«Universiada -2007» sport musobaqalari davomida birinchi o‘rinni Toshkent shahar, ikkinchi o‘rinni Namangan va uchinchi o‘rinni Samarqand viloyatlari terma jamoalari qo‘lga kiritishgan.
«Universiada -2010» sport musobaqalari Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan. Musobaqalarda mamlakatimizning barcha hududlarini 14 ta terma jamolar ishtirok etishdi. «Universiada -2010» sport musobaqalarida 176 ta oltin, 176 ta kumush va 191 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan.
Musobaqalarning yakuniny natijalariga ko‘ra, umumjamoa bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahar, ikkinchi o‘rinni Andijon shahri va uchinchi o‘rinni Navoiy viloyati sportchilari egallashdi. «Universiada -2010» sport musobaqalari g‘oliblariga tantanali ravishda Prezident sovrinlari - "Damas" avtomobili kaliti taqdim etildi. Turli sport turlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni namoyon qilgan sportchilar diplom va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi. Unda jami 12 ta sport turlari bo‘yicha jami 151360 ta ishtirokchilar ishtirok etishgan.
Buxoro shahrida 2013 yilda «Universiada -2013» sport musobaqalari 12 ta sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan. Unda jami 156000 talabalar shundan, 57720 qizlar va 98280 yigitlar ishtirok etgan.
“Universiada-2016” ning final bosqichi Farg’onada bo’lib o’tgan edi. Toshkent shahrining jamoasi musobaqada eng ko’p medallarni qo’lga kiritgan holda birinchi o’rinni egallagan. Farg’ona va Samarqand viloyatlarining jamoalari ikkinchi va uchinchi o’rinlarni qo’lga kiritganlar.
Hammaga malumki, 2016 yilgi “Universiada” sport musobaqalari Farg'onada bo'lib o'tdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etishga alohida etibor qaratilmoqda.
Bu borada, ayniqsa, dunyoda o'xshashi bo'lmagan uch bosqichli noyob tizim – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari bo'lajak yetuk sportchilar uchun o'ziga xos pillapoya vazifasini o'tamoqda.
Dasturga kiritilgan turlar bo'yicha mavjud sport inshootlari, mehmonxona va yotoqxonalar hamda boshqa obektlarda qurilish-tamirlash, rekonstrukciya ishlari nihoyasiga etkazilib, qulay shart-sharoitlar yaratildi
Mutaxassislar va keng jamoatchilik tomonidan “Kichik Olimpiada”, deb tariflangan uch bosqichli uzluksiz sport tizimi musobaqalari Olimpiya o'yinlari qoida va talablari asosida o'tkaziladi.
Davlatimiz birinchi rahbarining 2011 yil 19 yanvardagi “2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori asosida Farg'onada yangi “Istiqlol” stadioni jahon andozalari darajasida qurilib foydalanishga topshirildi.
O'z bag'riga 20 ming tomoshabinni sig'dira oladigan mazkur o'yingoh ko'pchilikning havsini keltirishi turgan gap.
Bundan tashqari, Farg'ona davlat universitetida 3 ming 200 o'rinli futbol maydoni, yopiq suzish havzasi, uchta voleybol maydoni va engil atletika yo'laklari qurilib, foydalanishga topshirildi.
“Universiada-2016” musobaqalari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha inshootlar, ishtirokchilar joylashtiriladigan mehmonxona, yotoqxona hamda boshqa ijtimoiy-maishiy obektlar zamonaviy andozalarda tamirlanib, jihozlandi. Musobaqa ishtirokchilari uchun o'quv yurtlarining yotoqxona majmualari tamirlanib, qulay shart-sharoitlar yaratilgan
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, Universiada o’yinlari yildan-yilga har tomonlama yoshlar hayotida va ularning sport bilan oshno tutinishlarida muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |