Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258
Bog'liq
investitsiya-converted

Fors-major riski
  – loyiha  faoliyatiga tegishli  bo‘lmagan tashqi  risklardan  biri 
bo‘lib,  unga  yer  silkinishi,  yong‘inlar,  suv  toshqini,  bo‘ronlar  va  boshqa  tabiiy 
hodisalar kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy va siyosiy tabiiy hodisalar ham kiradi: 
ish tashlashlar, inqiloblar, qo‘zg‘olonlar va boshqalar. Shunday yo‘l bilan mamlakat 
riskining bir qismi fors-major riski sifatida namoyon bo‘ladi. 
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi.  
Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi: tizimli risklar; tizimsiz risklar.
 
 
Tizimli  risklar  (investitsiya  portfeli  risklari)  –  bu  xatar  ta’siriga  ba’zi  bir 
qimmatli  kog‘ozlar  emas,  balki  butun  bozor,  uni  katta  bir  qismi  risklarga  uchraydi. 
Bu  holda  iqtisodiy  nobarqarorlik  tufayli  yoki  boshqa  sabablarga  ko‘ra  ko‘pchilik 
emitent  va  qimmatli  qog‘ozlar  egalari  zarar  ko‘rishlari  mumkin.  Tizimli  risklarga 
quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.  
Tizimsiz  risklar  –  xatarga  ba’zi  bir  qimmatli  qog‘ozlar  yoki  ularni  majmuasi 
uchraydi,  ya’ni  ma’lum  bir  korxonaning  qimmatli  qog‘ozlari  yoki  tarmoqning 
qimmatli  qog‘ozlari  kiradi.  Tizimsiz  risklarga  quyidagilar  kiradi:  tadbirkorlik  riski; 
moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.  
Aniqlik kiritish uchun quyidagi risklar kategoriyalarini aks ettirish mumkin.  
Likvidlikni  yo‘qotish  riski  (liquidity  risk)  –  u  yoki  bu  qimmatli  qog‘ozlarga 
bg‘lgan  talab  sezilarli  darajada  hzgarishga  yuz  tutishi  mumkin,  undan  ham  yomoni 
ushbu qimmatli qog‘ozlarga umuman talab yo‘qolib ktishi mumkin.  
Tadbirkorlik  riski  (business  risk)  –  qimmatli  qog‘ozlarning  narxi  (xususan 
aksiyalar)  istalgan  kompaniyaning,  qanchalik  darajada  kompaniya  o‘z  tanlagan 
yo‘nalishida muvofaqiyat bilan ishlashiga bog‘liq.  
Moliyaviy  risklar  (financial  risk)  –  kompaniya  aksiyalar  narxi,  kompaniya 
rahbariyati  tomonidan  o‘tkazilayotgan  moliyaviy  siyosatga  bog‘liq  holda  tebranadi. 
Masalan,  agar  Fond  bozorini  moliyalashda  asosiy  e’tiborini  qarz  majburiyatli 
korporativ  qimmatli  qog‘ozlar  chiqarishga  qaratilsa,  moliyaviy  risk  darajasi  yuqori 


277 
 
bo‘ladi.  
Majburiyatlarni  bajara  olmaslik  riski  (default  risk)  –  agarda  emitent  o‘z 
majburiyatlarini  har  xil  sabablarga  ko‘ra  o‘z  vaqtida  yoki  umuman  bajara  olmasa, 
paydo bo‘ladigan investitsiya risklariga aytiladi.  
Tizimsiz  risklarni  ta’sirini  minimallashtirish  uchun  diversifikatsiya  deb 
ataladigan metod qo‘llaniladi va uning natijasida investitsion portfel tuzish zaruriyati 
paydo  bo‘ladi.  Investitsin  portfel  yaratish  orqali  investor  bir  qancha  emitent 
chiqargan moliyaviy instrument to‘plpmini yaratadi va shunda u bir emas bir qancha 
tizimsiz  risklariga  duch  keladi.  Shu  yo‘l  investor  risklarni  diversifikatsiyalaydi  va 
daromadlilikni  birdaniga  o‘zgarishini  oldini  oladi.  Ushbu  sharoitda  investitsion 
portfelda  qimmatli  qog‘ozlar  qanchalik  kam  bo‘lsa  risk  darajasi  shuncha  yuqori 
bo‘ladi. Diversifikatsiya metodi tizimsiz risklarini minimallashtiradigan eng samarali 
dastakdir,  lekin  u  faqatgina  investitsion  portfelni  yetarlicha  miqdorda  ko‘p 
instrumentlar jalb qilingandagina qulaydir.  
Diversifikatsiya metodining chegaraviy darajasi, risk darajasiga bog‘liq, chunki 
ular  faqatgina  aniq  moliyaviy  bozorni  ochib  beradi.  Bu  risklarini  turli  tumanligini 
inobatga olgan holda quyidagi xillarini sanab o‘tishimiz mumkin. 
Foiz risklarii (interest rate risk) – foiz stavkalari tebranishidan hosil bo‘ladigan 
investitsiya  risklari.  Ayniqsa  qarz  majburiyatini  ifodalovchi  qimmatli  qog‘ozlar 
egalariga daxldordir.  
Valyuta  riski  (exchange  rate  risk)  –  bu  shunday  investitsiya  risklariki 
mohiyatan  chet  el  emitentlarining  qimmatli  qog‘ozlarga  kiritgan  investitsiyalarning 
valyuta  kursi  tebranishilaridan  paydo  bo‘ladigan  investitsiya  risklari.  Inflyatsion 
risklari  (Inflation  risk)  –  inflyatsiya  darajasining  kutilmaganda  oshib  ketishi, 
emitentlar  faoliyatini  o‘zgarishiga  olib  boradi  va  bu  aksiya  narxiga  sezilarli  ta’sir 
etishi mumkin.  
Siyosiy  risklari  (Political  risk)  -  kutilmaganda  xususan,  shiddatli  siyosiy 
vaziyatdagi  o‘zgarishlarning  qimmatli  qog‘ozlar  bozoriga  ta’sir  etmasdan  iloji  yo‘q, 
aksincha  ancha  oqibati  yomonroq  bo‘ladi.  Ayniqsa  bu  risk  rivojlangan  mamlakatlar 
moliyaviy  instrumentlar  bilan  ishlagan  dolzarb  va  yana  turg‘un  bozorlarda  ham  uni 
uchratish mumkin.  
Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  risklardan  tashqari,  qimmatli  qog‘ozlar  bozoriga 
samarali  investitsiya  qilishga  oz  yoki  ko‘p  miqdor(daraja)da  ta’sir  etuvchi  omillar 
ham  mavjud.  Ushbu  risklarning  tasnifi  shartli  ravishda  bo‘lib,  har  bir  loyiha  uchun 
ahamiyatli  risklarni  aniqlash  nuqtasiga  yo‘naltirish  sifatida  qaraladi.  Bunday  risklar 
aniq  holatlarda  mutaxassislar  va  ekspertlar  tomonidan  tarmoqqa  tegishliligi, 
masshtablari,  tanlangan  texnologiya,  loyihani  amalga  oshirayotgan  mamlakat  va 
boshqa loyihaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Loyiha 
risklarining  bir  necha  turlari  mavjud.  Ularning  hech  birini  ta’siri  jihatidan 
ahamiyatsiz va xavfsiz, deb bo‘lmaydi. Investitsiya risklari kichik bir texnologik yoki 
shu kabi mikrodarajadagi jarayondan tortib, to mamlakat, hatto, xolqaro miqyosdagi 
turli holatlar va hodisalarning o‘zgarishiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin.  

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish