Gazsimon, suyuq va qattiq dielektriklardagi isroflar.
Gazlarda dielektrik isrof asosan elektr o’tkazuvchanlik hisobiga sodir bo’ladi. Gazlarning elektr o’tkazuvchanligi juda kichik bolganligi uchun ularda tgd qiymati ham kichik bo’ladi. Gazlarning solishtirma hajmiy qarshiligi taxminan 1016 Om×m, dielektrik singdiruvchanligi er» 1, tgd»4 10-8ga teng. Elektr maydon kuchlanishi (U) gaz molekulalarining ionlanish kuchlanishi (U) qiymatidan past bo’lganda dielektrik isrofi deyarli sodir
bo’lmaydi va bu holda gazni ideal dielektrik deb qaraladi. Kuchlanish o’zining kritik qiymati (Uk)dan o’tganda gaz molekulalarida ionlanish boshlanadi va gazda dielektrik isrof (tgd» 10-5) orta boradi. Kuchlanishning Ut qiymatida gazda teshilish ro’y beradi. tgd = f(U) xarakteristikasi gazning ionlashish egri chizig’i deb ataladi.
Qattiq dielektrik bo’shliqlarida gazning ionlashish jarayoni ro’y berib, havoning ionlashishi oqibatida esa, ozon va azot oksidi hosil bo’lib, dielektrikning yemirilishiga sabab bo’ladi.
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 6-боб, 2- бўлим, 60-65 бет.
Qutbsiz suyuqliklar (kondensator moylari) da dielektrik isrof elektr o’tkazuvchanlik tufayli sodir bo’ladi. Qutbli suyuqliklarda esa bu isrof elektr o’tkazuvchanlikdan tashqari, dipol-relaksatsiya qutblanishi hisobiga sodir bo’ladi. Bunday suyuqlikning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 10-10¾10-11 sm/m bo’ladi. Suyuqliklardagi dielektrik isrof qiymati ularning qovushqoqligiga ham bog’liqdir. O’zgaruvchan kuchlanish ta’siridagi qutbli qovushqoq suyuqlikning dipolli molekulalari elektr maydon o’zgarishi tufayli qovushqoq muhitda buriladi va bunda elektr energiyasining bir qismi ishqalanishga sarflanib, issiqlik ajralib chiqadi. Suyuqlik nisbatan quyuq bo’lsa, molekulalar elektr maydon ta’sirida o’z holatini o’zgartirishga ulgurmaydi. Bu holda dielektrik isrof juda kam bo’ladi. Xuddi shunday holat suyuqlik juda suyuq bo’lganida ham kuzatiladi, bunda molekulalar maydon ta’sirida o’z o’rnini deyarli ishqalanishsiz o’zgartiradi. Suyuqlik o’rtacha qovushqoqlikka ega bo’lganida undagi dielektrik isrof ancha yuqori bo’ladi va uning ma’lum bir qiymatida maksimumga erishadi.
O’tkazuvchanlik hisobiga sodir bo’ladigan dielektrik isroflar tok kvadratiga to’g’ri proporsional bo’lgani uchun tgd qiymati avvaliga sekin, so’ngra keskin ortadi. Dipol qutblanish hisobiga ro’y beradigan dielektrik isroflarda tgd qiymati haroratga nisbatan yuqori nuqtadan o’tib, so’ngra pasayadi. Harorat past bo’lganida suyuqlikning qovushqoqlik darajasi yuqori,
dipollar esa deyarli harakatsiz bo’lgani sababli, unda elektr isrofi deyarli kuzatilmaydi. Aksincha, yuqori haroratda suyuqlikning qovushqoqligi keskin kamayishi sababli, dipollar maydon uzra oson (ishqalanishsiz) buriladi, natijada energiya isrofi kam bo’ladi. Agar suyuq dielektrikdagi bir yo’la ikki turli sabab - o’tkazuvchanlik va qutblanish tufayli sodir bo’lsa, tgd = f (t) xarakteristika ilgarigi ikki xarakteristika yig’indisidan iborat bo’ladi. Barcha xollarda xam xarorat ortishi oqibatida jism o’tkazuvchanligi ortadi va natijada tgd qiymati ko’payadi.
Dielektrikka ta’sir etuvchi namlik tgd qiymatning o’sishiga olib keladi. Agar suyuq dielektrikdagi isroflar faqat elektr o’tkazuvchanlik tufayli sodir bo’lsa, chastota ortishi bilan tgd qiymati kamayadi. Bunda dielektirikda ichki o’tkazuvchanlikdan kelib chiqqan tokning aktiv qiymati chastotaga proporsional ravishda o’sadi. Shu sababli aktiv tok reaktiv tokka nisbatan chastota ortishi bilan kamayadi. Dielektrik isroflar dipol qutblanish sababli ro’y berganida chastota ortishi bilan tgd o’zining yuqori qiymatiga erishadi. Past chastotalarda dipol burilish tezligi kichik bo’ladi, bunda ishqalanish sust o’tadi va dielektrikdagi isrof kamayadi. Yuqori chastotada esa dipol elektr maydonida burilishga ulgura olmaydi. Oraliq chastotalarda esa tgd qiymati o’zining yuqori qiymatiga erishadi. Jismdagi dielektrik isrof o’tkazuvchanlik va qutblanish tufayli sodir bo’ladi. Past chastotalarda dipol relaksatsiya isrofi elektr
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 6-боб, 2- бўлим, 60-65 бет.
o’tkazuvchanlikdagi isrofga nisbatan kam bo’ladi. Masalan, qutbsiz transformator moyida tgd = 0,001; qutbli kanakunjut moyida esa tgd = 0,02 bo’ladi.
Qattiq dielektriklarning dielektr isrofi material tuzilishiga bog’liqdir. Shu sababli, ular yuqorida keltirilgan 4 turkumga bo’lib o’rganiladi. Molekulalar tuzilishga ega dielektriklardagi isroflar molekula shakliga uzviy bog’liqdir. Qutbsiz dielektriklar (serezin, polietilen, polistirol,
politetraftoretilen va hokazo)dagi dielektrik isroflar juda kamdir. Tuzilish jihatidan qutbli bo’lgan dielektriklar (sellyuloza, poliamid, poliuretan, bakelit va hokazo) dipol-relaksatsiya qutblanishga ega bo’lib, ulardagi dielektrik isroflar qiymati kattadir. Ion strukturadagi qattiq jismdagi dielektrik isroflar ionlarning panjarada joylashish holati bilan bog’liq: ionlari zich joylashgan dielektriklardagi dielektrik isrof kam bo’ladi. Ionlari zich joylashmagan kristall strukturali jismlarda relaksatsiya qutblanishi kuzatilib, dielektr isrof qiymati katta bo’ladi. Bularga mullit, kondierit, sirkin va boshqa materiallarni misol tariqasida keltirish mumkin. Harorat ortishi bilan elektrotexnik chinnida ionlar ko’payadi va tgd qiymati eksponensial qonun bo’yicha o’sib boradi. Ion strukturali amorf jism (organik shisha) larda dielektrik isroflar elektr o’tkazuvchanlik va qutblanish hisobiga ro’y beradi. Tarkibi bir jismli bo’lmagan shishaning solishtirma qarshiligi o’sishi natijasida tgd qiymati pasayadi. Ularda harorat oshirib borilsa, tgd qiymati ham keskin ortadi. Shisha tarkibida ishqor oksidlari (Na2O;K2O) bo’lsa, undagi dielektrik isroflar bir muncha ko’payadi.
Segnetoelektriklardagi dielektr isroflar oddiy dielektriklarga nisbatan yuqori bo’ladi. Bunga asosiy sabab uning o’z-o’zidan qutblanishidir. Segnetoelektriklardagi elektrik isroflar haroratga nisbatan kam o’zgaradi, qutblanish Kyuri nuqtasidagina, qutblanish susayishi natijasida, keskin pasayib ketadi.
Tuzilishi bir jinsli bo’lmagan qattiq jismlarga tarkibidagi komponentlar soni kamida ikkita bo’lgan sopol kiradi. Sopoldagi dielektrik isroflar uning tarkibidagi kristalli va shishasimon faza miqdorining o’zaro nisbatiga bog’liq bo’ladi, turli begona qo’shimchalar sopoldagi dielektrik isroflarni oshiradi.
Qattiq va suyuq holatdagi ba’zi dielektriklar (slyuda va ayrim turdagi chinnilar) uchun tgd ning kichik qiymati 10-4 ga yaqin bo’ladi.
Bunday materiallar yuqori chastota va yuqori kuchlanish ta’siri ostida bo’ladigan elektr va radio uskunalarida ishlatiladi.
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 6-боб, 2- бўлим, 60-65 бет.
Do'stlaringiz bilan baham: |