99. Gretsiyalik mutafakkirlardan Geraklit va Demokrit jonni nimadan iborat deb
hisoblaganlar?
Gretsiyalik mutafakkirlardan Geraklit (eramizdan oldingi VI asr) jonni «uchquncha»dan,
Demokrit (eramizdan oldingi V asr) «olov atomi»dan iborat deb hisoblaganlar.
100. Ko‘pchilik adabiyotlarda psixologiya fanining asoschilaridan biri («otasi») deb kim
ko‘rsatiladi?
ko‘pchilik adabiyotlarda psixologiya fanining asoschilaridan biri («otasi») makedoniyalik
mutafakkir Aristotel (eramizdan oldingi IV asr) deb ko‘rsatiladi.
101. Hozirgi zamon psixologiya faniga qanday nom berilgan?
psixologiya psixik faktlarni, psixik hodisalarning mexanizmlari va qonuniyatlarini
o‘rganuvchi fan
102. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanish bosqichlarini ko’rsating.
1.Psixologiya jon, ruh haqidagi fan sifatida. 2.Psixologiya ong haqidagi fan. 3.Psixologiya
xulq-atvor haqidagi fan sifatida. 4.Psixologiya psixik faktlarni, psixik hodisalarning mexanizmlari
va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |