Tadqiqodning maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi iqtisodiyotda qimmatli qog'ozlar bozorining tutgan rolini aniqlash va funktsiyalarini bajarishini tahlilini amalga oshirishdan iborat bo'lib hisoblanadi.
Mazkur maqsadga erishishi uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:
qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi funktsiyalarini o'rganish;
qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi o'rni va roliga tavsif berish;
qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi funktsiyasi va roliga ta'sir etuvchi omillarni tadqiq qilish;
ta'sir etuvchi omillar sharoitida qimmatli qog'ozlar bozorining milliy iqtisodiyotdagi roli va funktsiyasi taxlilini amalga oshirish;
qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi funktsiyasi va rolining istiqbollarini o'rganish;
O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori funktsiyasi samaradorligini oshirish masalalarini ko'rib o'tish;
O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori roli samaradorligini oshirish masalalariga baxo berish.
Muammoning o'rganilganlik darajasi. Qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat yuritishi va uning strukturasi muammolarini ko'plab xorijiy olimlar tomonidan o'rganilgan: G.J.Aleksander, R.A.Bril, S.L.Bryu, E.Bredli, D.V.Beyli, E.D.Dolan, K.R.Makkonnell, G.R.Mansuxani, R.Tyulz, U.F.Sharp, R.A.Shvarts va boshqalar. Xorijiy fond bozorlari tahlili bo'yicha tadqiqotlar va O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori faoliyat yuritishi borasidagi ishlar mahalliy olimlarimiz ilmiy ishlarida o'z aksini topgan. Ular qatoriga M.Sharifxo'jaev, A.Vahobov, M.Angelidi, Sh.Shoxa'zamiy, I.Butikov, V.Kotov, A.Abduqodirov va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasining metodologik va nazariy asoslari bo'lib, mahalliy va xorijiy olimlar – iqtisodchilarning amalga oshirgan ishlari, mutaxassislarning fond bozorini rivojlantirish borasidagi ishlanmalari va ilmiy maqolalari, O'zbekiston Respublikasining ijro etuvchi organlari va statistika organlarining hujjatlari hisoblanadi. Shuningdek, muallifning fond bozorining ko'rsatkichlariga asoslanib amalga oshirgan tadqiqotlari.
Malakaviy ishning amaliy ahamiyati. Ishda asoslangan takliflar, xulosa va takliflar yaxlit samara keltirishga qaratilgan bo'lib, ularni fond bozori amaliyotida qo'llash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda foydalanish, investorlarni jalb etishda ularning risklarini kamaytirish, ularning iqtisodiyotga samaradorligini oshirish, qimmatli qog'ozlar bozorida axborot oshkoraligini ta'minlash, fond bozorida nazorat qiluvchi institular faoliyat yuritishini takomillashtirish shu jumladan, o'zini-o'zi muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar rolini oshirish, xorijiy investorlar uchun sharoitlarni yaratishda barcha tomonlarga inobatga olish, ularni respublika iqtisodiyoti uchun samaradorligini oshirish xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |