Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartnomalari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o’z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.
Xodimlarni ish bilan ta’minlash tizimi. Jamoa shartnomasida mehnat qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari ifoda etilishi lozim.
Mehnat va dam olish ta’tillari tizimi. Jamoa shartnomasida ish vaqti (shu jumladan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati), ish vaqti rejimi, ish haftasining turlari, bayram va dam olish kunlari, tanaffuslar, ish vaqtidan tashqari ish, ta’tillar (shu jumladan, ijtimoiy ta’tillar) ko’rsatilishi lozim.
Mehnat shartnomalari va mehnat muhofazasi tizimi. Korxonada xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi va bu jamoa shartnomasida o’z ifodasini topishi lozim.
Xodimlarni o’qitish, malakasini oshirish tizimi. Ish beruvchi ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o’qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan qo’shib olib borish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi shart.
Ijtimoiy imtiyozlar tizimi. Ayrim toifadagi xodimlar (homilador va yoki bolasi bor, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg’ul ayollar, 18 yoshga to’lmagan yoshlar va hokazolar) uchun amaldagi qonunchilikda tegishli ijtimoiy imtiyozlar belgilab qo’yilgan.
Sug’urtalash tizimi. Barcha xodimlar davlat yo’li bilan ijtimoiy sug’urta qilinadilar.
Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzish. Xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini muvofikdashtirishga qaratilgan jamoa shartnomalarini ishlab chiqish hamda tuzish tartibi, qoidalari O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida aniq belgilab qo’yilgan.
12.2. Mehnat shartnomalari
Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo’yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo’ysunadigan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Mehnat shartnomasi taraflari quyidagilar hisoblanadi:
Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiklovchi asosiy hujjatdir.
Mehnat shartnomalari muddatlari quyidagicha bo’lishi mumkin:
-
nomuayyan muddatga;
-
besh yildan ortiqbo’lmagan muayyan muddatga;
-
muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzilishi mumkin.
Muddatli mehnat shartnomalari:
-
bajarilajak ishning xususiyati, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga mo’ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo’lmagan hollarda;
-
korxona rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh hisobchi bilan, korxonada bosh hisobchi lavozimi bo’lmagan takdirda esa, bosh hisobchi vazifasini bajaruvchi xodim bilan amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda tuzilishi mumkin.
Mehnat shartlari deganda mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari tushuniladi.
Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnat haqi miqdori, ish vaqtining, ta’tilning muddati va boshqa shartlar kiradi.
Xodimning mehnat shartlarini o’zgartirish huquqi mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda, xodim ish beruvchidan mehnat shartlarini o’zgartirishni talab qilishga haqlidir.
13 – Mavzu. PERSONALNI BOSHQARISH XIZMATIDA ISH YURITISH
VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
13.1. Personalni boshqarish xizmatida ish yuritish
Personalni boshqarish samaradorligi bu — tizimda hujjatlarni rasmiylashtirish, ular bilan ishlash, mazkur xizmatda ish yuritishni oqilona tashkil etishga ham ko’p jihatdan bog’likdir.
Ish yuritish atamasi ilmiy muomalaga vama’muriy amaliyotga XVIII asrning ikkinchi yarmidan kirib kelgan bo’lib, qaror qabul qilish yoki „ish yuritish” bilan bog’liqfaoliyatni anglatadi. Hozirgi vaqtda ish yuritish korxona, tashkilot, muassasa ma’muriy boshqaruv faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanib, hujjatlashtirish hamda rasmiy hujjatlar bilan ishlashni, hujjat-axborot bazasini tashkil etishni anglatadi.
Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash — ish yuritishning hozirgi davridagi axborot-texnologik xususiyatini ko’rsatuvchi hujjatlarni yaratish, ular bilan ishlash, saqlashdan iborat texnologik jarayon hisoblanadi.
Hujjatning hukuqiy kuchi rasmiy hujjat xususiyati hisoblanib, u amaldagi qonunchilik, mazkur hujjatni chiqargan organ vakolati hamda hujjatning belgilangan tartibda rasmiylash-tirilishi orqali ta’minlanadi.
1. Tashkiliy-farmoyish tizimi. Bu tizim tarkibida quyidagilar mavjuddir:
-
tashkiliy hujjatlar (nizom, qoidalar, yo’riqnomalar);
-
farmoyish hujjatlari (qaror, buyruq, farmoyish);
-
ma’lumot-axborot hujjatlari (holatlar, xizmat yozishmalari, tushuntirish xati, ma’lumotlar, arizalar, taqdimnomalar, bayonnomalar va hokazolar);
-
Reja hujjatlari (kadrlar masalalari bo’yicha reja topshiriqlari yoki mutaxassislarga buyurtmalar, xodimlar soni, ular mehnatiga haq to’lash, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish bo’yicha rejalar).
-
Hisobot-statistika hujjatlari (xodimlar soni, ish vaqti balansi, ish haqi, mehnat unumdorligi, ishdan bo’shatish va hokazolar bo’yicha statistika hisobotlari).
-
Ijtimoiy ta’minot bo’yicha hujjatlar (nafaqalar, imtiyozlar, ijtimoiy sug’urta va hokazolarga oid hujjatlar).
Xizmat yo’riqnomasi xodimning tashkiliy-huquqiy maqomi, uning funktsiyalari, huquq va majburiyatlari, mas’uliyatini belgilab qo’yish hamda uning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur sharoitlarini ta’minlashga yo’naltirilgan, korxona va tashkilot tomonidan chiqarilgan me’yoriy- huquqiy hujjatdir. Xodim bilan mehnat shartnomasi mazkur xizmat yo’riqnomasi asosida tuziladi.
Farmoyish kundalik ma’muriy, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo’jalik masalalari bo’yicha rahbar tomonidan yakka tartibda chiqariladigan huquqiy hujjat hisoblanadi. U joriy tezkor masalalar bo’yicha qabul qilinishi sababli, amal qilish muddati odatda cheklangan bo’ladi.
Qaror ijtimoiy mehnat, ishlab chiqarish-kadr, xo’jalik masalalari bo’yicha qabul qilinadigan kollegial organ hujjatidir.
Xodimning shaxsiy kartochkasi kadrlar tarkibini tahlil etish hamda ularni lavozimida siljishlarini hisobga olishni ta’minlaydigan hujjathisoblanadi.
13.2. Personalni boshqarishda axborot texnologiyalari
Personalni boshqarish axborot ta’minotining asosiy maqsadi oqilona qarorlar qabul qilish uchun manba vazifasini o’taydigan mavjud ma’lumotlar bilan ishlash, ularni tahlil qilish va umumlashtirishdan iboratdir.
“Shtatlar jadvali” moduli korxona yoki tashkilot tarkibini aks etgirish va ularning shtatlar jadvalini yuritishni ta’minlaydi.
“Kadrlarni hisobga olish” moduli rahbarlar va personal bo’yicha mutaxassislar uchun mo’ljallangan.
“Tabel hisobi” moduli yordamida maxsus ajratilgan xodim yoki ish haqi bo’yicha mutaxassis tomonidan ish vaqtining har kungi hisobi olib boriladi yoki muayyan davr uchun tabel’ (ishda bo’lmaslik—ta’tillar, kasallik, xizmat safarlari va hokazolar) shakllantiriladi.
“Ish haqi hisobi” moduli korxona (tashkilot) xodimlari ish haqini hisoblab chiqishni tezlik bilan amalga oshirish hamda ushbu hisobga asoslanib, turli hujjatlarni tayyorlashga mo’ljallangan.
“Tizim ma’muri” moduli tizim ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi mutaxassislarga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |