2002 yil 28-
fevral
Olma-Ota shahrida to’rt mamlakat (O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va
Tojikiston) prezidentlari Markaziy Osiyo Hamkorligi Tashkilotini ta’sis etish
to’g’risida shartnoma. Undan ko’zlangan maqsad shartnomada qatnashuvchi
mamlakatlarning o’zaro munosabatlarini hisobga olgan holda suv-energetika
resurslaridan va suv xo’jaligi inshooatlaridan maqsadli foydalanish; iqtisodiy-
ijtimoiy-siyosiy sohalarda samarali hamkoorlikni yo’lga qo’yish va boshqalar.
2013-yil
Ikki davlat o’zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarish va stategik
hamkorlikni mustahkamlash
2017-yil,
Fevral, Mart,
Oktyabr. Bir
necha
qo’shma bitim
va kelishuvlar
O'zbekiston Respublikasi va Qozog'iston o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik
bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning o'n oltinchi majlisida 2017-2019 yillar
uchun Bojxona hamkorligini mustahkamlash bo'yicha hamkorlikdagi chora-
tadbirlar rejasi, shuningdek, axborot xamkorligidagi texnik shart-sharoitlarni
mustahkamlash bo'yicha qo'shma bitim.
2018-yil 22-
23-mart
Ostonada ikki davlat rahbarlari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi hamda
O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish
va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya. Ikki
davlat rahbarlarining qariyb $ 1 milliardlik 75 ta shartnoma imzolandi.
"Strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va yaxshi qo'shnichilikni
mustahkamlash", "Hamkorlik va hamkorlik" "Mintaqaviy hamkorlik, 2017-2019
yillarga mo'ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasi" va "Xalqaro avtomobil
transporti to'g'risida" bitim.
Jadval muallif nomonidan tuzildi
Davlatlar o‘rtasida 2017 — 2019 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasi
qabul qilindi. O‘zbekiston hamda Qozog‘iston xalqaro siyosat masalalarida bir-birini qo‘llab-
quvvatlagan holda BMT, SHHT, MDH, IHT, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va boshqa
xalqaro tuzilmalar doirasida faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Qozog‘iston kapitali ishtirokida
qariyb 230 korxona O’zbekistonda faoliyat ko‘rsatmoqda. Qozog‘istonda O‘zbekiston
ishbilarmonlari bilan hamkorlikda 130 dan ziyod korxona tuzilgan. O‘zbekistondan
Qozog‘istonga tabiiy gaz, transport vositalari, avtomobillar, mineral o‘g‘itlar, to‘qimachilik,
elektrotexnika va qurilish mollari, meva-sabzavot va boshqa ko‘plab tovarlar, xizmatlar eksport
qilinadi. Qozog‘istondan O’zbekistonga neft, metall, un, yog‘-moy kabi mahsulotlar import
qilinadi. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi transport kommunikatsiya aloqalari,
avtomobil va temir yo‘llari o‘zaro integratsiyalashgan. Qozog‘istonning Maqtaaral tumani
hududidan o‘tgan Toshkent va Samarqandni bog‘lovchi avtomobil yo‘lining qayta ishga
tushirilishi, Toshkent – Olmaota hamda Samaqand-Ostana yo‘nalishida tezyurar poyezd va ikki
mamlakat shaharlarini bog‘lovchi avtobus qatnovining yo‘lga qo‘yilgani hududlararo madaniy-
gumanitar aloqalar rivoji, savdo aylanmasi hamda investitsiyalar hajmining sezilarli oshishini
ta’minlamoqda. Chunonchi, O’zbekistonning “GM Uzbekistan” qo’shma korxonasi bilan
Qozog‘istonning avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchi “AllurGroup” milliy kompaniyasi
o‘rtasida Qozog’istonning Qo‘stanay shahrida “Ravon” brendi ostida yengil avtomobil ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishilgani sanoat sohasidagi hamkorlikning
yana bir muvaffaqiyati bo‘ldi. Hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar viloyatlar
kesimidagi tashqi hamkorlik aloqalarini ta’minlash imkonini bermoqda. 2015-yilda Qozog'iston
YaIM 184,4 mlrd. AQSh dollariga teng bo'lgan bo’sa, O'zbekistonda bu ko’rsatkich 66,7 mlrd.
AQSh dollariga teng. So'nggi yigirma yil mobaynida Qozog'iston Markaziy Osiyodagi etakchi
iqtisodchi va diplomatik korpus bo'lib qolmoqda.
280
Do'stlaringiz bilan baham: |