Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

 
1  –  savol  bayoni.
  Mamlakatni  jahondagi  o‘rnini  real  sektorning  rivojlanish 
darajasi  va  raqobatdoshligi  belgilaydi.  Mamlakatimiz  iqtisodiyotini  mutanosib 
rivojlantirish,  uning  samarali  tarkibiy  tuzilmasiga  ega  bo‘lish  orqali  barqaror 
iqtisodiy  o‘sish  sur’atlariga  erishish  vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalq  farovonligini 
ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa, 
eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotni real 
sektoriga turlicha ta’riflarni ko’rib chiqamiz.  
1.  Iqtisodiyotning  real  sektori  (IRS)  (inglizcha  –  Real  sektor  of  economy)  – 
iqtisodiy  va  qonuniy  belgilanmagan  iqtisodiy  atama  hisoblanadi  va  ma’lum 
hududdagi faoliyati mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan kichik, o‘rta va yirik 
(industrial) korxonalarni birlashtiradigan iqtisodiyot sohasidir.  
2. Iqtisodiyot real sektori – bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi bo‘lib, u turli 
ishlab chiqarish sohalarini o‘xshash tavsiflar, iqtisodiy maqsadlar, funksiyalari orqali 
birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq 
qiladi.  
3. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotni material-buyum mahsulotlarini 
ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi va xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z 
ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit, birja faoliyati kirmaydi
37
.  
4.  Iqtisodiyotni  real  sektori  kapitalni  spekulyativ  harakati  istisno  qilgan  holda 
iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va iqtisodiy o‘sish jarayonlarini birlashtiradigan 
soha.  
5. Iqtisodiyotni real sektori – bu iqtisodiyotni muhim sektori bo‘lib, to‘g‘ridan 
to‘g‘ri  mahsulot  ishlab  chiqarish,  daromad  olish  va  budjet  daromadlari  tushumini 
ta’minlaydi. Ishlab chiqarish, mahsulot ishlab chiqarish sohasi uning iqtisodiy atama 
sifatidagi sinonimlari hisoblanadi.  
6.  Iqtisodiyotni  real  sektori  –  kommersiyaga  asoslangan  seriyali  va  yirik 
miqdorda  mahsulot  va  tovarlar  ishlab  chiqaruvchi,  jumladan,  bino  va  inshootlarni 
qurish,  aloqa,  telekommunikatsiya,  transport  xizmatini  amalga  oshiruvchi  kichik, 
o‘rta va yirik korxonalar yig‘indisidir.  
7.  Iqtisodiyotning  real  sektori  -  iqtisodiyotning  bevosita  moddiy  ne’matlar 
ishlab  chiqarish  va  xizmatlar  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq  sohasi  bo‘lib,  u  o‘z  ichiga 
 
37
 Комов А. Анализ системы кредитования реального сектора экономики России в 1 полугодии 2004 г. Русское 
Экономическое Общество. 2004. №141. С. 7-8. 


98 
 
sanoat,  qishloq  xo‘jaligi,  qurilish,  transport,  aloqa  va  boshqa  xizmat  ko‘rsatish 
tarmoqlarini oladi
38
.  
Iqtisodiyotda  real  sektorni  samarali  faoliyat  yuritishida  moliyaviy  sektor 
muhim o‘rin egallaydi.  
Moliyaviy  sektor  –  bu  qarz  olish  va  uni  qaytarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
amaliyotni  ijro  qiladigan  vositalar  va  institutlar  to‘plamidir.  Moliyaviy  tizim  mulk 
egaligini  kapitaldan  ajratish  imkoniyatini  beradi.  Moliyaviy  sektorga  banklar, 
sug‘urta  kompaniyalari,  fond  birjalari,  moliyaviy  investitsion  kompaniyalar, 
lombardlar  va  boshqa  moliyaviy  institutlar  kiritiladi.  Real  sektorda  YaIM  ni  asosiy 
qismi  yaratiladi.  Butun  real  sektor  iqtisodiyotining  umumiy  holatini  tavsiflovchi 
muhim  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  –  yalpi  ichki  mahsulot  (YaIM),  sof  ichki 
mahsulot (SIM), milliy daromad (MD) kabilar hisoblanadi
39

Bu  ko‘rsatkichlar  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatish  sohalaridagi  barcha 
xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. Shu 
sababli,  real  sektordagi  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlarni  milliy  iqtisodiyot  holatiga 
bog‘liq ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:  
1.  Milliy  iqtisodiyot  ishlab  chiqarish  imkoniyatini  tavsiflovchi  ko‘rsatkichlar. 
Bular  mamlakatning  iqtisodiy  resurs  salohiyatini,  yerosti  va  yerusti  boyliklari 
zaxiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.  
2. Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Bular bandlik, 
ishsizlik,  inflatsiya,  iste’mol,  jamg‘arma  va  investitsiyalar  darajasi,  narxlar  darajasi 
va uning o‘zgarishi, savdo aylanmasi, to‘lov balansi holati va boshqalar.  
3. Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Ishlab 
chiqarishning yillik hajmi (YaIM va uning harakat shakllari).  
4.  Milliy  iqtisodiyot  natijalaridan  foydalanish  holatini  tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar.  Bular  YaIM  da  iste’mol  va  jamg‘arma  nisbati,  ish  haqi  va  boshqa 
omilli daromadlar darajasi, YaIM da investitsiyalar ulushi va boshqalar. 
Iqtisodiyotning  real  sektori  –  xom-ashyo,  mehnat  va  kapitaldan  ajralmagan 
holda xizmat ko‘rsatish, mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalardan iborat 
iqtisodiy  sohadir.  Iqtisodiyotda  real  sektorni  samarali  faoliyat  yuritishida  moliyaviy 
manba muhim o‘rin egallaydi.  Iqtisodiyotning real sektori taraqqiyoti mamlakatning 
makroiqtisodiy  barqarorligini  ta’minlash,  boshqaruv  mexanizmlarining  yechimlarini 
tanlash  kabi  imkoniyatlarni  beradi.  Bu  esa,  istiqbolda  rejalashtirilgan  maqsadlarga 
erishish uchun joriy holatdagi iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish yo‘llarini belgilaydi. 
Jahonda  integratsiya  va  globallashuv  jarayonlarining  chuqurlashib  borishi 
milliy  iqtisodiyot  oldiga  bir  qator  yangi  vazifalarni  qo‘ymoqda.  Milliy 
iqtisodiyotning dunyo bozorida o‘z o‘rnini topishi, ya’ni ma’lum mavqeni egallashi 
uchun  doimiy  ravishda  real  korxonalarini  texnik  va  texnologik  jihatdan 
zamonaviylashtirib  boorish  lozim.  Ushbu  maqsadlarga  erishish  uchun  milliy 
iqtisodiyotning barcha sohalarida texnik va texnologik yangilanishni amalga oshirish 
kerak.  Bunga,  ishlab  chiqarishda  boshqaruvning  yangi  usullarini  hamda  fan  va 
texnika  yutuqlarini  doimiy  ravishda  joriy  etish  orqaligina  erishish  mumkin. 
 
38
  I.A.Karimovning  “Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  kuchli  fuqorolik  jamiyati  barpo  etish  –  ustuvor 
maqsadimizdir”  va  “Asosiy  vazifamiz  Vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yuksaltirishdir”  nomli 
ma’ruzalarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2010. 60-bet
 
39
  R.Xasanov,  X.Asatullayev,  A.Suvonqulov,  X.Xakimov.  Real  sektor  iqtisodiyoti  va  uni  prognozlash.  Toshkent 
“IQTISOD-MOLIYA”. 2013. 17-b. 


99 
 
Mamlakatimizda  ham  o’tgan  yillarda  fan  va  texnika  yutuqlarini,  zamonaviy  ishlab 
chiqarish  texnologiyalarini  va  ishlab  chiqarish  boshqaruvini  yangi  usullarini 
amaliyotga  joriy  etish  orqali  iqtisodiyotning  real  sektori  korxonalarining  ishlab 
chiqarish  hajmini  ko‘paytirishiga  va  moliyaviy  barqarorligini  oshirishiga  juda  katta 
e’tibor 
berilmoqda. 
Zamonaviy 
informatsion 
texnologiyalar 
va 
nanotexnologiyalarning 
ishlab 
chiqarish 
jarayoniga 
joriy 
etilishi 
mehnat 
resurslarining  kasbiy  malakasini  oshirishni  taqozo  etish  barobarida,  ularning  sifati 
sohaning  raqobatbardoshligini  va  keyingi  yillarda  yuksak  natijalarga  erishishiga 
zamin bo‘ladi. 
So‘nggi  yillarda  iqtisodiyotning  real  sektorida  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulotlarning  katta  qismi  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi  tarmoqlarining  hissasiga 
to‘g‘ri  kelmoqda.  O‘z  navbatida,  bu  kabi  yaratuvchanlik  real  sektorning  YAIM 
tarkibida ham salmoqli o‘rin egallashini ta’minlamoqda. Shu o‘rinda, real sektorning 
taraqqiyoti yana qanday imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin, degan savol tug‘ilishi 
tabiiydir.  Mazkur  sohaning  rivojlanishi  aholi  daromadlarini  oshishi,  turmush 
farovonligini  o‘sishi  uchun  imkoniyat,  ta’lim,  tibbiyot,  madaniyat  sohalari  rivojida 
moliyaviy-moddiy  asos  beradi.  Iqtisodiyotni  barqaror  rivojlanishi  mamlakatda 
moddiy  ishlab  chiqarish  sohalari  uchun  yaratilgan  huquqiy-me’yoriy  sharoit  bilan 
uzviy  bog‘liqdir.  Ya’ni,  mahalliy  va  xorijiy  investitsion  mablag‘larni  real  sektorga 
jalb  etish  uchun  investorlarga  huquqiy  kafolat  berilishi  va  uning  ijrosini  davlat 
tomonidan kafolatlanishi lozim.  
O‘zbekiston  Respublikasida  2008  yil  28  noyabrdagi  “Iqtisodiyotning  real 
sektori  korxonalarini  qo‘llab-quvvatlash,  ularni  barqaror  ishlashini  ta’minlash  va 
eksport  salohiyatini  oshirish  chora-tadbirlari  dasturi  to‘g‘risida”gi  PF-4058-sonli, 
2008  yil  18  noyabrdagi  “Iqtisodiyot  real  sektori  korxonalarining  moliyaviy 
barqarorligini  yanada  oshirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PF-4053-sonli 
Farmonlari asosida so‘nggi yillarda real sektor tarkibiga kiruvchi tarmoqlarda chuqur 
tarkibiy 
o‘zgarishlar  amalga  oshirildi  va  islohotlar  davom  etmoqda. 
Mamlakatimizning  jahon  bozorida  mustahkam  o‘rin  egallashi  va  raqobat 
afzalliklariga  ega  bo‘lishini  ta’minlashda  sanoat,  agrosanoat  majmuasi  tarkibidagi 
sohalar hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish talab etiladi. 
Mamlakatimizda  barqaror  va  samarali  iqtisodiyotni  shakllantirish  borasida 
amalga  oshirib  kelinayotgan  islohotlar  bugungi  kunda  o‘zining  ijobiy  natijalarini 
namoyon 
etmoqda. 
Buni 
mamlakatimizda 
makroiqtisodiy 
barqarorlikni 
ta’minlanayotganligida  ham  ko‘rish  mumkin.  Iqtisodiyotning  yetakchi  sohalarini 
xususan,  real  sektorni  kreditlash  jarayonlarining  jadallashuvi  bir  qator  istiqbolli 
imkoniyatlarni yaratib beradi.  
Birinchidan, iqtisodiyotda pul massasining ortishi pirovardida ishlab chiqarish 
hajmining to‘g‘ri proporsional ravishda oshishiga sabab bo‘ladi. 
Ikkinchidan,  iqtisodiyotdagi  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  moliyaviy 
resurslarga  ehtiyojini  qondiradi  hamda  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  o‘rtasidagi 
to‘lovlarni amalga oshirishni tezlashtiradi. 
Uchinchidan,  real  sektorga  ajratilgan  bank  kreditlari  hajmining  ortishi 
natijasida ishlab chiqarish hajmi ortadi hamda ichki bozor qo‘shimcha mahsulotlarga 
to‘yinadi.  Bundan  tashqari  import  hajmining  kamayishi  va  aksincha,  eksportning 
rivoj topishiga yordam berishi mumkin. 


100 
 
To‘rtinchidan,  kredit  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatini  boshlash, 
rivojlantirish,  takomillashtirish  hamda  ishlab  chiqarish  hajmini  oshishiga  xizmat 
qiladi. 
2020 
–  2022  yillarda  iqtisodiyotning  real  sektori  tarmoqlarini 
raqamlashtirishning  asosiy  yo‘nalishlari  belgilab  olindi.  Keyingi  ikki  yilda 
mamlakatimizda  37  ta  korxona  faoliyatida  raqamlashtirish  keng  tatbiq  etiladi, real 
sektor tarmoqlarini raqamlashtirishda quyidagi ustuvor uch yo‘nalish belgilangan: 
-
 
ishlab  chiqarish  va texnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirish,  moliyaviy-
iqtisodiy  faoliyatni  avtomatlashtirish,  moddiy-texnik  resurslarni  hisobga  olish 
va boshqarish tizimlari (ERP); 
-
 
ishlab  chiqarish  va texnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirishga  qaratilgan 
axborot  tizimlarni  yagona  axborot  kompleksga  jamlash  bo‘yicha  dasturiy 
mahsulotlar; 
-
 
mijozlar  bilan  munosabatlarni  tartibga  solish,  mahsulotlarni  elektron  tizimlar 
orqali sotish, marketingni boshqarish tizimlari (CRM). 
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 2023 yilga qadar umumiy qiymati 5,2 trln. so‘mga 
teng jami 92 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 
Yuqorida  ko‘rib  chiqilgan  holatlar  tahlili  shundan  dalolat  beradiki,  bank 
kreditlari  iqtisodiy  taraqqiyotni  ta’minlovchi  muhim  moliyaviy  manba  hisoblanadi. 
Bu  moliyaviy  manbalar  mamlakat  iqtisodiyotining  o‘sishi,  mehnat  unumdorligining 
oshishi,  aholining  ish  bilan  bandligini  ortishi  va  biznes  ko‘lamining  kengayishga 
xizmat  qilishi  mumkin.  Mamlakatimizda  real  sektorning  yanada  taraqqiy  topishi 
uchun  tijorat  banklari  tomonidan  iqtisodiyot  tarmoqlarini  kreditlash  ko‘lamining 
oshirilishi va milliy ishlab chiqaruvchilarning mavjud ichki va tashqi imkoniyatlardan 
samarali  foydalanganlari  holda  o‘z  faoliyatlarini  maqsadli  va  oqilona  tashkil  etishni 
talab qiladi. 
 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish