natijasida 16 elementning miqdori aniqlandi.(1-jadvalga qarang)
Cistanche mongolica o`simligi er ustki qismining makroelementlar miqdori
Do'stlaringiz bilan baham: |