q = q0 + qD , (1.10)
Kondensatorning sig’imi va dielektrik qiymatini aniqlaydigan ifoda dielektrik sing’diruvchanlikdir. (1.10) ifoda yordamida nisbiy dielektrik singdiruvchanlik er aniqlanadi:
(1.11)
Odatda, nisbiy dielektrik singdiruvchanlik jumlasidagi nisbiy so’zi tushirib qoldiriladi va er dielektrik singdiruvchanlik deb yuritiladi.
Elektr maydonida joylashgan dielektrikning sifatida uning qutblanish mobaynida aniqlanadigan dielektrik singdiruvchanligi qiymati bilan ifodalanadi. Dielektrik qutblanish xususiyatining qiziq tomoni, uning sig’im qiymatini ifodalashdadir. Agar vakuumli kondensator qoplamalariga kuchlanish bersak, u zaryadlanadi. Bu zaryad qiymati kuchlanish birligiga, kondensator o’lchamiga, qoplama yuzi va ular orasidagi masofaga bog’liq bo’ladi. Kondensator sig’imi C0 ifodasi yordamida aniqlanadi.
Kondensator qoplamalari o’rnini o’zgartirmagan holda vakuumni dielektrik bilan almashtirilsa, dielektrikda qutblanish sodir bo’ladi. Qoplama yuzasiga yaqin joyda unga qarama-qarshi ishorali zaryad paydo bo’ladi va natijada qoplamadagi ma’lum miqdordagi zaryadni neytrallaydi. Buning hisobiga qoplamalardagi zaryad miqdori ma’lum qiymat [Δ] da ko’payishi mumkin, natijada kondensator sig’imi quyidagicha ifodalanadi:
Bu sig’imlarning bir–biriga nisbati C/C0= er materialning dielektrik singdiruvchanligini bildiradi.
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 1-3 БОБ, 1- бўлим, 3-13,79-81 бет
Kondensatorning sig’imi dielektrikning materialiga, metall qoplamalarining geometrik o’lchami va ularning shakllariga bog’liqdir. Ixtiyoriy shakl va o’lchamga ega elektrodlarni vakuumda joylashtirsak, C0 sig’imli kondensator hosil bo’ladi. Elektrodlar orasiga dielektrik kiritsak, u holda kondensator sig’mi ortadi:
C=er∙C0.
Demak, berilgan shakl va geometrik o’lchamga ega bo’lgan kondensatorning sig’imi dielektrikning er qiymatiga to’g’ri proporsionaldir.
Qoplama yuzalari S va dielektrikning qalinligi h ga teng bo’lgan yassi kondensator sig’imi quyidagicha aniqlanadi:
(1.12)
Agar kondensator silindrik shaklli (qoplama radiuslari r1, r2, uzunligi l) bo’lsa, u holda:
(1.13)
Bir-biriga parallel joylashgan sim, kabel va hokazolarda solishtirma sig’im (c) dan foydalaniladi:
Kuchlanish U, sig’imi C ga teng bo’lgan kondensatorlardan elektr maydon energiyasi:
J (1.14)
yoki quvvatning hajm birligidagi qiymati:
J/m3 (1.15)
Agar dielektrikning er qiymati qancha katta bo’lsa, undan yasalgan kondensator sig’imi shuncha yuqori bo’ladi. Shu sababli, kondensator ishlab chiqarishda er qiymati yuqori bo’lgan dielektrik olish maqsadga muvofiqdir. Sig’imi kam bo’lishi uchun, yuqori kuchlanishli va yuqori to’lqinli kabel izolyatsiya materialining er qiymati kichik qilib olinadi.
Dielektrik singdiruvchanlikning eng kichik qiymati vakuum uchun tegishli bo’lib, unda er=1 bo’ladi. Dielektriklar (gaz, suyuq, qattiq agregat holatidagi) ichida eng kichik dielektrik
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 1-3 БОБ, 1- бўлим, 3-13,79-81 бет
singdiruvchanlik (er) gazlarda bo’lib, uning qiymati odatdagi sharoit (muhit harorati 20°Ñ, havo bosimi 760 mm. sim. ust., havoning nisbiy namligi 65%) uchun er qiymati birdan yuqoridir. Dielektriklar, asosan, qutbli va qutbsiz turlarga bo’linadi. Istalgan moddaning molekulalari zarrachalardan (atom yoki guruhlari, ionlardan) iborat bo’lib, ularning har biri musbat yoki manfiy elektr zaryadiga egadir. Bu zaryadlar orasidagi o’zaro tortishish kuchi jismning mexanik mustahkamligini ifodalaydi. Turli xil moddalarning molekulalaridagi zaryadlarning fazoviy joylashuvi har xil bo’lishi mumkin. Agar molekulalarning barcha musbat yoki manfiy zaryadlarini bitta umumiy manfiy va bitta umumiy musbat zaryad bilan almashtirsak, mos ravishda musbat va manfiy zaryadlarining og’irlik markazlarida joylashgan mazkur zaryadlar fazoda bir-biriga mos tushishi yoki mos tushmasligi mumkin. Fazoviy bir-biriga mos tushgan zaryadlar qutbsiz molekulaga ega bo’lgani sababli, bunday molekulalardan tashkil topgan jismlar qutbsiz jismlar deyiladi. Ikkinchi holda molekula tashqi elektr maydoni ta’sir etmagan holatda ham o’z elektr momenti noldan farqli bo’lib, dipol hosil qilgani sababli, molekula qutbli hisoblanadi va ular asosida tashkil topgan jismlar qutbli jismlar deb ataladi.
Molekulaning elektr momenti quyidagicha aniqlanadi:
Kl∙m (1.16)
bunda q-molekulaning jami musbat (yoki unga son jihatdan teng bo’lgan jami manfiy) elektr zaryadi, Kl; l - dipol yelkasi, m.
Qutbli molekulaning elektr momenti 10-30 Kl∙m atrofida, qutbsiz molekulaniki esa l=0 bo’lgani sababli m=0 bo’ladi.
Jismning elektr xossasidan qat’iy nazar, uning qutbliligi molekulaning kimyoviy tuzilishi orqali aniqlanadi. Simmetriya markazi bo’lganda, simmetrik ravishda joylashgan molekulalar qutbli bo’ladi. Bir atomli molekulalar (He, Ne, Kr, Xe) va ikki atomli gomeoqutbli bog’lanishli (H2 , Cl2 va hokazo) molekulalar qutbsizdir. Ion bog’lanishli molekulalar qutbli boglanishlar qatoriga kiradi uglevodorodli moddalari esa qutbsizdir. Masalan, qutbsiz bog’lanishli moddalarga parafin, serezin, polipropilen, poliizobutilen,
polistirol, eskapon, neftli izolyatsiya moyi va hokazolar, qutblilariga esa polivinilflorid, sellyuloza va uning mahsulotlari fenolformaldegid va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |