Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги



Download 6,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/292
Sana16.06.2022
Hajmi6,86 Mb.
#676149
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   292
Bog'liq
1-392

Ключевые слова: экотуризм, Зарафшанский заповедник, «Узбектуризм», «ЭКОСАН», 
«Международный союз охраны природы», природный туризм. 
Abstract. The article covers still untapped tourist potential of the Zarafshan Reserve. Here 
the main attention is directed to the future development of eco-tourism of the Zarafshan Reserve. 
Key words: ecotourism, Zarafshan reserve, “Uzbektourism”, “ECOSAN”, “International 
Union for Conservation of Nature”, natural tourism. 
Mamlakatimiz Prezidentitomonidan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishni 
2017-2021-yillarga mo’ljallangan 5 ta ustuvor yo’nalishi” ya’ni, Harakatlar strategiyasining 3-
ustuvor yo’nalishida keltirilganigek mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohasini jadal 
rivojlantirish ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo ularning sifatini yaxshilash, turizm 
industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish,turistik xizmatlarni 
diversifikatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.Turizm infratuzilmasini kengaytirish 
masalalari hozirgi kunda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari xo’jaligi tarkibida jadal sur’atlarda rivojlanib
borayotgan iqtisodiy sohalardan biri bu turizmdir,chunki u davlat iqtisodiyotiga katta 
daromad keltiradi. Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, 1950-yilda dunyo 
buyicha turistlar soni 2,5 mln kishini tashkil etgan bo’lsa, keyinchalik bu ko’rsatgich (2004-yil)
760 mln kishini tashkil qilgan. 
Oradan ko’p o’tmay, ya’ni 2013-yilda xalqaro turistlarning soni 1087mln dan ortib 
ketgan va turizmdan keladigan daromad 1,3-1,4 trln AQSH dollariga teng bo’lgan. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarningturizm industriyasi asosan tabiiy yoki ekologik turizm 
(ekoturizm) hisobiga amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar bergan ma’lumotlarga qaraganda, 


87 
ekoturizm sayyohlik bozorining10-20 foizini qamrab olgan va o’sish sur’ati esa umumiy turizm 
industriyasining o’sish sur’atlaridan 2-3 marotaba yuqori ekan. 
Tabiiy turizm yoki ekologik turizm deyilganga tabiatning inson tomonidan
o’zlashtirilmagan joylar turizmi tushuniladi. Bunda turizmning maqsadi va usuli –o’simlik va 
hayvonot olamini ushbu hududda joylashgan barcha tarixiyva zamonaviyxususiyatlarini 
kuzatish va o’rganishdan iborat. Ekoturizm– turizmning boshqa turlaridan tabiiy muhitga 
kuchsiz ta’siri bilan farqlanadi.
Ekoturizmning maqsadi – hozirgi va kelajak avlodlarning ekologok xavfsizligi va
barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik maqsadda oqilona foydalanishdir. 
Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish, aholining ekologik munosabatlarni turizm orqali
tartibga solishda quyidagilarga rioya qilish kerak: 
1)
Ekoturizmning tarixiy, ma’daniy va boshqa turizm turlari bilan bog’langanligi; 
2)
Turizm va servis sohasi yo’nalishidagi barcha ta’lim muassasalarida ekoturistik o’quv
qo’llanmalari kiritilishining maqsadga muvofiqligi; 
3)
Mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o’stirishda ekoturizmni jalb qilish 
zarurati; 
4)
Davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining ekologik turizmdan manfaatdorligi; 
5)
Ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy mafaatdorlikning yagonaligi; 
6)
Ekoturizmda milliy g’urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi. 
Ekoturizmga berilgan ta’rifga yana bir bor to’xtalib o’tadigan bo’lsak, “Tabiatni muhofaza 
qilish xalqaro ittifoqi” (TMQXI) ekologik turizm yoki ekoturizmni – tashqi muhitga nisbatan 
mas’uliyat bilan sayohat qilish, tabiat hududlariga ziyon yetkazmagan holda o’rganish hamda 
tabiatning betakror o’ziga jalb etuvchi joylaridan zavq olish maqsadida tabiatni muhofaza 
qilishga ko’maklashadi , atrof-muhitga “yumshoq” ta’sir etadi, mahalliy xalqning ijtimoiy – 
iqtisodiy sharoitini faollashtiradi va shu faoliyatdan ularning imtiyozlar olishini ta’minlaydi”- 
deb hisoblaydi. 
“Yovvoyi tabiat umumjahon jamg’armasi” (YOTUJ) – “Ekoturizm-nisbatan tabiatga 
ziyon yetkazilmagan hududlarga sayohat, madaniy-etnografik hususiyatlarihaqida tasavvur olish 
maqsadida,ekoturizmni butunligini buzmagan holda, shunday iqtisodiy sharoitlar yaratadiki,
unda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslar mahalliy xalqqa foyda keltiradi”-deb 
ta’kidlagan. 
Yurtimiz uzining xalqaro turizm salohiyati buyicha jahonda oldingi urinlarni egallaydi. 
Chet el sayyohlarini O’zbekistonga umuman Markaziy Osiyo tabiatiga, noyob o’simlik hamda 
hayvonot dunyosiga jalb qilish maqsadida “EKOSAN” xalqaro tashkiloti qoshida 2006-yil 
Xalqaro ekoturizm markazi tashkil qilindi va u hozirgi kunda o’z faoliyatini boshlagan. 
“O’zbekturizm” Milliy kompaniyasi so’ngi yillarda O’zbekiston hududlari bo’yicha ko’plab
ekologik muhofaza turlarini ishlab chiqdi hamda ekologik turizm bilan bevosita bog’liq bo’lgan
tashkilotlarni tashkil qildi.
Ekoturizm vatanimizning tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida nafaqat 
horijiy sayyohlarni ona diyorimizning landshafti, hayvonot va nabobat dunyosiga boy, 
betakror tabiati bilan tanishtirish, halqlar o’rtasidagi do’stlik rishtalarini bog’lash, mamlakatlar 
hamda turli millatlarning bir-birini kengroq bilish, shu bilan birga O’zbekiston hududida qirilib 
ketish arafasida turgan noyob hayvonot va o’simlik dunyosini saqlash, ko’paytirish maqsadida 
qo’riqxonalar (Zarafshon, Hisor, Chotqol, Zomin,) atrofida tabiiy bog’lar yaratish loyihalarini 
ishlab chiqish, ularni amalga oshirish orqali qo’riqlanadigan hududlarda ekoturizm ob’ektlarini 
yaratish uchun chet el investitsiyalarini kiritishdan iborat. 
Zarafshon qo’riqxonasi Samarqand viloyatining Bulung’ur vaJomboy tumanlari 
hududlarida, Zarafshon daryosining o’rta oqimida joylashgan. 1975 yilda tashkil etilgan bo’lib 
maydoni 2352 gektarni tashkil etgan
,
hududi 46 km ga cho’zilgan. Umumiy maydonining 884 
gektarini tabiiy holdagi qamishzor va butazorlar tashkil etadi. O’rmonni qo’riqlash lozim bo’lgan 
maydonda muhofaza zonasi bilan birga hisoblaganda 23 ming gektarni tashkil 
qiladi
.
Qo’riqxonada o’simliklarning 300 ga yaqin, sudralib yuruvchi hayvonlarning 10, 


88 
qushlarni esa 207 dan ortiq turlari ro’yxatga olingan. Qo’riqxona hududida qushlar va 
hayvonlarning “Qizil kitob”ga kirga 8 turi yashaydi. Milliy bog’ning noyob boyliklaridan biri bu 
–Buxoro xonguli.Tevarak atrof daryo va tuqayzorlardan iborat bo’lib juda chiroyli manzarani 
hosil qilgan. Bu yerda yana noyob qushlardan Zarafshon qirg’ovuli (tillo rang qirg’ovul) ni ham 
uchratish mumkin.
Zarafshon qo’riqxonasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7-fevraldagi qaroriga binoan 
Milliy bog’ga aylantirildi va 302 gektar maydoni rekreatsiya unchun ajratildi.
Yurtimiz ekologiyasi, atrof muhit musaffoligiga, o’rmon xujaligi va qo’riqxonalarni 
rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli milliy bog’lar, qo’riqxonalarni 
rivojlantirish loyihari ishlab chiqilmoqda, ekoturizmga keng yo’l ochilmoqda. Shu yusinda 
ushbu hududda inson jonli tabiat va musaffo ekologiyadan –ekoturizmdan bahra oladigan 
maskanlarni barpo qilish ishlari olib borilmoqda. Zarafshon davlat qo’riqxonasi Samarqand 
viloyatidagi eng noyob va mo’tadil tabiatli maskan hisoblanadi. Bundan kurinib turibdiki, 
quriqxona hududida turizmni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. 
O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun yuqorida aytib utilgan chora tadbirlar 
yetarli emas. Buning uchun, ekologik ta’lim tarbiya, targ’ibot , tashkiliy – huquqiy, iqtisodiy –
ijtimoiy masalalarni hal qilishda bir yoqadan bosh chiqarib, barcha kamchiliklarni bartaraf etib 
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, “O’zbekturizm “Milliy 
kompaniyasi, “EKOSAN” halqaro tashkiloti qoshidagi “EKOTUR” markazi va boshqa 
ekoturizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan qo’mitalar, mutasaddi tashkilotlar bilan 
hamkorlikda faoliyat yuritish kerak. 
Mamlakatimizda ekoturizmning taraqqiyot salohiyati nihoyatda katta va uni rivojlantirish 
uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Faqat bu imkoniyatlardan jahonda ekoturizmi taraqqiy
etgandavlatlar tajribasiga tayangan holda ilmiy asosda amalga oshirish lozim. O’zbekistonda 
ekoturizmning rivojlanishi , nafaqat ma’naviy ilm –fan, madaniyat,ma’rifat, tabiatni muhofaza 
qilish , ekoturistlarni Ona vatanimizga jalb qilish, noyob o’simlik va hayvonot dunyosini saqlash
hamda kupaytirish muammolarini hal qilishga, shu bilan birga iqtisodiy masalalarni –mahalliy 
xalqning ijtimoiy sharoitini yaxshilash , ularni yangi ish o’rinlari bilanta’minlash hamda 
vatanimizning valyuta zaxirasini boyitishga katta hissa qo’shadi. Atrof muhitning bugungi 
holati va uni muhofaza qilish muammosi juda dolzarb masala ekanligi barchamizga ma’lum. 
XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan “Atrof muhit asri” deb nomlanganligi ham bejiz emas. 
Ekologik turizm barqaror tabiatdan foydalanishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. 
O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim.
-ekoturizmning jahon talablariga javob bera oladigan moddiy –texnik , axborot –tahliliy
bazasini yaratish, xizmat kursatish va servis sohasini rivojlantirish; 
-qo’riqxonaningtabiati, lanshafti, hayvonot va nabobat dunyosi, ekoturizm salohiyati 
haqida internet saytlarda ma’lumotlar berilishi; 
-Zarafshon davlat qo’riqxonasiga qo’shni bo’lgan hududlarda Markaziy Osiyoda qirilib 
ketish arafasida turgan noyob hayvonlarni saqlash va ko’paytirish maqsadida tabiiy milliy bog’ 
yaratish lozim; 
-qo’riqxonada yangi ekoturistik dasturlar, yo’nalishlar, turistik harakatlar tuzish lozim; 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O’zbekistonda ekoturizm sohasida yechimini 
kutayotgan muammolar bir qator bo’lib, ularni bosqichma –bosqich hal etish kelajakda bu sohani 
iqtisodiyotning asosiy qismiga aylanishini ta’minlaydi. Binobarin respublikamizda 
qo’riqxonqlqr, milliy bog’lar va tabiat yodgorliklaridan turizmda samarali foydalaning hamda 
sayyohlikning ko’pgina turlarini tashkil etish turizm istiqbolida muhim ahamiyatga 
ega.Prezidentimiz ta’kidlaganidek guzal geografik va tabiiy sharoitlar respublikamiz huhudida 
ekologik turizmni rivojlantirish uchun g’oyat qulay. Binobarin Samarqand viloyatida joylashgan 
Zarafshon qo’riqxonasi geografik joylashuviga kura Samarqand shahriga yaqinligi bevosita 
ekoturizmni tashkil etish va rivojlantirish imkonini beradi. Shuning uchun biz quyidagi taklif va 
xulosalarni bermoqchimiz. 
1. Turizm sohasidagi horij tajribasini o’rganish va uni keng targ’ib qilish; 


89 
2. Qo’riqxonalardan turizmda foydalanish tartibi to’g’risida qonuniy asoslar yaratish; 
3. Qo’riqxonalar moddiy texnika bazasini va moliyaviy jihatdan qo’llab quvvatlash uchun 
turistik firmalar imkoniyatlaridan foydalanish; 
4. Zarafshon qo’riqxonasida ekoturizmning ko’plab turlarini yaratish bo’yicha loyihalar 
ishlab chiqishdan iborat. 

Download 6,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish