26
- qimmatli qog‘ozlar bozori;
- oltin, qimmatbaho metal va
toshlar bozori;
- ssuda
kapital bozori;
- hosilaviy moliyaviy instrumentlar bozori.
Pensiya va sug‘urta fondiga o‘xshash moliya bozorini bunday segmentida
investitsiya qimmatli qog‘ozlar yoki ssuda kapitali bozori orqali amalga oshiriladi.
Intellektual investisiyalar – kelgusidagi yangi ishlab chiqarish uchun texnik
texnologik jarayonlar bilan bogliq nomoddiy (ilmiy, nou-xau,programmalar, savdo
markalar va boshqalar) aktivlarga aytiladi. Uning turlari:
- ilmiy yangiliklarni ishlab chiqish investisiya;
- mutaxassislarni tayyorlash uchun qo’yilgan investisiya;
- ijtimoiy sohaga qo’yilgan investisiya;
- boshqa yangilik bilan boglik investisiya.
Har qanday mamlakatning iqtisodiyotini asosi haqiqiy investitsiyani tashkil
etadi, jumladan; u yerda jamg‘arma jarayoni va uning ko‘payishi ichki yalpi mahsulot
(YAIM)ga ko‘paytirish orqali yuzaga keladi. Hozirgi sharoitda investitsiyani asosiy
dolzarb bo‘lgan innovatsiyani sotib olishga qaratilgan. Innovatsiya ijtimoiy –
iqtisodiy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan texnologik jarayonni ishlab chiqish,
intellektual mehnat natijasidagi umumiy faoliyat (ishlab chiqarish, iqtisodiy, xuquqiy
va ijtimoiy munosabatlar fanda, san’at va ta’lim sohasi va boshqa faoliyatlar)ning u
yoki bu sferasidan foydalanishdir.
Moliyaviy investitsiya nimaga tegishli bo‘lsa u haqiqiy investitsiyani
tezlashtiruvchi vosita sifatida ko‘rib chiqilsa, unda bu holat to‘g‘ri hisoblanadi yoki
bu avvalgi investitsion kapitalni egallanishi qoplanishi va jamg‘arilishiga olib keladi.
Investitsiyalar nuqtai-nazaridan moliyaviy investitsiyalarni ko'rib chiqish
ma'lum bir korxonaning qimmatli qog'ozlariga qo'yilgan investitsiyalar deb
ta'riflanishi mumkin, ammo moliyaviy investitsiyalarni oluvchi korxona nuqtai
nazaridan moliyaviy investitsiyalarning xususiyatini investitsion hamjamiyatning
ushbu korxonani rivojlantirish uchun ishlatishi hisoblanadi. Bundan tashqari, agar
investitsiya jarayonining mukammal modelini ko'rib chiqsak, potentsial investorlar
korxona, oluvchi investitsiya kompaniyasi ustidan nazoratni o'z zimmalariga olishni
mo'ljallamagan, korxonalarning cheksiz katta doirasi bo'lganida, kim uning
aktsiyadori yoki kreditoriga aylanishi muhim emas.
Oluvchi kompaniya rahbariyati
o'z mablag'laridan keyinchalik foydalanish va hajmini oshirish uchun aktsiyadorlar va
kreditorlarning talablarini qondirishi muhimdir.
Shunday qilib, moliyaviy investitsiyalarni moliya bozorida to'plangan
sarmoyaviy hamjamiyatning mablag'larni qabul qiluvchi korxonalarning iqtisodiy
faoliyatiga jalb qilish orqali saqlash va ko'paytirish maqsadida to'plashi mumkin.
Bunday holda, oluvchini tanlash mezoni bu investitsiya bo'yicha istalgan natijaga
erishish ehtimolidir.
Investitsiyaning maqsadi va bularni risk bilan bog‘liqligiga qarab, investitsiya:
- venchurli (riskli);
- to‘g‘ridan to‘g‘ri;
- portfelli;
- annuitet shaklda bo‘ladi
Venchurli (riskli) kapital – bu so‘zni riskli kapital qo‘ylmani nomlash uchun
qo‘llanilgan bo‘lib, u yuqori risk bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishni yangi
28
– bu jamg‘arish me’yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasini ta’minlash
hisoblanadi. Shu bois me’yori barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy ko‘rsatkichi
jamg‘arish bo‘lib xizmat qiladi. Jamg‘arish me’yorining o‘sishi bilan YAIMning
qo‘shimcha o‘sish sur’ati ham yuz beradi. Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha,
jamg‘arish me’yori 25 foizdan ortiq bo‘lgan mamlakatlarda YAIMning qo‘shimcha
o‘sish sur’ati o‘rtacha 4,8 foizga teng bo‘lgani holda, jamg‘arish me’yori 30 foizdan
ortiq mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 8,7 foizni tashkil etgan.
Annuitet (nem. Annuitat – yillik to‘lov) – investitsiya, asosan pensiyaga
chiqganlar uchun bir xil vaqtlar oralig‘i ichida ma’lum daromadni vkladchiga olib
kelish uchun yo‘naltiriladigan investitsiyadir. Asosan bunda mablag‘ni sug‘urtaga va
pensiya fondiga qo‘yish hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyasi va pensiya fondlari
muomalaga qarz majburiyatlarini chiqaradi, qaysiki ular ya’ni egalari kelgusida
ko‘zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun foydalanadilar. Xayotni sug‘urtalash
sug‘urtalovchini moddiy bog‘liqligi ta’minlangan holda sub’ektlarni kutilmagandagi
o‘lim holatlarini moliyaviy xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Pensiya fondi o‘z mijozlarini pensiya yoshiga chiqqandan so‘ng pul mablag‘lari bilan
moddiy ta’minlab turadi.
Shuningdek investisiya xajmiga ssuda foiz stavkalari ahamiyatli ta’sir etadi,
demak investisiyalash jarayonida nafaqat shaxsiy mablag’lar, balki jalb qilingan
mablag’laridan ham foydalanish mumkin. Agar kutilayotgan sof foyda normasi ssuda
foizini o’rtacha stavkasidan yuqori bo’lsa u holda investor uchun bunday qo’yilma
ma’qul hisoblanadi. Shuning uchun ssudani o’rtacha foiz stavkasini o’sishi mamlakat
iqtisodiyotida investisiya xajmini kamayishiga olib keladi. Bunday holda davlat pulni
kredit emissiyasini chegaralash orqali muomaladagi pul massasini kamaytirish
maqsadida restriksion siyosat olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: