48. Dars deb nimaga aytiladi?
Dars - o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning shakli bo‘lib, u bolalarni
o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshiradi. Dars o‘qitishni tashkil
etishning o‘zgarmas shakli emas. O‘quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni
takomillashtirish yo‘llarini izlaydi.
4
9. Ta‘lim qonuniyatlari haqida umumiy tushuncha bering.
Ma‘lumki, o’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta‘limning mazmuni, metodlari va
tashkiliy shakllaridan umumiy didaktik printsip (qonuniyat) larni qanchalik to’g’ri amalga
oshirishiga bog’liq. Ta‘lim qonuniyatlari bu - o’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir.
Ta‘lim printsip (qonuniyat) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o’qitish
uchun asos bo’ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |