Tashkiliy tuzilmani funksiyali turi servis korxonasini bo'lim va guruhlari o'rtasida ko'plab funksional aloqalar va munosabatlarni kesishganligi tufayli yanada murakkab xarakterga ega. Funksional struktura mavjud bo'lganida ikkinchi daraja yanada tarmoqlashgan xarakterga ega bo'ladi va uni ta'sir doirasiga iste'molchilarga xizmat ko'rsatishni amalga oshiruvchi bo'lmalar tushadi.
Bunday struktura servis ishlab chiqarishni qator bo'lmalariga ega bo'lgan, shuningdek ichki xizmat ko'rsatish funksiyasini bajaruvchi bo'limlar (buyurtmani, reklamani va informasiyani qabul qilish bo'limi, rejalashtirish ishlab chiqarish bo'limi, texnik xizmat ko'rsatish bo'limi, moliyaviy bo'lim va boshqalar) yaratgan katta servis korxonalari uchun xos. Ushbu struktura doirasida tuman poliklinikalari, o'rta otellar, magazinlar ishi tashkil etiladi.
Tashkiliy tuzilmani chiziqli-funksional turi servis korxonasi keng ko'lamli xarakterga ega bo'lgan va yirik tashkiliy birliklar – bo'lmalardan iborat bo'lgan hollarda o'rinlidir. Faoliyat maqsadlari bo'yicha markaziy rahbariyatga bo'ysungan bu har bir bo'lmalar yordamchi guruhlar va xizmat ko'rsatuvchi bo'limlar majmuasi bilan ta'minlangan. Bunday tashkiliy tur misoli sifatida yirik (500 dan ortiq o'rinli) otellarni, banklarni, kasalxonalarni, oliygohlarni ko'rsatish mumkin. Bu yoki boshqa yerlarda o'z filiallariga ega bo'lgan servis tashkilotlariga ham aynan shunday tashkiliy tuzilma turi xos.
Chiziqli-funksional struktura turini yana bir ko'rinishi bu brigadali tashkillashtirish hisoblanadi. Bu holda korxona turli xizmat va mehnat operasiyalari majmuasiga ega bo'lgan servis ishlab chiqarishning qator uchastka va sexlariga ega bo'lishi kerak. Bu uchastka yoki sex doirasida iste'molchilarga tezkor xizmat ko'rsatishni amalga oshiruvchi brigadalar (3-12 kishi) mehnat qilishadi.
Brigadali struktura turi misoli sifatida katta shaharlardagi tuman turar-joy ekspluatasiya kontoralarini tashkillashtirilishini keltirish mumkin. Aniq kontorani ishchilari ularga qarashli bo'lgan joylarda va tura rjoy fondida turli servis ishlarini (ko'cha va zinapoyalarni tozalash, kvartiralardagi santexnika jihozlarini ta'mirlash, barcha elektr yoritish tizimlarini yaxshi holatda saqlash, kommunal to'lovlarni to'plash va hisoblash va boshqalar) bajarishadi. Bu ko'rsatilgan ishlarni ko'p qismi ixtisoslashgan brigada a'zolari tomonidan bajariladi. Shu bilan birga, ularga umumiy xizmat ko'rsatishni yordamchi bo'lim va guruhlar amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |