8.Moliyaviy hisobotlar bilan tanishish
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda eng muhim masalalaridan biri bu hisob xizmatini, jumladan moliyaviy natijalar hisobini to’g’ri yo’lga qoyishdan iboratdir. Shuningdek, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida ham quydagi jihatlar harakterlangan ya’ni ushbu qonun belgilovi bo’yicha korxonada hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini, tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini, hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilishini tashkil etish va yuritish masuliyati bevosita korxona raxbariga va bosh buxgalterga yuklatiladi.
Moliyaviy natijalar bu xo’jalik yurituvchi subektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o’ziga qarashli mablag’ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yo’li bilan aniqlanadi.
Korxona moliyaviy jihatdan barqaror bo’lishi ularning faoliyati davomida olgan foydasining to’g’ri shakillantirilishi bilan bog’liq, chunki korxonalar foydasi shuyirda ishlovchilarning moddiy taminlanishi, divedentlar to’lanishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishning hamda ishlab chiqarishda fan va texnika yutuqlaridan va inovatsion texnalogiyalarni joriy qilish kabilarning asosiy moddiy manbayi hisoblanadi.
Agarda tushum xarajatlardan yuqori bo’lsa, moliyaviy natija foyda olinganligidan dalolat beradi. Xo’jalik yurituvchi subektlar doimiy foyda olishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yadi, lekin bunga doyim ham erishavermaydi. Tushum xarajatlarga teng bo’lsa, unda faqat maxsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qoplangan bo’ladi xolos bu holat mahsulot ishlab chiqarishning kiretik hajmi diyiladi. Bunda zarar ko’rilmaydi, lekin ishlab chiqarish, ilmiy texnik va ijtimoiy rivojlanish manbayi bo’lgan foyda olinmaydi, faqatgina xarajatlar qoplanadi holos. Korxonaning xarajatlari tushumidan ko’p bo’lgan taqdirda u zarar ko’radi ya’ni salbiy moliyaviy natijaga ega boladi. Bu holat korxonani ancha murakkab holatlarga solib qo’yadi.
O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 15 fevraldagi 54- son Qarori bilan tasdiqlangan “mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarning tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakillantirish tartibi to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq xo’jalik yurituvchi subektlarning faoliyatining moliyaviy natijalari haqida to’xtalib o’tilgan. Ushbu Nizomda xo’jalik yurituvchi subektlarni operatsion faoliyatidan olingan daromadlar, moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlar hamda boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlarini moliyaviy natijalarda aks ettirish tariblar aytib o’tilgan.
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti №3-son BHMS “Moliyaviynatijalar to’g’risidagi hisobot” deb nomlanib unda moliyavi natijalar to’g’risidagi hisobotning qanday tuzilishi va qanday rasmelashtirilishi haqida kengaytirib malumot berilgan. “Ushbu BHMS mulk shaklidan qatiy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subektlar tomonidan moliyaviy natijalar to’g’risida hisobotni tayyorlash chog’ida qo’llaniladi.
Tovarlar bozorida korxonalar nisbatan alohida Tovar ishlab chiqarishi bo’lib maydonga chiqadilar. Sotish natijasida ular pul tushumini oladilar, bu esa dromadni bildiradi. Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajat bilan taqqoslash kerak.
Moliyaviy natijalar hisobotining ko’rsatkichlar tizimi uning daromadlari, foydasi va rentabilligi bilan bog’liq ko’rsatkichlardir. Bular quydagi 9-rasmda ko’rishingiz mumkin:
Ushbu guruhlarda keltirilgan moliyaviy natijalarni ifodalovchi muhim ko’rsatkichlarni aniqlash usulini quydagi (2-jadval)da ko’rishimiz mumkin:
Moliyaviy natija nomi
|
Kelib chiqishi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |