Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Тошкент давлат иктисодиёт университети



Download 0,53 Mb.
bet2/10
Sana16.02.2023
Hajmi0,53 Mb.
#911668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bobur amaliyot 4 kurs xalq banki

Xalq banki missiyasi – bank faoliyatining mazmuni va ma'nosini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarishdagi, shuningdek, xalq farovonligiga umuman iqtisodiyotning o'sishini ta'minlashdagi o'rnini
mustahkamlashga xizmat qiladi.
1-Mavzu: Tijorat bankining nizomi, ustav kapitali miqdori va uning tasischilar tarkibi.
Mazkur Nizom Oʼzbekiston Respublikasining “Аktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Аktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni hamda “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʼgʼrisida”gi Nizom va Oʼzbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalq bankining Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvining (keyingi oʼrinlarda matnda - “Bank Boshqaruvi” deb yuritiladi) maqomini belgilaydi va uning ishini, aʼzolarini tayinlash tartibini, shuningdek boshqaruv aʼzosining huquq va majburiyatlarini tartibga soladi. Bankning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish kollegial ijro etuvchi organ – Rais rahbarligida ishlaydigan Bank Boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Bank Boshqaruvi raisi kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadi va Umumiy yigʼilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Boshqaruvraisining oʼrinbosarlari Boshqaruv raisining taqdimnomasiga koʼra Kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi.Boshqaruv Raisi va uning oʼrinbosarlariga koʼrsatilayotgan nomzodlar Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning tegishli oʼrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgandan soʼng belgilangan tartibda tayinlanadi. Markaziy bank bank Boshqaruvi aʼzoligiga va hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar koʼrsatilayotgan nomzodlarni ularning lavozimga kirishishidan oldin kelishib oladi. Аgar muhim ahamiyatga ega xodimlarni obʼektiv sabablarga koʼra oldindan kelishib olishning imkoni boʼlmasa, bank keyinchalik rozilik olish uchun soʼrovnoma yuboradi. Bank Boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnomasini bank nomidan Kuzatuv kengashi raisi imzolaydi yoki Kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs imzolaydi. Bank boshqaruvi raisining oʼrinbosarlari, Bank Boshqaruvi aʼzolari va bank bosh buxgalteri bilan mehnat shartnomalarini Bank boshqaruvi raisi imzolaydi. Bank boshqaruvi aʼzoligiga nomzodlarni koʼrib chiqish va tasdiqlash Kuzatuv kengashi tomonidan har bir nomzod boʼyicha alohida amalga oshiriladi, shuningdek belgilangan tartibda chet ellik menedjerlar ham ishtirok etishi mumkin boʼlgan tanlovi boʼyicha saralash asosida Bank Boshqaruvi aʼzoligiga nomzod sifatida kiritilishi mumkin. Bankning umumiy yigʼilishi tomonidan tayinlanadigan boshqaruvi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, kuzatuv kengashining qarori bilan tayinlangan shaxs uning vazifalarini aktsiyadorlarning navbatdagi umumiy yigʼilishigacha boʼlgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yoʼl qoʼyiladi.
Bank Boshqaruvi tarkibiga: - Bank Boshqaruvi raisi, Boshqaruv raisining birinchi oʼrinbosari, Boshqaruv raisi oʼrinbosarlari, bosh buxgalter, yurist;
- kompleks raxbarlari;
- tarkibiy boʼlinma rahbarlari;
- chet ellik menedjerlar;
- bank faoliyatining muhim yoʼnalishlarini taʼminlovchi boshqa mutaxassislar kiradi.
Bank Boshqaruvi aʼzolari lavozim yoʼriqnomasida belgilab berilgan vakolatlar, ular bilan tuzilgan mehnat shartnoma shartlari, Аktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi, Kuzatuv kengashining, Bank Boshqaruvining qarorlari va Bank Boshqaruvi raisining koʼrsatmalari va mazkur nizom doirasida ish tutadi. Bank Boshqaruvi raisi mazkur Nizomga muvofiq bank faoliyatidagi oʼzgarishlar va boshqa holatlar munosabati bilan Bank Boshqaruvi tarkibiga qoʼshimcha nomzodlar boʼyicha kuzatuv kengashiga takliflar kiritish huquqiga ega. Kuzatuv kengashi, Boshqaruv raisi shartnoma shartlarini buzganda yoki amal qilmaganda u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilshi mumkin. Kuzatuv kengashi, Boshqaruv raisi Bank ustavini qoʼpol ravishda buzganda yoki oʼz harakatlari yoki harakatsizligi natijasida bankka zarar yetkazagan taqdirda u bilan tuzilgan shartnomani muddatdan avval bekor qilishi mumkin. Аktsiyadorlar umumiy yigʼilishi tomonidan Bank Boshqaruv raisi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish yoki muddatdan avval bekor qilish toʼgʼrisidagi qarori, umumiy yigʼilishda qatnashayotgan ovoz berish huquqiga ega aktsiyadorlarning koʼpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Kuzatuv kengashi tomonidan Bank Boshqaruv raisi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish yoki muddatdan avval bekor qilish toʼgʼrisidagi qarori, majlisda qatnashayotgan kuzatuv kengashi aʼzolarining koʼpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Аktsiyadorlar umumiy yigʼilishi va/yoki Kuzatuv kengashi qarori asosida boshqaruv raisi vakolatlari tugatilganda, mazkur majlisda uning vakolatlarini boshqa shaxsga berilishi yoki yaqin oʼrtada boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan umumiy yigʼilishda koʼrib chiqilishi uchun qoldirilishi hamda Bank boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajarish uchun boshqa shaxsga yuklatilishi toʼgʼrisida qaror qabul qilinishi mumkin.


  1. rasm Xalq banki aksiyadorlik tijorat banlining tashkiliy tuzilmasi.

Oʼzbekistonning moliya bozorida oʼz mavqeini mustahkamlash maqsadida "Xalq Banki" АJ joriy yilda xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy xizmatlar sifatini yaxshilash boʼyicha faol innovatsion siyosat olib bormoqda. Boshqacha qilib aytganda, bank izchil yangilanib, oʼzgarib bormoqda.
Bundan tashqari, bunday oʼzgarishlarning samarasi "Xalq banki" АJ ustav kapitalining oʼsishida namoyon boʼladi. Bankning ustav kapitali 227,9 million АQSh dollariga koʼpaydi. Bugungi kunda ushbu summa 4230,9 milliard soʼmni tashkil etadi. Oʼtgan yilning xuddi shu davrida ushbu koʼrsatkich 1540,3 milliard soʼmni tashkil etgandi. Oʼzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi "Xalq Banki" АJning nominal qiymati 1000,0 soʼmlik 2,164,172 ming dona oddiy aktsiyalarini sotib oldi, mos ravishda ustav kapitalidagi fond ulushi 38,8% dan 70,1% ga oshdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bankning qolgan aktsiyalariga egalik qiladi va uning ustav kapitalidagi ulushi 29,9% ni tashkil etadi. Shu yilning 29 oktyabrь kuni Farhod Salomov "Xalq banki" boshqaruv raisi etib tayinlangandi. Bungacha u bank raisining oʼrinbosari boʼlib ishlagan. Shuningdek, Farhod Salomov АQShning eng yirik “U. S. Bancorp” bankida ijrochi direktor sifatida faoliyat yuritgan.
Xozir 2022 yil natijasiga ko’ra Xalq banki ATBning jami ustav kapitali 7,433,4 mlrd so’mni tashkil etadi.



  1. Download 0,53 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish