Nazorat savollari
1. Dielektrikning teshilishi.
2. Suyuq dielektriklarning teshilishi.
Adabiyotlar
1. T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009.
2. Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 6-боб, 2- бўлим, 60-65 бет.
8-Ma’ruza.
Dielektriklarning teshilishi
Reja:
1. Asosiy tushunchalar
2. Gazlarning teshilishi.
Asosiy tushunchalar
Dielektrikka berilgan kuchlanish qiymati oshira borilganda tok oqimi yuksalib, elektr energiyasining isrofi ko’payadi. Elektr izolyatsiyasi cheklanmagan qiymatdagi o’ta yuqori elektr kuchlanishiga bardosh bera olmaydi. Kuchlanish qiymati ko’tarila borishi natijasida dielektrikda teshilish sodir bo’ladi. Bunda dielektrikda tok oqimi keskin ortadi. Teshilish paytida dielektrikda sodir bo’ladigan o’ta o’tkazuvchan kanal elektrodlarning qisqa tutashuviga olib keladi. Teshilish sodir bo’lgan joyda chaqnash yoki elektr yoyi yuzaga kelib, dielektrikning teshilgan qismida erish, kuyish, yorilish va hokazolarni kuzatish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, elektr maydonida joylashgan dielektrik o’z izolyatsion xususiyatini elektr maydoni kuchlanganligining ma’lum qiymatida yo’qotadi. Dielektrik hajmining aniq bir qismida keskin o’zgarish ro’y berishi oqibatida elektrodlar orasida dielektrik orqali katta tok o’tib, qisqa tutashuv hodisasi ro’y beradi. Dielektrikning teshilish lahzasidagi kuchlanish teshilish kuchlanishi (Ut) deyiladi. Elektr maydonning shu lahzaga mos keluvchi qiymati esa dielektrikning elektr mustahkamligi deyiladi. Dielektrikning elektr mustahkamligi teshilish kuchlanishining dielektrikning teshilish joyidagi qalinligi (h) ga nisbati bilan aniqlanadi.
Dielektrikning elektr mustahkamligi SN ga asosan MV/m larda o’lchanadi.
1 MV/m = 103 kV/mm =106 V/m
Agar dielektrikda , r, tg qiymatlari qanoatli darajada bo’lmasa, materialni ishlatsa bo’ladi, lekin E qiymati qanoatli darajada bo’lmasa, bunday dielektriklarni umuman ishlatib bo’lmaydi. Teshilish natijasida dielektrikdan katta tok o’tib, elektr texnika uskunasi ishdan chiqadi. Quvvatli generator, transformator va kabellarda izolyatsiya teshilish energetik tizim uchun jiddiy falokat hisoblanadi. Shuning uchun ham, teshilish nima sababdan kelib chiqishi, izolyatsiya kuchlanishning qanday qiymatini ushlay olishini bilish juda zarurdir.
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 8-9 боб, 2- бўлим, 65-168,201 бет.
Do'stlaringiz bilan baham: |