Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

3  –  savol  bayoni.
  Ma’lumki,  amaldagi  qonunlarga  ko‘ra  milliy  iqtisodiyotga 
investitsiyalarni jalb qilishning turli manbalari mavjud bo‘lsada ham investitsiyalash 
jarayonida  davlatning  moliyaviy  mablag‘lari  bilan  ishtirokining  keskin  kamayishi 
iqtisodiyot  sub’ektlarining  ishlab  chiqarish  faoliyatini  faollashtirishning  yangi 
moliyaviy  manbalarini  izlashga  undamoqda.  Turli  mulk  shaklidagi  korxonalarni 
investitsiyalashga  mo‘ljallangan  mablag‘larning  asosiy  qismi  pul  shaklida  o‘z 
ifodasini topadi. Turlicha ko‘rinishda pulning investitsiyaga aylanish jarayoni amalga 
oshirilsada  ham  xo‘jalik  sub’ektlari  o‘zlarini  faoliyatini  yuritishlari  uchun  pul 
mablag‘lariga  ega  bo‘lgan  holda  ishlab  chiqarish,  xizmat  ko‘rsatish  bo‘yicha 
ob’ektlarni  tashkil  etish  va  kengaytirishi  mumkin  bo‘ladi.  Bu  esa  investitsiyalash 
jarayonining oddiy shakli bo‘lib hisoblanadi. Boshqa hollarda pul jamg‘armalarining 
investitsiyaga  aylanishi  murakkab  kechadi,  buning  sababi  aholining  katta  qatlamini 
ishlab  chiqarishni  boshqarish  ko‘nikmasiga  va  uni  tashkil  etish  uchun  minimal 
mablag‘larga ega emasligidir. Bu esa korxonalarda bevosita investitsiyalarni amalga 
oshirish  imkoniyatini  cheklaydi.  Kapital  quyilmalar  ob’ektiga  ko‘ra  investitsiyalar 
yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilganidek  real  va  moliyaviy  turlarga  ajratiladi  va  ular  o‘z 
navbatida  iqtisodiyotning  real  va  moliyaviy  sektori  o‘rtasidagi  nisbatlarga  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Bu  esa  nomutanosiblik  yoki  iqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlanishida  o‘z 
aksini topadi. 
Nomutanosiblik  bozor  xo‘jaligi  ichki  tarkibining  asosini  tashkil  qilishi  yoki 
kapitalistik  iqtisodiyotning  boshqa  dastaklari  singari  pul  va  moliya  bozorining  ham 
asosiy  vazifasi  iqtisodiy  barqarorlikka  erishish  mumkinligi  xaqida  Dj.M.Keyns 
batafsil  o‘z  asarlarida  fikr  bildirib  o‘tgan.  Amalda  esa  ular  teskari  samara  ko‘rsatib 
beqarorlikka  olib  kelishi  mumkin.  Buning  sababi  Keyns  “qo‘shimcha  pul  bosib 
chiqarish va moliya bozorini shunday pullar bilan to‘ldirish”da deb biladi. 
Aytish joizki, Keyns ta’limoti izdoshlari o‘z qarashlarida moliyaviy sektorning 
iqtisodiyotning  beqarorligiga  va  siklligiga  ta’sirini  tahlil  etishda  yagona  qarash 
mavjud  emasligini  e’tirof  etishadi.  Fond  bozori  faoliyati  natijasida  tizimning 
beqarorligi hozirgi zamon fond bozorlari real investitsiyalarni moliyalashtirish uchun 
faoliyat  yuritishlarini  nazarda  tutmaydi,  balki  aksincha  ularni  fond  bozori 
faoliyatining  natijasi  sifatida  o‘rganiladi  deb  ta’kidlaydi.  Dj.M.Keyns  real  va 
moliyaviy  investorlar  qarorlari  va  faoliyatiga  yuqori  baho  berib,  aksiyalar  kursining 
pasayishi  kapital  samaradorligiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkinligini  kapital 
samaradorligining  yuqori  nuqtasini  real  investitsiyalar  foydaliligining  kutilishi  deb 
hisoblaydi. Real investitsiyalarni aksiyalar kotirovkasi tebranishi bilan, kotirovka esa, 
ularning kelajakdagi dinamikasi haqidagi fikrlar orqali belgilanishi deb talqin qiladi. 
Aksariyat  investorlar  fikrlar  dinamikasini  baholashni  emas,  ishlab  chiqarish 
vositalarini harid qilishni ustun qo‘yishi bilan birga kelajakda o‘z investitsiyalarining 
samaradorligini  baholash  uchun  qo‘lga  kiritilgan  natijalarga  asoslangan  holda 
ma’lumot  yig‘ishni  muhim  deb  biladilar.  Ushbu  jarayonni  tashkil  etish  usullari 
investitsiyaning sifat belgilarini ifodalaydi. 
Fond  bozori  tomonidan  ta’minlanadigan  individual  qo‘yilmalar  likvidligining 
yuqoriligi  ularning  real  sektorga  oqib  o‘tishini  kuchaytiradi.  Yangi  sharoitlarda 
investitsiyaning  muhim  xususiyatlaridan  biri,  u  ham  bo‘lsa  investitsiya  faoliyatini 
faollashtirishga qaratilgan alohida e’tibor biznesning uzoq muddatli faoliyatiga emas, 
balki  birja  kotirovkalariga  qaratgan  moliyaviy  investorlar  tomonidan  real 


24 
 
investitsiyalar  amalga  oshirilishi  beqarorlik  muammosining  chuqurlashuviga  olib 
keladi.  Xalqaro  tajriba  ko‘rsatishicha  agar  moliyaviy  sektor  real  sektordan  ustun 
bo‘lsa, undagi chayqovchilik harakteri investitsion qarorlarni bashorat qilish yanada 
qiyinlashadi.  Bugungi  kunda  sikl  fazasini  belgilab  beruvchi  investitsiyalarning 
haqiqiy  hajmi  ishlab  chiqarish  vositalariga  bo‘lgan  talab  va  taklif  narxlarini 
solishtirish, 
shuningdek, 
investitsiyalarni 
moliyalashtirish 
manbalarining 
hammabopligi bilan belgilanmoqda. Birinchi omil investitsiyani kiritish to‘g‘risidagi 
qarorni,  ikkinchisi  esa  kutilayotgan  daromad  baholangandan  so‘ng  investitsiyalar 
hajmini belgilab beradi. 
Moliyaviy  resurslar  taqsimlanmagan  foyda  va  bank  kreditlaridan  tashkil 
topganligi  bois  bank  kreditlarining  hajmi  kelajakdagi  kon’yuntura  o‘zgarishlari 
tufayli kreditorlar risklarini sub’ektiv baholashga bog‘liq bo‘lishi tabiiydir.  
Hozirgi  sharoitda  narxlarga  ta’sir  qiluvchi  asosiy  omil  –  investitsiyalarni 
moliyalashtirish  jarayonida  iqtisodiyotda  to‘plangan  qarzning  xajmi  va  o‘sishidir. 
Qarzning  ko‘payib  borishi  bilan  bank  kreditlarini  jalb  qilayotgan  real  sektorning 
qaramligi  oshib  boradi,  siklning  o‘suvchi  fazalarida  esa  real  sektorning  kreditdan 
qaramligini  o‘sishi  bilan  birga  uning  hammabopligi  kamayib  borishi  mumkin. 
Iqtisodiyotda  moliyaviy  bozorlarning  me’yorida  faoliyat  yuritishi  natijasida 
iqtisodiyotni  “bum”  holatiga  olib  keladi  bu  esa  o‘z  navbatida  moliyaviy  inqirozni 
keltirib  chiqaradi.  Demak  moliyaviy  beqarorlik  gipotezasiga  ko‘ra,  real 
investitsiyalarni moliyalashtirish uchun qarzning ko‘payib borishi siklli dinamikasini 
harakatlantiruvchi kuch sifatida maydonga chiqadi. 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish