Sut mahsulotlari barlari – o‘z mahsulot assortimenti bilan boshqalardan farqlanadi. Sut va sariyog‘ kokteyllaridan tashqari barning kundalik taomnomasida buterbrodlar, pishloq, kolbasa, bir necha xil sutli taomlar, quymoqlar, qaymoqli, tvorogli somsalar, un-qandolat mahsulotlari, shirin taom va ichimliklar bo‘ladi.
Disko-barlar – kunduz kunlari kafe sifatida ish olib boradi, kechqurun esa bar xizmatini o‘taydi. Bu yerlarda doimo diskoteka uyushtiriladi. Disko-barlar alohida binolarda yoki mehmonxonalarning yarim yerto‘lalarida faoliyat ko‘rsatadi. Bu barlarda orkestrlar, ashulachi, aktyorlar ishtirokida yoshlarning dam olish kechalari o‘tkaziladi. Tavsiya etiladigan mahsulotlar assortimenti turlichadir: buterbrod, qandolat-shirinliklar va iste'molbop tez hazm bo‘ladigan taomlar.
Ekspress-barlar (bir zumda xizmat qilish)–savdo markazlarida, mehmonxona va vokzallarda faoliyat ko‘rsatadi. Mahsulotlar assortimenti bar vazifasiga mos tushishi kerak: buterbrodlar, qiymalangan go‘shtlar non betiga qo‘yilgan taomlar, har xil qandolat va sut mahsulotlarini taklif qiladi. Tik turib ovqatlanib ketadigan barlarda taom assortimenti cheklangan bo‘ladi. Bular – bifshtekslar, langetlar, parranda go‘shtidan tayyorlangan ovqatlar, chanqov-bosdi ichimliklar, sharbat, kokteyl, kofelar beriladi.
Pivo barlari – maxsus joylarda pivo qo‘yib sotiladi yoki shishalarda beriladi. Qo‘yib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan yoki ishlab chiqargan zavod avtotsis-ternasidan bevosita avtomatlar orqali qo‘yib sotilishi mumkin. Savdoda mevali va mineral suvlar bo‘lishi tavsiya qilinadi. Hisob-kitob ofitsiantlar cheki orqali, o‘z-o‘ziga xizmat qilish joylarida bufetchi yoki sotuvchiga to‘lanadi.
Vino barlari – mehmonxonalar, restoran, kafelar qoshida faoliyat ko‘rsatadi. Yengil ovqatlantirish ham mumkin, vaqti cheklangan, shoshilgan odamlar tez tamaddi qilib ketishi uchun juda qulay joy hisoblanadi. Bunday barlar yirik restoranlar ichida joylashgan bo‘lsa, do‘stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suhbatlar qilishi choy yoki kofe ichib ketishi mumkin.
Gril-barlar – savdo markazlarida, shahar ichida, dam olish joylarida, odamlar gavjum magistrallarda, restoranlarda joylashgan bo‘ladi. Gril-barda mijoz tanisq va noyob taomlarni olishi mumkin. Bu yerdagi taomlar assortimenti mijozning tezlik bilan ovqatlantirishiga imkon beradi. Bu barlarda eng ko‘p tarqalgan taomlardan qovurilgan baliq, jo‘ja, kabob, bifshteks bo‘ladi. Gril-barlarda taom mijozning ko‘z oldida tayyorlanadi. Gril-barlarda bar peshtaxtalari ro‘parasida stolchalar yoki uzun kursilar qo‘yiladi. Peshtaxtaning ichki tomonida sotuvchi xizmat qiladi. Taomni chala tayyor mahsulotlardan uning o‘zi tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |