278
balki o’zlarining jahon sahnidagi o’rnilariga ega bo’lib bormoqda. Qozog’iston Respublikasi
maydoni quruqlik yuzasining 1,8 % ini egallagani holda hududining kattaligiga ko’ra 10-o’rinda,
O’zbekiston esa 54-o’rinda turadi. Tabiiy resurslarning turlariga ko’ra har ikkala mamlakat ham
katta zahiraga ega. Xususan, Qozog’istonda neft, tabiiy gaz, ko’mir, temir, marganets, xrom
rudasi, nikel, kobalt, mis, molibden, qo’rg’oshin, rux, boksit, oltin, uran va O’zbekistonda tabiiy
gaz, neft, ko’mir, oltin, uran, kumush, mis, qo’rg’oshin, rux, molibden kabi tabiiy boyliklar
mavjud. Bundan tashqari ikki qo’shni respublikadan O’zbekiston mehnat resurlari bilan yaxshi,
Qozog’iston birmuncha yaxshi ta’minlangan. Ayniqsa, O’zbekistonda aholi soni 32 mln. 653,9
ming kishi(2018)ni tashkil etib, MDH davlatlari orasida uchinchi, mintaqada esa yetakchi
hisoblanadi. Shuningdek, Qozog’istonda transportning avtomobil, havo, quvur, temiryo’l hamda
suv transporti rivojlangan bo’lsa, O’zbekistonda avtomobil, temiryo’l, quvur va havo transport
turlari taqaqqiy etgan.
Bugungi kunda mazkur davlatlarning taqaqqiyot yo’lida o’zaro aloqa-munosabatlarining
tutgan o’rni muhim. Chunki, bu ikki davlat o’zaro qo’shni bo’lish bilan birgalikda juda katta
masofada chegaradosh. O’zbekiston Respublikasi umumiy chegaralarining umumiy uzunligi
6221 km bo’lib, uning 35 % (2203 km)i, yoki 1/3 qismidan ziyodrog’i Qozog’iston
Respublikasiga to’g’ri keladi. Qozog’iston Respublikasida bu ko’rsatkich 18 % ga teng. Bunday
katta masofadagi qo’shnichilik ikki davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, geosiyosiy va geoiqtisodiy
sohalarda aloqa va munosabatlarda belgilab beradi. Mazkur ikki mamlakatning yoqorida
ta’kidlangan xususiyatlarini umumlashtirib, o’zaro biri birini to’ldira olishi va tarixiy hamda
geografik jihatdan yaqin ekanligidan kelib chiqib O’zbekiston va Qozog’iston davlatlarini
“Geopara” mamlakatlar deb atash mumkin. Geopara tushunchasini birinchi bo’lib tabiiy
geografiyada professor A. Abulqosimov qo’llagan.
Shu kunga qadar ikki qo’shni respublika o’rtasida turli sohalarga oid 200 dan ortiq
shartnomaviy-huquqiy hujjatlar imzolangan. 2017-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Qozog‘istonga 3 marta tashrifi amalga oshirilgani va Qozog‘iston Prezidenti
O‘zbekistonga 2 marotaba tashrif buyurganligining o’zi ham so’nggi yillarda ikki mamlakat
o’rtasidagi munosabatlarga bo’lgan e’tiborning har ikki mamlakat uchun dolzarb ahamiyatga ega
ekanligini ko’rsatib turibdi. O’zaro bitim va shartnomalarning eng muhimlarini quyidagi
jadvalda ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: