Hisobotga talablar
Hisobot quyidagilardan tashkil topishi kerak:
1. Qo’llaniladigan sinash uslublarini vektor diagrammalar yordamida tushuntirish.
2. Elektrodlarning namuna bilan keltirilgan chizmasi.
3. Olingan natijalarni jadvalda keltirish.
4. Dielektriklar haqida yozma ravishda ma'lumot keltirish.
Sinov savollari
1. tgδ nima?
2. ε nima?
3. Parallel chizma uchun vektor diagrammani tushuntiring
4. Ketma-ket chizma uchun vektor diagrammani tushuntiring
5. Dielektriklarda energiya isrofi nima hisobiga hosil bo’ladi?
6. Dielektriklar haqida so’zlab bering
7. Nima uchun har xil dielektriklar uchun farqlanadi
3 - tajriba ishi
Transformator moyining elektr mustahkamligini aniqlash
Elektr texnikaga oid konstruktsiya va uskunalarni ishlatishda suyuq dielektriklar katta rol o’ynaydi. Neft mahsulotlaridan olinadigan transformator moyi elektr texnikada eng ko’p ishlatiladigan suyuq dielektriklardan hisoblanib, u quvvatli transformatorlarda, asosan, elektr izolyatsiya va sovitgich vazifasini bajaradi. Transformatorga transformator moyi quyilganda, simlariga qoplangan izolyatsiya qoplamasidagi havo bo’shliqlari moy bilan to’ladi. Buning natijasida transformatorning elektr izolyatsiya mustahkamligi ortib, elektr kuchlanishi ta'siridagi chulg’amlardan va po’lat o’zakdan ajralayotgan issiqlik tashqi muhitga moy orqali yaxshi tarqaladi.
Transformator moyi yuqori kuchlanishli uzgichlarda elektr yoy razryadini so’ndirishi bilan birga, yoy kanalini keskin sovitish qobiliyatiga ega.Transformator moyidan reaktor, reostat, kontaktor, kabel va boshqa elektr apparatlarda foydalaniladi.
Elektr uskunalarda ishlatilayotgan transformator moyiga kuchli elektr maydoni, issiqlik, kislorod va oksidlovchi moddalar ta'sir etish natijasida uning eskirishi kuzatiladi.
Odatda, transformator moyi tarkibida doimiy qo’shimchalar sifatida gaz, suv va qattiq jism zarralari bo’ladi. Bunday qo’shimchalar suyuqlikning elektr mustahkamligiga salbiy ta'sir etib, elektr mustahkamlik Et qiymatini keskin pasaytiradi. Elektr maydonida suyuqlikdagi begona zarralar maydon chiziqlari bo’ylab elektrodlar orasida zanjir ko’rinishidagi bo’sh joylarni hosil qiladi. Agar suyuqlik tarkibida gaz pufakchalari bo’lsa, teshilish ana shu pufakchalardan boshlanib, suyuqlikda tugaydi. Transformator moyining tarkibidagi oz miqdordagi suv uning elektr mustahkamligini keskin pasaytiradi. Moydagi suv shar shakliga ega bo’ladi, kuchli maydon ta'sirida ushbu suv tomchilari ega bo’ladi, kuchli maydon ta’sirida ushbu suv tomchilari qutblanish natijasida ellips shakliga o’tadi. Bunda elektrodlar orasida vujudga kelgan o’ta o’tkazuvchan kanal orqali teshilish ro’y beradi.
Suyuq dielektriklarni elektr mustahkamligi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
Bunda, UT - teshilish kuchlanishi, kV
h - elektrodlar orasidagi masofa, mm
Suyuq dielektrik tarkibidagi qo’shimcha zarrachalar uning elektr mustahkamligiga ta'sir etib, buni bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan elektr maydon ta'sirida kuzatish mumkin. Agarda dielektrik tarkibida qo’shimchalar bo’lmasa, bir jinsli maydon ta'sirida elektr mustahkamlik bir jinsli bo’lmagan maydondagidan yuqori bo’ladi. Suyuq dielektriklar tarkibida qo’shimcha zarrachalar bo’lsa, uning elektr mustahkamligi bir jinsli maydon ta'sirida kichik bo’lib, bunday maydonda esa bu qiymat o’zgarmaydi. Elektr mustahkamlik qiymati kichik masofalarda yaxshi ko’rinadi. Elektr mustahkamligini yassi-yassi yoki yarim shar shaklidagi elektrodlar yordamida aniqlash suyuq dielektriklarga to’g’ri baho berishni ta'minlaydi. Suyuqlik tarkibidagi qo’shimchalarni aniqlash imkonini beradi. Igna-igna va igna-yassi yoki kichik diametrdagi sfera shaklidagi elektrodlar bir jinsli bo’lmagan kuch chiziqlarni hosil qiladi. Buning natijasida olingan qiymatlar yuqori bo’ladi. Quyidagi zanjir yordamida bu tajribani amalga oshiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |