Њзбекистон Республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


II bob. Janubiy Turkmanistonda dastlabki dehqonchilikning vujudga kelishi va Joytun madaniyati



Download 359 Kb.
bet4/13
Sana28.04.2020
Hajmi359 Kb.
#47862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sherzod diplomi

II bob. Janubiy Turkmanistonda dastlabki dehqonchilikning vujudga kelishi va Joytun madaniyati.

2.1. Janubiy Turkmanistonda dastlabki dehqonchilikning vujudga kelishi.

Mezolit, ya’ni o’rta tosh davridan keyin neolit boshlandi. Neolit so’zi yunoncha «neos»— yangi va «litos»— tosh so’zlaridan iborat bo’lib, yangi tosh asri degan ma’noni anglatadi. Neolit tosh asrining so’nggi bosqichi bo’lib, insoniyat bu davrda yangi katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Dehqonchilik va chorvachilikka o’tilish jamiyat tarixida keskin iqtisodiy sakrash bo’lib, olimlar bu taraqqiyot bosqichini neolit yoki dehqonchilik revolyusiyasi deb ataydilar. Bu davrda qishloq-qarorgohlarning ham qiyofasi jiddiy o’zgaradi. Dehqonchilikka o’tilishi jamoalar xo’jaligining asosi sifatida kishilarning muqim, o’troq yashashiga olib keldi. Endilikda qarorgohlarning mukammalasha borishiga ijtimoiy-iqtisodiy jabhalar katta ta’sir ko’rsatadi. Dehqonchilikning ilk bosqichlarida vujudga kelgan «oshkoralik binolari» istehkomlar bilan o’rab olinadi. Bunday binolar butun jamoaga tegishli edi. Keyinchalik «dohiylar» uylari tashkil topib, jamoatchilik funksiyalarini bajargan. To’g’ri, istehkomli qishloqlar rivojlangan ovchi va baliqchilarda ham mavjud edi, lekin bu jarayon aslida o’troq dehqonlarga xosdir. Hosildor, suvli va chorvachilik uchun qulay yerlarga bo’lgan ishtiyoq qabila va jamoalar o’rtasida o’zaro mojarolarni keltirib chiqaradi, hatto qurolli to’qnashuvlarga ham sabab bo’lgan. Shuning uchun qishloqlarni mudofaa istehkomlari bilan mustahkamlash odat tusiga kiradi.

Eng qadimgi dehqonlar qishloqlari O’rta Osiyoda miloddan avvalgi VI ming yilliklarga mansub joytunliklar madaniyati misolida bir muncha yaxshi o’rganilgan. U O’rta Osiyoning asosan janubiy-g’arbiy mintaqalarini o’z ichiga olgan holda, odatda qurg’oq muzofotlardan iborat bo’lganligi uchun ham sun’iy sug’orish asosida xo’jalik yuritishni talab qilardi. Shuning uchun ham o’troq, muqim yashash kompleksi alohida ahamiyatga ega edi. Inson jamoalari bir necha ming yillar bu joyda yashaganligi sababli ayrim qishloqlarning madaniy qatlamlari bir necha o’n metrlarni tashkil qilgan. Bunday muqim yashash xususiyati manzarasini Joytun madaniyatiga tegishli yodgorliklarda kuzatish mumkin bo’ldi. Joytun madaniyatining ilk davriga mansub Joytun qishlog’ining o’zi hisoblanadi. Bu qishloq 30 ta uydan tashkil topgan, ular hovli va xo’jalik qurilmalari bilan jihozlangan. Uylarning joylashishi ham ma’lum bir reja asosida emas. Umumiy jamoa uyi va ibodatxona ham ajratilmagan. Ammo Joytun madaniyatiga mansub va uning o’rta bosqichi rivojlanishiga doir Pessijiktepada ibodatxona yoki jamoa yig’iniga taalluqli uy ochilgan bo’lib, uning dahliz – kirish qismi, devorlari turli buyoqlar bilan jihozlangan.14 Ammo uylarning tartibsiz qurilish holati hamon saqlangan. Xuddi shunday xususiyat so’nggi Joyitun qishlog’ida saqlangan bir vaqtda endi bu erda qishloqning o’rtasida katta uy joylashgan bo’lib, bu bino ham, ibodatxona ham umumyig’in funksiyasini bajargan. Joyitun qishloqlarining maydon hajmi unchalik katta bo’lmasdan, balki 05 gektardan to 2 gektargacha. Bu ko’rsatkich qishloqlarning dehqonchilik davrida ularning tobora kengayib borishidan dalolat beradi. Bu qishloqlarda ham mudofaa inshootlari yo’q. Biroq qishloqning chetki joylarida barpo etilgan uy devorlari qishloq ichkarisiga nisbatan bir muncha qalinroq. Bu jarayon fartifikasiya taraqqiyotiga tashqi, siyosiy kuchlar ta’sirining minimal darajadaligini ko’rsatadi. Shuni aytish lozimki, Old Osiyoda miloddan avvalgi VIII-VII ming yilliklarda yashagan qadimgi dehqonlar turmushida uy-joy qurish, fartifikasiya masalalari bu vaqtda ancha rivojlangan edi. Keyinchalik yirik qishloqlar, ishlab chiqarish hali kichik oilalar ixtiyorida edi.

Doimiy evolyusiya tufayli ilk dehqon jamoalarida, avvalambor, son jihatdan o’zgarish, qishloqlarning tobora yiriklashuvining sodir bo’lishi qishloqlarning tiplarga ajratish sxemasi vujudga keldi. Qishloqlarni odam soniga qarab ularning mezonini belgilash mumkin. Masalan, amerikalik arxeolog G.Chayld shahar tipidagi qishloqlarning aholi soni 5000 bo’lishi mumkin, degan taklifni kiritgan. V.M.Massonning fikriga qaraganda, to’liq o’rganilgan yirik qishloqlarning aholisi 1000 kishigacha bo’lishi mumkin.

Qishloqlarning evolyusiyasida ixtisoslashgan xo’jalikning, ma’muriy va diniy funksiyasining vujudga kelishi muhim ahamiyat kasb etadi.

O’rta Osiyoning janubiy-g’arbiy muzofotlarida mil. avv. IV minginchi yillarda kichik qishloqlarda Joytun neolitining an’analari davom etgan. Masalan, uylar bir xonali bo’lib, pala-partish qurilib, qishloq markaziy qismida Markaziy binosi ham bo’lib, balki u taxminan umumiy yig’in uyi bo’lishi mumkin. To’g’ri, alohida qurilgan uylarning asta-sekin ko’pxonali massivlarga aylanishi ham kuzatilgan. Muzofotning sharqiy o’lkalarida kichik uylar xarakterli bo’lsa-da, ammo markaziy yig’in uylari yirik bo’lib, uning aylana devori yarim metr qalinlikda xom g’ishtdan qurilgan.15 Shu bilan bir vaqtda ancha mukammal markazlar vujudga keladi: Geoksyur maydoni 12 ga, Qoratepa 15 ga va Namozgohtepa maydoni ham bulardan kam emas. Qoratepadagi qurilishlarning tig’isligiga qaraganda, bu erda 100 dan ortiq odam yashagan. Ko’pxonali uylar esa katta oila jamoasi yashaganligini ko’rsatib, bu asosiy yaycheyka strukturasi hisoblangan.

Yuqorida keltirilgan dalillar shuni ko’rsatadiki, neolit davrida hayvonlarni xonakilashtirish barcha hududlarda bir xil bo’lmagan, bu jarayon tabiiy va geografik sharoitlar bilan ham muayyan bog’liq bo’lgan, albatta. Neolit davri etnik birikmalarining vujudga kelishi bilan ham xarakterlanadi. Bu o’rinda Joytun, Kaltaminor va Hisor qabilalarining moddiy madaniyat xususiyatlari xo’jaligi va tarqalish hududlari inobatga olinadigan bo’linsa, neolit davrida birgina moddiy tarixiy umumiyliklargina emas, balki qabilalarning etnik jihatdan birikmalari ham tashkil topib, bu hodisa sivilizasiya sari bo’lgan evolyusiyaning hosilasi edi. Hisor neolit davri jamoalari ijodkorlari o’ziga xos madaniyat barpo qilish bilan bir vaqtda jahon ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa neolit qabilalari madaniyati xususiyatlarini ham o’zida ifodalab, tarixiy taraqqiyot jarayonida va urbanizasiya yo’lida muhim rol o’ynagan. Bu qabilalar yangi tosh asrining dastlabki etaplaridan mahsulot ishlab chiqarish xo’jaligini shakllantira borib, qo’nim yashash sharoitlarini yaratgan. Xullas, tog’li hisorlik qabilalar ibtidoiy madaniyatimiz tarixida o’chmas iz qoldirdi.

O’rta Osiyoning tabiiy sharoiti yashash uchun qiyin bo’lgan muzofotlarda, xususan, mamlakatning shimoliy dashtlari va cho’llarida yashab kelgan qabilalarning katta bir qismi bir necha ming yillar davomida terim-termachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanib, tirikchilik o’tkazib kelganlar. Shu tufayli bu hududlarda qo’nim yashash bilan bog’liq makonlar kamchil uchraydi.

Arxeolog olimlarimiz bu qabilalarning moddiy madaniyat tarixini o’rganish borasida ham katta yutuqlarga erishdilar va ular neolitning ilk bosqichlaridan to uning so’nggi davrlarigacha galma-gal rivojlanib kelgan taraqqiyot yo’llarini isbotladilar. Shu bilan birga, O’rta Osiyoning mahalliy mezoliti negizidan shu erlik neolit madaniyatining etishib, qaror topganligi kabi masalalar oydinlashtirildi.

Avvalo, so’nggi paleolit va mezolit davrida mavjud bo’lgan ona urug’i navbatdagi neolit davrida o’zining birmuncha yuksalish darajsiga erishganligini nazarda tutish kerak. Barcha xo’jalik siljishlarining zaminida mehnat qurollarining doimiy takomillashib borishi yotadi. Toshni parchalash, uni qurol-yarog’ ishlab chiqarish maqsadida qayta ishlash texinkasi yuksaldi. Qurollarning turlari birmuncha ko’paydi. Toshni silliqlash, parmalash usullarida qurol yasash texnikasi o’zlashtirildi. Xo’jalikka zarur bo’lgan toshboltalar takomillashtirildi. Loydan ro’zg’or, idishlari yasash ixtiro qilindi. Kemasozlik va to’qimachilikning paydo bulishi ovchilik, baliqchilik, oddiy dehqonchilik va dastlabki chorvachilik sohasida kishilarning erishgan muvaffaqiyatlari neolit davriga to’g’ri keladi. Tabiiy sharoiti birmuncha yaxshi hududlarda yashagan qabilalar o’troq, dehqonchilik kasbini egaladi. Uy-joylarning har xil turlari paydo bo’ldi. Mamlakatimizning janubidagi ayrim mintaqalarda shox-shabbalardan to’qilgan, loy bilan suvalgan, loydan qurilgan uylar, yog’och karkasli uylar va shu kabi turli tarzdagi imoratlar vujudga keldi. O’troqlikka o’tish odamlarning butun turmush tarzida o’zining jiddiy ta’sirini ko’rsatdi. Odamlarning xo’jalik faoliyati tobora umumiylik kasb etib, xo’jalikning turli tarmoqlari rivojlana bordi. Mezolit davrida boshlangan motiga dehqonchiligi rivojlana bordi, hayvonlarni xonakilashtirish jarayonidan dastlabkn o’troq chorvachilik xo’jaligi tashkil topdi. Umuman, mamlakatimiz hududida neolit davri miloddan avvalgi V—III ming yilliklarga to’g’ri keladi.

Ibtidoiy davr, shu jumladan neolit madaniyatini o’rganishda tosh buyumlar muhim va yetakchi manba hisoblanadi. Arxeologiyada ko’pgina tadqiqotchilar u yoki bu qabilalarning madaniyat tarixini o’rganishda turmushda qo’llanilgan sopol idishlar muhim manba ekanligi e’tirof qilinadi. Albatta, sopol buyumlarnnng manba sifatidagi ahamiyatini pasaytirib bo’lmaydi, biroq loyni pishirish usulida idishlar yasashni kishilar o’tmish tariximizda nisbatan ancha keyinroq, ya’ni neolit dav­rida ixtiro qilishgan. So’ngra bu jarayon barcha qabilalarda birvarakayiga tashkil topmagan. Shuning uchun bo’lsa kerak, O’rta Osiyo miqyosida topilgan ayrim neolit makonlarida sopol buyum qoldiqlari kuzatilmaydi. Bas, shunday ekan, neolit davri madaniyatini o’rganishda ham tosh industriya yetakchi manba bo’lib kelaveradi.16

Arxeologiyada tosh industriya deb, tayyorlangan buyum tiplarining barqaror, doimiy muvozanatdagi yig’indisi tushunilib, bu yerda toshni paraqalash texnikasi, uni ikkinchi bor qayta ishlash, ya’ni kertish usulida o’tkirlash hamda buyumlar shakllarining doimiy saqlanishi kabi shartlar hisobga olinadi. Yodgorliklarni o’rganishda mana shu asosiy prinsiplar e’tiborga olinib, territoriyalar va turli mintaqalar zaminida topilgan komplekslarning bir-biriga o’xshashligi yoki ularning farqlari aniqlanadi. Bu metodning ahamiyati ham shundaki, industriya taraqqiyotining doimo takomillashib borishiga yoki turg’unligiga qarab jamoalarning madaniyat darajasi aniushnadi. Mana shu asosda biror-bir, katta territoriyada yashagan qabilalarning umumiy madaniyat yig’indisi va shu yig’indi tarkibida lokal, ya’ni mahalliy madaniyat elamentlarnig mavjudligi aniqlanib, natijada shu qabilalarning gnoseologiyasi, ya’ni kelib chiqish yo’llari hamda zamonga nisbatan davri aniqlanadi. Masalan, O’rta Osiyo territoriyasidagi neolit yodgorliklarining kupchiligini paraqasimon tex­nika yig’indisi asosida birlashtirish mumkin. Ammo paraqalash texnikasi tarkibida ham turli o’ziga xos uslublarni kuzatish mumkin. Shunday ekan, O’rta Osiyoning cho’l-dasht mintaqasida yashagan ovchilik va baliqchilik bilan turmush kechirgan qabilalar kaltaminorliklar madaniyat tarixi yig’indisiga birlashadi. Ammo shu ma­daniyat yig’indisi tarkibida yana ikkinchi bir mahalliy madaniyat ementlariga ega bo’lgan Oqchadaryo atrofida yashagan qabilalarni misol keltirish mumkin. Shunday qilib, yodgorliklardagi topilma industriya uch nuqtai-nazardan, ya’ni paraqalash texnikasi, qayta ishlov berish va buyum turlari asosida o’rganiladi. Paraqalash texnikasi deb g’amlangan turli yirik, kichik paraqalar va shu tarzdagi tosh uchirindilari ( otsheplar) yig’indisi tushuniladi. Qayta ishlov texnikasi deb har xil tarzda buyumlarni o’tkirlash usuli tushuniladi. Neolit davrida tosh uskunalarni o’tkirlash texnik usullari turlicha bo’lgan. Jumladan, o’tmas qirrali, o’tkir qirrali va arra tishli yo’sinda tig’ chiqarilgan. Odatda, tig’ chiqarish qurolga mo’ljallangan tosh parchasining astar yoki orqa tomonidan kertish, ezish texnikasi usulida bajarilgan. Buyum turlari yig’indisini o’rganishda ularning morfologik va texnik belgilari hisob­ga olinadi. Mana shu tarzda yodgorliklar industriyasining xususiyatlari aniqlanib, ularning qaysi madani­yat doirasiga mansubligi belgilanadi.

Shunday qilib, u yoki bu yodgorlik topilmalarini kompleks o’rganish tufayli biron-bir madaniyat qol­diklari qaysi sabilalarga taalluqli ekanligini, davrini aniqlash, kelib chiqishi hamda ularning bir-birlari bilan bo’lgan madaniy aloqalarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Demak, ibtidoiy tariximizni o’rganishda tosh industriya muhim va yetakchi ahamiyatga egadir. Albatta, arxeologiya sohasidagi boshqa man­balarning ahamiyatini ham pasaytirib bo’lmaydi.

Tadqiqiqotchilarimizning so’nggi yillarda bu sohada erishgan yutuqlarini nazarda tutsak, O’rta Osiyo neolit madaniyatining kelib chiqishi jarayoni bir ma’lum yo’nalishdan bormasdan, balki ko’p qirrali bo’lib, mahalliy madaniyat negizida va qo’shni qabilalarning ma’lum elementlari ishtirokida tarkib topgan. Miloddan avvalgi V minginchi yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyoda xo’jalik asosan ikki yo’nalishda rivojlandi. Bu yerda, Kopetdog’ etaklarida hamda ayrim boshqa tabiatan dehqonchilik uchun qulay rayonlarda bir guruh qabilalar toshqin suvlar asosida va sun’iy sug’orish yo’li bilan dehqonchilik qilishni o’rganib, o’troqlashib yashashga o’tadilar. Bu qabilalar ovchilik, baliqchilik, termachilikni dehqonchilik bilan qo’shib olib borgan, turli ozuqa o’simliklarini madaniylashtirgan, xo’jaligi tez yuksalib borgan. O’rta Osiyoda, asosan shimoliy dasht va cho’l territoriyalarida yashagan boshqa bir guruh qabilalar ovchilik, baliqchilik asosida tirikchilik qilganlar, ovchilik va baliqchilik bir necha ming yillar davomida ular xo’jaligining negizini tashkil etgan. Natijada mikrolit asbob-uskunalarning, jumla­dan, janubda dehqonchilikning vujudga kelishi tufay­li yo’qolib ketgan va yo’qolib borayotgan tosh qurollarining bu qabilalar turmushida uzoq zamonlar davo­mida saqlanib qolishiga sabab bo’ldi, oqibatda bunday qurollar shu ovchi va baliqchi qabilalarning tirikchi­lik manbai bo’lib qoldi hamda ularning hayotida termachilik ma’lum o’rin tutdi. O’rta Osiyo neolit davri bo’yicha maxsus kurs o’tilishini nazarda tutib, quyida bu hududda neolit madaniyatining yo’nalishini umumiy tarzda ko’rib chiqishni lozim topdik.

Arxeologiya fanining O’rta Osiyo neolit madaniyatini o’rganish sohasida erishgan yutuqlariga asosan bu hududda yashagan yangi tosh davri qabilalarini dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliqchilik xo’jaliklari asosida tirikchilik yuritgan aholi guruhlariga bo’lish mumkin.17

Shuni alohida qayd etish lozimki, Qadimgi Marg’iyona hududlarida tosh asri madaniyati, ayniqsa, paleolit davri hamon sust o’rganilgan. Turkmanistonning Kopetdog’ etaklarida neolit davri yodgorliklari ancha tuzuk o’rganilgan. Bevosita Marg’iyona hududlarida yakka-dukka tarzda tosh qurollari topilganligi ma’lum, ammo madaniy qatlamlar bilan bog’liq yodgorliklar hozircha topilib o’rganilganicha yo’q. Shu boisdan, Janubiy O’rta Osiyoning tosh davri Baqtriya manbalari asosida ko’rib chiqildi.

Xulosa tarzida shuni qayd etish lozimki, bu hududlarda sodir bo’lgan tosh asri madaniyati o’zga yurtlardan kirib kelgan emas, balki tub, mahalliy asosda rivojlangan bo’lib, bu hududlarda tashkil topgan mis-tosh va jez davri madaniyati joyli tosh asri jamoalarining keyingi vorislari edi. Bu masalalar ishimizning bundan keyingi satrlarida o’z ifodasini topgan.



    1. Download 359 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish