Њзбекистон Республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


I bob. Turkmanistonning tabiiy sharoiti va geografik joylashuvi



Download 359 Kb.
bet3/13
Sana28.04.2020
Hajmi359 Kb.
#47862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sherzod diplomi

I bob. Turkmanistonning tabiiy sharoiti va geografik joylashuvi.

Turkmaniston hududining aksariyat qismi takislikdan iborat bo’lib, qariyib 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum cho’li)da joylashgan. Faqat janubda tepaliklar va o’rtacha balandlikdagi tog’lar bor. Kaspiy dengizining Turkmanistonga qarashli janubiy qirg’oqlari kam parchalangan, shimolda Qorabo’g’ozgo’l, Krasnovodsk, turkman qo’ltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken yarim orollari va qum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli Turkmaniston janubida kopetdog’ tog’lari (eng baland cho’qqisi 2942 m – Rizo cho’qqisi), undan shimoli-g’arbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) tog’lari joylashgan. Janubi-sharqdagi bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) o’rtasidan Mug’rob daryosi oqib o’tadi. Chekka janubi-sharqda Hisor tizmasining Ko’hitang tarmog’i (balandligi 3139 m) bor. Turkmanistonning g’arbida Krasnovodsk platosi, shimoli-g’arbda Ustyurt platosining janubiy chekkasi, undan janubda esa Orqa O’zboy burmali rayonlari yotadi. Kaspiy bo’yi pasttekisligida Nebitdog’ (39 m), boyadog’ (134 m), Qumdog’, Manjuqli (27 m) va boshqa qirlar ko’tarilib turadi. Kopetdog’ tekisligidan shimol va shimoliy-sharqda Qoraqum cho’li, Amudaryo va Tajan daryolari oralig’ida Janubiy-Sharqiy Qoraqum cho’li jaylashgan. Turkmanistonning janubiy qismida tez-tez zilzila bolib turadi. Muhim qazilma boyliklari-neft va gaz; ko’mir, mirabalit, oltingugurt, qora va rangli metal, alyuminiy, simob, molibden konlari aniqlangan.

Iqlimi keskin kontinental, qurg’oqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq, qor kam yog’adi. Yanvarning o’rtacha harorati shimoli-sharqda-5º dan Atrek daryosi atrofida 4º gacha, ba’zi yillari Toshhovuz viloyatida absolyut minimal harorat -32º gacha. Iyulda shimoli-sharqda 28º, janubda 32º, absolyut maksimal harorat 49,9ºgacha yetadi. Turkmaniston hududining 80% ida doimiy oqar suv yo’q; janub va sharqiy hududlardagina daryolar bir. Eng katta va sersuv daryo – Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengacha brogan-900 km. ko’llarning aksariyati sho’r. chuchuk suvli Yasxan ko’li Nebitdog’ shimolini ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Tuproqlari – Ustyurt, Krasnovodsk, Orqa Unguz platorlarida sur-qo’ng’ir, tog’etaklari, tog; yonbag’irlarining quyi qismida, tog’ oldi tekisliklarida, tog’larning quyi mintaqasida bo’z tuproq, yuqoriroqda to’q bo’z, tog’ tepalarida tog’-qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum cho’lining aksariyatini qum egallagan; pastqam joylarda taqir, sho’rxok, daryo vodiylarida o’tloqli-bo’z va allyuvial-o’tloqli tuproqlar bor. Turkmaniston hududining taxminan 2% i sug’oriladi. Turkmaniston hududida Badxiz, Krasnovodsk, repetek va boshqa qo’riqxonalar joylashgan.6

Janubiy Turkmanistonning eneolit davri yodgorliklari geografik joylashuviga ko’ra turli – tumandir. Bizning tadqiqotimizdagi eng muhim manzilgohlar Geoksar vohasi, shuningdek, Hapuztepa va Seraxs ovuli, shu bilan birga Anov sharqiy Parfiya, Ariya madaniyatini o’z ichiga oladi. Yodgarliklarning katta qismi Tajan vodiysi va Kopetdog’ etaklarini birlashtiradi.

Shimoliy Kopetdog’ etagidagi tekislik M.K.Gerasimovning fikricha, sharqda Dushaq stansiyasi va Tajan daryosigacha yetadi, g’arbda kichik Balxanninhg janubiy qiyaliklariga to’g’ri keladi, shimolda esa Qoraqumning qadimiy rayonlari bilan chegaralanadi. Yuqorida berilgan hududlardagi tog’ etagi tekisliklarini Dushaq, Naurek-Chashma, Charlik, Archinyan-Su,Lain-Su, Kazganchay, Dorungyar, Bobodurmaz, Sherloq, Kelta-Chinar va Sharqiy Ashxabadning Qorasu tog’ daryolari sug’oradi. Bu daryolar yuqori qismi Eron hududida joylashgan. Bahorda qorlar erishi va yomg’irlar hisobiga daryolar to’ladi va katta hajmdagi sel oqimlarini hosil qiladi. Yozda esa bu daryolar deyarli butunlay quriydi.

Cho’l iqlimida joylashgan tog’ etaklaridagi tekisliklar keskin kontinental iqlimi, kunlik va yillik temperaturaning o’zgarishi, intensiv mexanik nurashni hosil qiladi. Shimoliy tog’ etaklari tekisliklari va qiyalari yog’ch beradigan o’simliklardan mahrum edi. Bir xil kul rang fondagi tekislikda kichik vohalar alohida yashil dog’lar bilan ajralib turadi. Masalan: Dushak vohasi, Kaaxkin vohasi va boshqalar. Faqat bahor faslida yomg’ir yog’ishi tufayli tog’ etagi tekisliklari qalin ko’m-ko’k o’tlar bilan qoplanadi.7

I.P.Gerasimov shuni ko’rsatib o’tadiki, Tajan daryosi Sharqiy Kopetdog’ etaklaridan oquvchi daryochalar, hozirgi Akmaza va Chaacha suvlari bilan qoshilib katta daryoni hosil qiladi. Meana-Chaacha qishloq maydoni o’zining turli davrga oid arxeologik yodgorliklari bilan ajralib turadi, ular orasida eng kattalaridan ikkitasi Janubiy Turlmanistonda joylashgan. Bular: Oltintepa va Ilginlitepa(ilk eneolit va so’nggi bronza davrigacha mavjud bo’lgan). Xuddi shu maydondan Chagilli va Chaqmoqli ovullari ham topilgan.

1960-1963-yillarda A.A.Marushenko, A.F.Ganyalin, O.K.Berdiyevlar tomonidan Chagilli va Chaqmoqli ovulining madaniyat qatlamlari o’rganilgan.8 Chaqmoqli ovulida 2,85 metrdan 5,1 metrgacha chuqurlikda madaniy qatlam ochilib o;rganilgan. Chagilli ovulining madaniy qatlami esa 5,8 metr chuqurlikni tashkil etadi. Oltintepada 1962-yili A.A.Marushenko va A.F.ganyalinlar tomonidan chuqurligi 6 metr bo’lgan transheya qo’yilgan.

Qadimgi odamlarning manzilgohlari daryo va soylarning qirg’oqlarida qurilgan, chunki manzilgoh oldidan o’tayotgan ariq yoki daryolar yerlarni sug’orish uchun juda qulay bo’lgan. Paleobotanik materiallarning ko’rsatishicha bu yerda keng to’qayzorlar bo’lgan, bu esa aholini qurilish va yoqilg’i xomashyosi bilan ta’minlagan. Kopetdog’ etagi tekisligi va Tajan deltasi oralig’ida maydon o’zining tabiiy shart-sharoiti va tarixiy gidrografik tarmog’ining rivojlanishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham V.A.Masson va V.I.Sarianidi Meana-Chacha va Geoksar vohasini umumiy tarixiy-arxeologik rivojlanishini e’tiborga olib to’laqonli to’g’ti birlashtirdi.

Kopetdog’ etagi maydoni paleografik jihatdan juda yomon o’rganilgan. Bunga sabab o’rganilayotgan maydonning tog’ etago burilishida joylashganligidir. Ayni mana shu uchun qidiruvimizning muhim ob’ekti bu Tajan daryosining o’ng sohilida joylashgan Geoksar vohasi hisoblanadi. Tajan daryosi Turkmanistonning boshqa uch daryosi kari Siax-Kux va Sefid-Kux tog’laridan boshlanadi. Uning umumiy uzunligi 850 kilometr bo’lib, 320 kilometri Turkmanistonga to’g’ri keladi va ikki katta vohani-Saraxs va Tajan vohalarini sug’oradi, 300 kilometri Herirud tog’ daryolariga xos, Afgo’nistondagi qismi Hirot vodiysini sug’oradi. Bu daryo Saraxs shahrida ikkiga ajraladi va Saraxs hamda Tajan deltalarini hosil qiladi. Yozda, yilning eng issiq faslida, daryo odatda quriydi va ko’l zanjirini hosil qiladi. N.V.Simonov Tajan suvining ishlatilishini hisoblab chiqdi: toshqinlar davrida (mart-aprel oylarida) 60-70 dan va hatto 300 m3/sekund, o’sish davrida esa 10-15 m3/sekund. Lekin bu ko’rsatkichlar hozirgilariga to’g’ri kelmaydi. Gerasimov belgilaganidek Tajan loyqalari och malla yoki kremniy rangli og’ir loydan iborat. Sidorenkoning ko’rsatishicha Tajan svitasi kulrang tezda almashadigan o’rtacha va katta qumliklardan , qumli tuproqdan, shimoliy qismi esa yupqa donasimon qumlardan va loydan hosil bo’lgan. Mineralogik tarkibiga ko’ra u Qoraqum va Qizilqum svitasiga yaqin, farqi rangi va har xil temir gidrooksidi darajasida. Grave esa qadimiy Tajan deltasidan Ashxabod shahri meridianigacha tarqalgan deb hisoblaydi. Feodrovich qadimiy yog’ingarchilik viloyatini janubda Saraxs shahridan cheklaydi, shimoyi-g’arbda chegaralari Esengal o’zanidan, shimolda Kopisal va Chatkel qudug’idan chegaralaydi. Bu yerdan u janubi-sharqqa Changil tepaligiga buriladi va murg’ob bilan deyarli bir-biriga tegib o’tadi va keyin janubga, O’rta Osiyo temir yo’li, Sho’rkalla, Uchkuyu, Niyozrabot quduqlariga boradi.9 Fedrovich hisobi bo’yicha maydonning sathi 22000-26000km2 , Tajan deltasining zichligi 140 m ga teng. Geoksar vohasiga suv o’tkazish tarixi III etapga bo’linadi Yalang’och fazasi, Geoksar I, Geoksar II, Geoksar III fazalaridir. Geoksar I va II fazalarining aniq vaqtini aniqlash unchalik imkonli emas. O’zani loyqa bilan to’lgan Geoksar II fazasi yoshroq bo’lganligi uchun Yalang’och fazasiga qiyoslab o’rganiladi. O’rganish qulay bo’lishi uchun Yalang’och va Geoksar I va II fazasidan olingan quyidagi indekslar keltiriladi.



-allyuvial o’zanli Yalangach.

-Yalangach-Geoksar fazasi.

-Geoksar I fazasining allyuvial o’zani.

-Geoksar II fazasining allyuvial o’zani.

Bu yerda 1960-yilda transheyalar bilan 6 xil o’lchamdagi o’zanlar ochilgan edi.

1-Transheya (uzunligi 19,3 m, chuqurligi 1,7 m) eng keng o’zanni kesib o’tadi. Qadimiy allyuvial linzasining kengligi 18,3 m, chuqurligi 1,2 m. Tarkibi:

1) Och malla, taqir qumli 3,5 smli yupqa qavat.



2) G’ovakli kulrang qumloq tuproq, ko’p sonli oq tuzlar, qalinligi 10-15 sm.

3) mustahkam malla rang qumoq tuproq, pastki qavati qoraroq 2 linza hosil qiladi. Qalinligi 30-35 sm.

4) changsimon zarralar aralashmasi bilan mustahkam qumoq tuproq, asosan qizg’ish-malla rangdagi sho’r qumli tuproqli joyda joylashgan. Maksimal zichligi 1,2 m. 55-75 sm chuqurlikda joylashgan.10

5) ko’rinar – ko’rinmas, yupqa qavatli och kulrang qum, ustki qavati qizg’ish-malla rang qum. 55-85 sm chuqurlikda, g’arbiy qismi ustki qavati qizg’ish-malla rang qumloq tuproq qalinligi 10-15 sm. Shu tarzda Geoksar I fazasining o’zan linzasini aniq qilib belgilash mumkin.

2-Transheya. 1-Transheyadan 700 metr uzoqlikda joylashgan. Uzunligi 8,6 metr, chuqurligi 2,3 metr.

1) taqir qumloq tuproqli, allyuvial kulrang yer, qalinligi 3,5 sm.

2) Mayda kesakli qumoq tuproq, kulrang, sho’rxok. Qalinligi 10-12 sm.



3) turli rangdagi, ba’zi joyda qizg’ish-malla sho’r, og’ir qumloq tuproq. Qumoq tuproq o’zanli linzani to’ldiradi, chuqurligi 1,55 m.

4) yupqa kulrang-sariq, ko’p sonli qumli qatlam. Qalinligi 2-3 sm.

3-Transheyaning o’zani 250 m. 2-Transheyadan sharqda joylashgan, uzunligi 3,8 m, chuqurligi 2,7 m. O’zanli linzaning yarmi ochilgan, kengligi 9 metr , chuqulrligi 1,85 m.

1) Taqir qumli, mustahkam,qatlamli kulrang yer qalinligi 3,5 sm.11

2) kesakli mustahkam qumloq tuproq, kulrang sho’r yer. Qalinligi 10-12 sm.



3) mayda qumli, sezilar-sezilmas qumli yupqa tuproqli qatlam, ozroq tuzli kulrang yerli. Qalinligi 60 sm.

4) mustahkam, og’ir qumoq tuproq, yupqa qatlamli qizg’ish-qo’ng’ir qum, qalinligi 40 sm.

5) mayda donli mustahkam kulrang yer. Qalinligi 10 sm.

6) qariyib qora mustahkam tuproq 6 sm.

7) mayda zarrali qumli yupqa qatlamli tuproq. Kulrang –yashil qum. Qalinligi 16 sm.

8) mustahkam qumli tuproq, ozroq tuzli qizil-qo’ng’ir mayday donli kulrang qum. Qalinligi 68 sm.

9) mayday donli, mustahkam yupqa qatlamli, kulrang qumli qatlam. Qalinligi 40 sm.

4-Transheya. 2 va 3 transheyalar hamda Geoksar I va II fazalari oralig’ida joylashgan. Uzunligi 6 m, chuqurligi 1,6 m.



1) Mustahkam taqir yer, g’alvirakli kulrang yer. Qalinligi 5 sm.

2) mustahkam chang zarrali, qizg’ish-qo’ng’ir qumloq tuproq. Linzani 1,75 m uzunlik va 35 sm chuqurlik bilan to’ldiradi.

3) yupqa qatlamli, mayda donli qizg’ish – qora qumloq tuproq. Chuqurligi 30 sm.

4) mustahkam qizil-qo’ng’ir qumoq tuproq 5-10 sm qalinlikda, 70 sm chuqurlikda joylashgan.

5) mustahkam qatlamli og’ir qizg’ish-malla tuproq/ qalinligi 10 sm.

6) mayda donli, kvartsli yupqa qatlamli, bir xil rangli sarg’ish – kulrang. Qalinligi 60 sm. Geoksar I fazasining uzunligi 4 metr, chuqurligi 80 sm. Bu qatlam sho’ tuproqli qumlardan iborat. Geoksar II fazasining linzasi yupqa bir xil tuproq bilan to’dirilgan.

5- Transheya. (uzunligi 12,3 metr, chuqurligi 2,4 metr) 4-Transheyadan 20 metr g’arbroqda joylashgan. Bir vaqtning o’zida Geoksar II fazasining 2-o’zanini kesib o’tadi. 1,6 metr chuqurlikda, 10-12 sm li zich qumoq tuproq. Ikkinchi qatlam xuddi shunday zich qumoq tuproq, qalinligi 1-2 sm bo’lib 1,3 sm chuqurlikdan o’tadi. 65 sm chuqurlikda yanada zichroq 15 sm li qatlamni tashkil qiladi.12

1962 – yilda Geoksar I fazasida 6- Transheya ochildi. Uzunligi 14 metr, chuqurligi 3,5 metr. Qadimiy allyuvial linzasi 13,8 metr kenglikda, 13,8 metr chuqurlikda, markaziy qismida 2,85 metr joylashgan.

1) mustahkam changli taqir yer, kulrang yerli. Qalinligi 5 sm.



2) mustahkam qumoq tuproq, kulrang tuzli qatlam. Qalinligi 10 sm.

3) mustahkam tuproqli, mexanik tarkibli malla rang tuzli qatlam. Qalinligi 2,4 metr.

4) mayday donli, kvartsli sarg’ish yer rangli qum. Qalinligi 45 sm.



5) mayda donli juda mayday donli, sariq rangli yer rangli qum. Qalinligi 15 sm.

7-Transheya Mullalitepa qishlog’ining g’arbiy qismini kesib o’tgan o’zanda joylashgan. Transheyaning uzunligi 5 metr, chuqurligi 0,8 metr.

1) Qumoq tuproqli taqir yer, kulrang yerli mustahkam qatlam. Qalinligi 3 sm.

2) kulrang o’rtacha tuzlangan qumoq tuproq. Qalinligi 12 sm.



3) turli rangdagi mustahkam og’ir, sho’rxok tuproq. Uzunligi 4,7 m, chuqurligi 40 sm.

4) mayda donli kvartsli kulrang yupqa qumli qatlam, ost qismi qizg’ish – malla rangda. Qalinligi 40 sm.

Bu linzada boshqa Geoksar II fazasi linzasi o’zanidan ochilgan transheya 1,3,4,5 dan farqlanmaydi.13

Qadimiy Geoksar vohasining gidrografik tarmog’i va qadimiy delta tekisligi ajralmasidagi aholi dehqonchilik uchun sug’orishda liman uslubidan foydalangan. Bukinichning takidlashicha aynan yuqorida aytib o’tilgan liman usulidan Kopetdog’ tog’oldi zonasida yashovchi qadimgi dehqonlar foydalanishgan. Bu sug’orish tizimlari tarmoqlari 1962-1963-yillarda tekshirilgan.

Shu tariqa Janubiy Turkamanistonda dehqonchilikning vujudga kelishi va rivojlanishini o’rganar ekanmiz yuqoridagi Geoksar yodgorligi muhim topilmadir.




Download 359 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish