2-bosqich noyabr oyida tashkil etilib, ta’lim muassasalarining terma jamoalari o‘rtasida musobaqaning tuman, shahar, bosqichini o‘tkazish va g‘olib jamoalarni aniqlash hamda shahar va tumanlarning sport turlari bo‘yicha terma jamoasini shakllantirishdan iborat.
3-bosqich mart-aprel oylarida o‘tkaziladi. Unda musobaqaning 2-bosqichida g‘olib bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasida musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi o‘tkaziladi. G’olib jamoalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining sport turlari bo‘yicha terma jamoasi shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |