3. Oʻzbekistonda tashqi savdoni rivojlantirish yoʻllari
Prezidentomizning tashqi savdo munosabatlarida hech qanday aytarli ish bajarilmayotgani haqidagi 2020-yil 5-fevraldagi bayonotini koʻpchilik eshitdi albatta. Hususan bu yilgi pandemiya davrida bu yaqqol koʻzga tashlandi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilning I choragida O‘zbekistonning to‘lov balansi ko‘rsatkichlari shakllanishiga, asosan, COVID-19 pandemiyasining boshlanishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ta’sirini o‘tkazdi. Tashqi savdo aylanmasining pasayishi, global biznes faoliyatining sekinlashishi va moliyaviy xatarlarning ortishiga olib keldi. Biroq joriy qilingan karantin chora-tadbirlari mahalliy xarakter kasb etib, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining umumiy hajmiga salbiy ta’siri bo‘yicha xatarlar ro‘yobga chiqmadi va 2019 yilning mos davriga nisbatan o‘sish trendini saqlab qoldi. Bundan tashqari, oltin narxining jahon bozoridagi pozitiv dinamikasi eksport hajmi qisqarishini qisman qoplash imkoniyatini yaratdi. O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2020-yilning 1-aprel holatiga 25,1 mlrd dollarni tashkil etdi, bunda 16,2 mlrd dollar davlat sektoriga, 8,9 mlrd dollar xususiy sektorga to‘g‘ri keladi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb biladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlandi, deb aytsak bo‘ladi. Birgina misol. Prezidentimizning Fransiya (2018-yil oktabr), Germaniya (2019-yil yanvar) va Turkiyaga (2017-yil oktabr va 2020-yil fevral) rasmiy tashriflari tashkil etilib, ularning natijalari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga erishildi. O‘z navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019-yil may) va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an (2018-yil aprel) mamlakatimizga javob tashrifini amalga oshirganini alohida qayd etish joiz. Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi davlatlar bilan bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har tomonlama ishlar olib borilmoqda. So‘nggi bir yil davomida Yevropaning Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya, Shveysariya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Litva kabi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari bilan 20 dan ziyod siyosiy maslahatlashuv o‘tkazildi. Biz so‘nggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqi bilan eng yuqori va oliy darajadagi muloqot ilgari kuzatilmagan darajada faollashayotganiga guvoh bo‘ldik. Xususan, 2019-yil may oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, YIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha endilikda sobiq oliy vakili Federika Mogerini ikki marta (2017-yil noyabr va 2018-yil mart oylari) respublikamizga tashrif buyurdi. 2020-yilning aprel oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi. Tashqi ishlar vaziri A.Komilov YIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel (2020-yil yanvar oyida Berlin shahrida va may oyida telefon orqali) bilan ikki marta suhbatlashdi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mazkur muzokaralar chog‘ida Yevropa tomoni iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va investitsiya, transport, ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Shu o‘rinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yo‘nalishda hamkorlikni sezilarli tarzda o‘sib, rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Jumladan, 2019-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 2016-yil bilan taqqoslaganda deyarli 60 foiz o‘sib, 4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish 1,5 baravar ortgan holda 580 millionAQSh dollari miqdoriga yetgan bo‘lsa, bu davrda import hajmi 1,5 barobar oshdi va 3,42 milliard dollarni tashkil etdi. Joriy yil yanvar-may oylarida tovar ayirboshlash hajmi 1,315 milliard dollarni, shu jumladan, eksport 196,6 million dollarni, import 1,11 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi va yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida rasmiy Toshkent va Bryussel o‘rtasida yangi keng qamrovli ikki tomonlama hujjat – Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tuzish bo‘yicha 2019-yildan boshlab faol muzokaralar o‘tkazilmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p jabhali muloqotni rivojlantirishga xizmat qilayotgan mazkur yo‘nalishga, asosan, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar tufayli erishildi. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan hamkorlikning ijobiy dinamikasi, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqa davlatlariga nisbatan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va konstruktiv muloqot orqali barcha masalalarni hal etishga qaratilgan yangi siyosati asosida Bryussel mintaqaga nisbatan siyosatini mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sari tubdan qayta ko‘rib chiqdi. Bularning barchasi Bryussel tomonidan Markaziy Osiyo uchun tasdiqlangan (2019-yil iyun oyida) yangi strategiyada yaqqol namoyon bo‘ldi. Yevropa tomonining pozitsiyasiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar Markaziy Osiyoning siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishidan, shuningdek, ikki mintaqa o‘rtasidagi integratsiya aloqalarini faol rivojlantirishdan manfaatdordir. Mintaqamizdagi barqaror vaziyatni e’tirof etgan holda, rasmiy Toshkent tomonidan ilgari surilgan yaxshi qo‘shnichilik siyosati tufayli rasmiy Rim ilk marta «Italiya – Markaziy Osiyo» formatidagi vazirlar uchrashuvini (2019-yil dekabr) o‘tkazdi. O‘z navbatida, Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida rasmiy Parij ham shu singari muloqotning ikkinchi bosqichini davom ettirishga qaror qildi. 2020-yilning aprel va iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa Ittifoqi savdo komissari F.Xogan bilan ikki marotaba videokonferensiya shaklida uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston va YI o‘rtasida kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha kelishish jarayonini faollashtirish borasida kelishuvga erishildi. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 4-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek, O‘zbekistonning YI «PBT+» imtiyoz tizimida benefitsiar mamlakat maqomini olishi jarayoniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda COVID-19ning global miqyosda tarqalishi va butun dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’siri sharoitida Yevropa Ittifoqi uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekistonga 30 million yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratishga qaror qildi. Bundan tashqari, BMT shafeligida O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast fondiga Yevropa Ittifoqi 5 million yevro, Norvegiya 1,1 million AQSh dollari va Finlyandiya 1 million yevro miqdorida mablag‘ ajratdi. Fursatdan foydalanib, Yevropadagi hamkorlarimizga O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi hamda respublikaning “GSP+”tizimi doirasida benefitsiar maqomini olishi bo‘yicha sa’y-harakatlari, shuningdek, keng qamrovli o‘zgarishlar sharoitida mamlakatimizga ko‘rsatayotgan moliyaviy va texnik ko‘magi uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi uchun 2014-2020-yillarga mo‘ljallangan beg‘araz yordami to‘g‘risidagi ko‘p yillik indikativ dasturi doirasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb 168 million yevro mablag‘ ajratildi. Shu bilan birga, biz Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha olib borayotgan xalqaro maydondagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz. O‘zbekiston uchun qo‘shni davlatda uzoq kutilgan tinchlikni o‘rnatish ustuvor ahamiyatga egadir.Biz Yevropa bilan ikki va ko‘p tomonlama istiqbolli munosabatlarni davom ettiramiz. Savdo-sotiq, investitsiya va moliya, yuqori texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash O‘zbekiston – Yevropa munosabatlarining asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
Yurtimizda oxirgi uch yilda «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» tamoyili asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda. Jumladan, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bacheletning 2019-yil yakuni bo‘yicha taqdim etgan yillik hisobotida ilk bor O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida ijobiy urg‘u berilgan. Shu bilan birga, joriy yilning mart oyida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan taqdim qilingan Beshinchi davriy hisobotni ko‘rib chiqib, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, sud-huquq sohasini isloh qilish, bolalar va majburiy mehnatga barham berish sohasidagi yutuqlarga ijobiy baho bergan. Hozirgi kunda qo‘mitaning bu boradagi tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlash sohasidagi ishlarga yuqori baho bermoqda. Jumladan, uning ofisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda qator tadbir va loyihalarni amalga oshirmoqda. 2020-yilda YXHTning Markaziy Osiyoda so‘z erkinligi xalqaro forumini Toshkentda o‘tkazish rejalashtirilgan. Joriy yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida yurtimizda inson huquqlari sohasida yanada keng ko‘lamli islohotlarni va xorijiy hamkorlar bilan keng qamrovli ishlar ko‘zda tutilgan. Xorijiy sheriklarimiz va xalqaro tashkilotlar bilan muloqot jarayonida O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi islohotlarning ortga qaytmasligi va davomiyligini alohida ta’kidlab kelmoqdamiz. Mazkur sohada mamlakatimizning nufuzini yanada oshirish maqsadida O‘zbekistonning 2021-2023-yillar mobaynida BMTning Inson huquqlari kengashiga a’zo bo‘lishi masalasi bo‘yicha respublikamizning tegishli vazirlik va idoralari hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan izchil faoliyat amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda inson huquqlari va qonun ustuvorligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Respublikamiz Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va aloqador masalalar bo‘yicha O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi quyi qo‘mitasi doirasida «Inson huquqlari bo‘yicha muloqot»ni tashkil etdi. Bugungi kunga qadar tomonlar o‘rtasida 12 raund muloqot bo‘lib o‘tdi. Harakatlar strategiyasi doirasida ko‘p qirrali islohotlar boshlangan paytdan buyon yevropalik hamkorlarimiz jamiyatni demokratlashtirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati, so‘z erkinligi va inson huquqlari sohasidagi chuqur o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqdalar. O‘zbekistonning majburiy mehnatga barham berish, sud islohotlari, qiynoqlarning oldini olish va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan bog‘liq muammolarni hal etish borasidagi yutuqlarini Yevropa tomoni alohida ta’kidlaydi. Ushbu sohalardagi sezilarli yutuqlar tufayli 2019-yilda Yevropa Ittifoqi «individual holatlar» deb nomlanuvchi ro‘yxatni birinchi marta taqdim etmadi. Albatta, bu mamlakatimizda mazkur sohalarda olib borilayotgan islohotlardagi sezilarli o‘zgarishlardan dalolat beradi. Ma’lumot uchun: «O‘zbekiston – YI» quyi qo‘mitasining adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va aloqador masalalar bo‘yicha yig‘ilishlari doirasida Yevropa tomoni qamoqdan ozod qilish talabi bilan «siyosiy mahbuslar» deb ataluvchi 10-15 kishining ro‘yxatini an’anaviy tarzda taqdim etar edi. Bundan tashqari, Yevropa tomonining ta’kidlashicha, 2019-2020-yillarda oqlanganlarning o‘tgan yillarga nisbatan juda ko‘pligi O‘zbekiston sud tizimidagi islohotlar amalda ijobiy natijalarni ko‘rsatayotganidan dalolat beradi. O‘zbekistonning ushbu sohada erishgan ijobiy natijalari Yevropa Ittifoqining dunyoda inson huquqlari va demokratiya bo‘yicha yillik hisobotida (2020-yil iyun oyida e’lon qilingan) ham yuqori baholandi. Hujjatda 2016-yildan boshlab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda jamiyatni bosqichma-bosqich liberallashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar dasturi, shu jumladan, siyosiy dasturlar amalga oshirilayotgani ta’kidlangan. Alohida qayd etilishicha, bu yo‘nalishda jiddiy yutuqlarga 2019-yilda va uning yakunida (22-dekabr) bo‘lib o‘tgan parlament saylovida erishildi. Bu esa, o‘z navbatida, respublikamiz rahbariyatining tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga bo‘lgan intilishlarini yaqqol namoyish etdi. Bundan tashqari, YeI hisobotida so‘z erkinligi sohasida erishilgan ijobiy o‘zgarishlarga e’tibor qaratilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi turli davlat idoralari bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelgan o‘zbekistonlik jurnalistlarga jiddiy yordam ko‘rsatgani qayd etilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019-yilda «Chegarasiz OAV» tasnifiga ko‘ra, «qora hudud»dan chiqarildi. Respublikaning inson huquqlarini ta’minlash borasidagi yutuqlarini inobatga olgan holda, YeI va unga a’zo davlatlarning aksariyati O‘zbekistonning global siyosiy jarayonlar, jumladan, BMTning Inson huquqlari kengashiga a’zo bo‘lishidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlamoqda.
O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, yurtimizga chet ellik sayyohlarni jalb qilish, umuman, mamlakatimizning turistik salohiyatini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarimiz BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) tomonidan ijobiy qabul qilinmoqda. Respublikamiz vakillari YUNVTO shafeligida tashkil etiladigan yirik va nufuzli turistik yarmarkalar – FITUR, ITB, JATA, World Travel Market, Top Resa va shunga o‘xshash qator xalqaro tadbirlarda hamda ular doirasida o‘tkaziladigan vazirlar darajasidagi anjumanlarda doimiy ravishda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Bu esa hozirgi kunda turizm sohasidagi muhim masalalar yuzasidan xalqaro hamkorlar bilan fikr almashish imkonini bermoqda. Tashkilot O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tashabbuslarini har tomonlama va keng qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, mamlakatimiz tashabbusi bilan joriy yilning 1-iyun kuni Jahon sayyohlik tashkilotining «Tiklanish yo‘li» mavzusidagi xalqaro anjumani tashkil etildi. Ushbu onlayn muloqot jarayonida SAFE TRAVEL GUARANTEED tashabbusi, ya’ni O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish, xavfsiz turizmni joriy etish, yurtimizda xorijiy sayyohlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqidagi yangilik tashkilot a’zo davlatlari o‘rtasida ilgari surildi. Bundan tashqari, joriy yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston raisligida YUNVTOning Yevropa mintaqaviy komissiyasining navbatdagi 65-sessiyasi videomuloqot tarzida tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 2023-yilda BMT Jahon sayyohlik tashkilotining Ijroiya kengashiga 2021-2023-yillar uchun va Bosh assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazishga O‘zbekiston nomzodini ilgari surish tashabbusini e’lon qildi hamda bu a’zo davlatlar tomonidan iliq kutib olindi.
Xullas, Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligini xalqimiz xalqaro miqyosda erishilayotgan ana shunday salmoqli natijalar, zalvorli yutuqlar bilan qarshilamoqda. Ishonchimiz komilki, bunday xayrli ishlar kelgusida ham davom etadi. Buning natijasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi mustahkamlanib, Vatanimizning kuch-qudrati yuksalib boraveradi.
XULOSA
1. Jahon iqtisodiyotida integratsiya jarayonining kuchayishi va oqibatda davlatlarning bir-biriga bog‘liqligini ortishi natijasida, ulardagi tashqi iqtisodiy siyosat rivojlanib boradi. Rivojlanayotgan davlatlar uchun ularning tashqi savdo aloqalari ichki iqtisodiy rivojlanish uchun fundament va o‘ziga xos turtki bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Barcha davlatlar oldida tashqi savdo bo’yicha o’z milliy siyosatini tanlash muammosi yuzaga keladi va bu mavzudagi tortishuvlar ikki asr mobaynida davom etib kelmoqda. Jahon xo‘jalik tizimida globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi
Do'stlaringiz bilan baham: |