I bob. Makroiqtisodiy beqarorlik : inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya
Makroiqtisodiy beqarorlik tushunchasi
Iqtisodiy iiqirozlar
Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o'sishga, hamda to'liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o'sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o'sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o'zgartirib bo'lmaydigan ta'siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo'ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo'lishidir.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatdan, cho'qqidan yoki inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to'lqinsimon harakat tushuniladi, Sikl quyidagi fazalarni: inqiroz, turg'unlik jonlanish, yuksalish fazalarini o'z ichiga oladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazalarning o'tish uchun sharoit yuzaga keladi.Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi siklning qayd etuvchi ifodasidir.U bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigap yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatda asosi kapitalning ortiqcha jamg'arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo'ladi. Inqirozdan keyin turg'unlik keldiki, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uch sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazasining boshlanishi ozmi-ko'pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o'tishni bildiradi.
Ish bilan ta'minlanish darajasining ortishi va foydalarning tez o'sishi jonlanishning yuksalishi bosqichiga o'sib o'tishiga ko'maklashadi. Yangi sikl yuksalishning boshlanish nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga bo'lgan ta'labning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o'sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste'mol tovarlariga to'lovga qodir talab kengayadi. Pirovad talabning oshishi, o'z navbatida, iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoklariga bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to'planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo'lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo'yicha keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo'ladi va har xil tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. 1-chizmada asosiy ko'pchilik iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl ko'rsatilgan. Siklning eng yuqori nuqtasida, iqtisodiyotda to'liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to'liq yoki deyarli to'liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o'sish tamoyiliga ega bo'ladi, iqtisodiy faollikning o'sishi to'xtaydi.
Tanazzul fazasida ishlab chiqarysh va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Tanazzulning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o'zining eng past darajasiga erishishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |