O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etadi;
Budjet Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining, idoralarning hamda banklarning budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar mablag‘larining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromad qismining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot bo‘yicha tashqi auditni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.