Standart mahsulotlarning kompaniyalari-distribyuterlari. Oddiy umumlashgan «ishlab chiqaruvchi-distribyuter-diller-oxirgi foydalanuvchi» sxemasi tovar (xizmat) ishlab chiqaruvchisini va uning oxirgi iste'molchisini bog‘lab turadi. Kompaniyalar-distribyuterlar haqiqatda tovarlarni shahobcha orqali kichik firma-dillerlarga taqsimlab beradigan yirik ulgurji bazalar hisoblanadilar.
Mustaqil biznes turi sifatida distributsiyani (mahsulotlarni taqsimlashning) paydo bo‘lishi va rivojlanishiga, bir qator sabablar bor:
- yirik ishlab chiqaruvchilar sotish kanallarini kengaytirish zaruriyatlarini sezishmoqdalar, va bu ularning biznesiga juda ko‘p sonli servis tadbirkorlarini jalb qilishga olib keladi;
- kichikroq ishlab chiqaruvchilar o‘z xususiy sotish shahobchalarini yaratishga mablag‘larni investitsiya qilishi imkoniyatlariga ega emaslar;
- mijozlarga omborlada keng assortimentdagi tovarlarga ega bo‘lgan yirik ta'minotchilar bilan ishlash qulay;
- yirik distribyuterlar o‘zlarining jihozlariga o‘rnatadigan baholar, odatda nafaqat chakana baholardan past bo‘ladi, balki oxirgi iste'molchilar bevosita ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan to‘g‘ri oladiganlaridan ham past bo‘ladi.
Distribyuterning o‘zi aniqlaydi, qaysi moliyaviy sxema bo‘yicha unga mahsulotni sotish qulay, uning baho siyosati qanday bo‘lishi mumkin va qo‘shimcha qiymat qanday bo‘ladi. Taminotning turli xil sharoitlarini istemolchilarga taklif eta turib, distribyuter u yoki bu standart mahsulotni olishning qulay sharoitlarining taqdim etilishini ta'minlaydi.
O‘z-o‘zida servis tadbirkori odatda mahsulot ishlab chiqaruvchi bilan emas balki kompaniyalar-distribyuterlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bunday kompaniyalar-distribyuterlar ikki asosiy faoliyat turiga ega bo‘lishadilar: ayrim distribyuterlar mahsulotni ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilardan to‘plashadilar va mijozga (servis tadbirkoriga) imkon qadar ko‘p keng spektordagi turli xildagi mahsulotlarni taqdim etishadilar. Qolganlari, yani hamma destribyuterlar bir yoki ikki taniqli ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini taqdim etish bilan chegaranaladilar.
Firma-distribyuter juda ko‘p sonli biznes operatsiyalarni bajaradi. Agarda distributsiya tizimi va servis tadbirkori bo‘lmaganda, ularni oxirgi iste'molchining o‘zi bajarishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu operatsiyalar jumlasiga kerakli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarini tanlash, import mahsulotni yetkazish, joylashtirish (taxlash), moliyalashtirish operatsiyalari, tovarni bozorga siljitish, bitimlarni qo‘llab quvvatlashning turli ko‘rinishlarni tashkil etadi, kafolatlangan xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish va iste'molchilarni to‘xtovsiz rivojlantirishdan kelib chiqadigan qolgan operatsiyalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |