Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

Uchinchidan
, loyihani amalga oshirishda quyidagi ko‘pgina ishtirokchilarning 
qatnashishi ko‘zda tutiladi: 

 
loyiha tashabbuskori; 

 
loyiha kompaniyasi; 

 
maslahatchilar; 

 
pudratchilar (bosh pudratchi, subpudratchi); 

 
uskunani yetkazib beruvchilar; 

 
sug‘urta kompaniyalari va kafolatchi banklar; 

 
kreditorlar (banklar)va h.k. 
Loyiha kompaniyalarining mavjudligi, uning asosiy belgilaridan biri loyihaviy 
moliyalashtirish  bo‘lib  hisoblanadi.  Loyiha  kompaniyalari  loyihani  amalga  oshirish 
sharoitida  loyiha  homiylari  tomonidan  tashkil  etiladi.  Agar  oddiy  kredit 
operatsiyalarida bank qarzdorning oldingi davrdagi moliyaviy faoliyatining natijalari 
bilan qiziqsa,  investitsiya loyihasini hayotga tatbiq  etishda  esa bank  asosiy  e’tiborni 
loyihani  samaradorligini  baholashga  va  loyiha  kompaniyasining  faoliyatini 
ta’minlovchi  kafolat  masalalariga  e’tibor  beradi.  Olingan  kredit  ta’sischilarning 
balansida  emas,  balki  loyiha  kompaniyasining  balansida  o‘z  aksini  topadi.  Bu  usul 
“balansdan  tashqari”  (“of  balance  sheet”)  deb  nomlanadi.  To‘rtinchidan,  loyihaviy 
moliyalashtirishda  kreditor  asosiy  e’tiborni,  shuningdek,  loyihani  amalga  oshirish 
jarayonining  nazoratiga  qaratadi.  Ko‘p  hollarda,  bu  funksiya  kreditorlar  tomonidan 
amalga  oshirilsa, ayrim  hollarda,  bunga maxsus  kompaniyalar  taklif  etiladi.  Maxsus 
kompaniya  qarzdor  bilan  tuzilgan  shartnoma  asosida  loyihani  amalga  oshirish 
jarayoni  ustidan  doimiy  nazorat  olib  boradi,  qarzdor  o‘z  navbatida  bu  kompaniyaga 
bajarilgan  ishlar  xususida  davriy  hisobot  berib  turadi.  Beshinchidan,  loyihaviy 
moliyalashtirish  bozorida  banklar  turlicha  vazifalarni  bajaruvchilar  sifatida  ishtirok 
etishi  mumkin:  bank-kreditor  sifatida;  kafolatchi  sifatida;  moliyaviy  maslahatchi 
sifatida;  lizing  institut  sifatida  va  h.k.  Oltinchidan,  qarzdor  uchun  loyihaviy 
moliyalashtirish  doirasida  olingan  mablag‘  o‘z  afzalliklari  bilan  bir  qatorda  oddiy 
kreditga nisbatan qimmatga ham tushushi mumkin. U quyidagilar bilan asoslanadi: 

 
yuqori  risk  sababli  kredit  bo‘yicha  foiz  ham  yuqori  bo‘ladi,  shuningdek, 
ortiqcha  komission  harajatlar  (loyihani  baholash  uchun,  moliyalashtirishni  tashkil 
etish uchun, monitoring uchun komissiya haqlari) mavjudligi; 


225 
 

 
loyiha oldi ishlari bo‘yicha harajatlarning ko‘pligi; 

 
to‘liq  ishlab  chiqilgan  loyiha  oldi  hujjatlarisiz  bank  moliyalashtirish  arizasini 
ko‘rib chiqmasligi; 

 
qarzdor faoliyati ustidan bank tomonidan qattiq nazoratni o‘rnatilganligi. 
Shuning 
uchun 
ham, 
ko‘p 
hollarda, 
qarzdor 
investitsiyalarni 
moliyalashtirishning  oddiy  an’anaviy  shaklidan  foydalanishni  lozim  ko‘radi. 
Loyihaviy  moliyalashtirishning  moliyaviy  sxemalarini  ikkita  turga  ajratish  mumkin: 
parallel moliyalashtirish va bosqichma – bosqich moliyalashtirish; 
Birinchi 
tur 
moliyalashtirish 
amaliyotda 
“Hamkorlikda  (qo‘shma) 
moliyalashtirish” deb ham ataladi, bunda yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya 
loyihalarini  amalga  oshirish  uchun  bir  nechta  kredit  muassasalari  qarz  mablag‘lari 
ajratadi.  Bosqichma  –  bosqich  moliyalashtirishda  esa  yuqori  nufuzga  ega  bo‘lgan 
bankning  qatnashishi  zarurligini  talab  qiladi.  Parallel  moliyalashtirishning  quyidagi 
afzalliklari  mavjud,  ya’ni  loyihaviy  moliyalashtirishning  parallel  moliyalashtirish 
shakli  banklarga  bir  tomondan  me’yorlarga  amal  qilgan  holda  kredit  berish 
imkoniyatini  bersa,  ikkinchi  tomondan  kredit  risklarini  pasaytiradi.  Ko‘p  hollarda, 
loyihani moliyalashtirish tashabbuskori sifatida nufuzga ega bo‘lgan tijorat bankining 
yoki  xalqaro  moliya  institutlarining  ishtirok  etishi  qarzdorning  o‘z  vaqtida  kreditni 
qaytarishiga 
qo‘shimcha  kafolat  beradi.  Kredit  shartnomasiga  qilingan 
qo‘shimchalarda  agar  qarzdor  moliyalashtirishda  ishtirok  etayotgan  biror  kreditor 
oldidagi  to‘lov  majburiyatini  bajarmasa  bosh  kreditor  kreditni  muddatidan  oldin 
undirib olish huquqiga ega bo‘ladi. 
Investitsiya  loyihalarini  hamkorlikda  (qo‘shma)  moliyalashtirishning  quyidagi 
ko‘rinishlari  (shakllari)  mavjud,  ya’ni  hamkorlikda  moliyalashtirishning  ikki  shakli 
ko‘p qo‘llaniladi: mustaqil parallel moliyalashtirish, bunda har bir bank qarz oluvchi 
bilan  kredit  shartnomasi  tuzadi  va  investitsiya  loyihasida  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan 
qismini moliyalashtiradi (subloyiha); ko‘pchilik bo‘lib hamkorlikda moliyalashtirish, 
bunda  barcha  kreditorlar  to‘planib  bitta  sindikatga  birlashadilar,  yagona  kredit 
shartnomasi tuziladi va kredit shartnomasini tayyorlash va imzolashni bank-menedjer 
amalga  oshiradi.  Keyingi  bosqichda  kredit  shartnomasini  amalga  oshirish  ustidan 
nazoratni  (ayrim  hollarda  investitsiya  loyihasini  umuman  amalga  oshirishni)  hamda 
zarur  hisob-kitob  operatsiyalarini  sindikat  tarkibidagi  maxsus  bank-agent  ma’lum 
miqdordagi komission haq e’vaziga amalga oshiradi.  
Investitsiya  loyihalarini  bosqichma-bosqich  moliyalashtirishning  o‘ziga  xos 
xususiyati,  asosan,  birinchi  sinf  toifasidagi  banklarda  investitsiya  loyihalarining 
ekspertizasi  bo‘yicha  tajribali  mutaxassislarning  mavjudligi,  bank  olamida  yuqori 
nufuzga  egaligi  tufayli  loyihalarni  kreditlashtirish  bo‘yicha  ko‘plab  arizalar  kelib 
tushadi.  Biroq,  yirik  banklar  ham  har  doim  bu  loyihalarni  ularning  balansiga  salbiy 
ta’sir  etishi  mumkinligi  yoki  boshqa  sabablar  oqibatida  moliyalashtira  olmaydi. 
Shuning uchun, ko‘p hollarda, bu banklar loyihani kreditlashtirishning tashabbuskori 
sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Investitsiya loyihasini samaradorligini baholagani 
va  kredit  shartnomasini  ishlab  chiqqani  uchun  tashabbuskor  bank  komission  haq 
oladi.  Loyihaviy  moliyalashtirishda  quyidagi  ishlarni  bajarish  o‘ta  muhimdir. 
Boshqacha ifodalaganda, loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyidagicha: 
Birinchi  bosqich  –  loyihaning  texnik  tahlili.  Bu  bosqichda  quyidagi  savolga 
javob  berish  zarur:  loyiha  o‘zining  boshlang‘ich  smeta  harajatlariga  mos  holda 
amalga  oshirilmoqdami?  Loyihaviy  moliyalashtirishda  qarzdorlar  tajribali  ekspert-


226 
 
injenerlarning  (bu  ko‘p  hollarda  maxsus  savollarda  tavsiyalar  beruvchi  mustaqil 
maslahatchilar)  tavsiyasiga  amal  qiladi.  Bunday  ekspertlarning  xulosasi  texnik 
hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o‘zida qamrab olishi mumkin: 
zarur  investitsiya  miqdorini;  kelgusidagi  zarur  investitsiyalarni  (ko‘zda  tutilmagan 
harajatlarni  va  favqulotdagi  zararlarni  qo‘shgan  holda);  loyihaning  qaytimi  uchun 
zarur  vaqt;  zararsizlik  nuqtasi;  elektr  energiya,  suv  va  boshqa  harajatlar  qiymati; 
loyihada  ishlash  uchun  xodimlarni  o‘qitish  imkoniyati;  loyiha  mahsulotini  sotish 
bozorining mavjudligi. 
Ikkinchi  bosqich  –  bu  iqtisodiy  va  moliyaviy  tahlil.  Loyihalarning  iqtisodiy  va 
moliyaviy  tahlili  jarayonida  loyiha  barcha  olingan  kreditlar  bo‘yicha  o‘z  vaqtida 
hisob  kitoblar  uchun  yetarlicha  foydaga  ega  bo‘ladimi?  degan  savolga  javob  olish 
zarurdir.  
 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish