2.2. Yangiyer tibbiyot kolleji bilan ish beruvchi tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik ishlarini tashkil etishdagi muammolar 2.2. Yangiyer tibbiyot kolleji bilan ish beruvchi tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik ishlarini tashkil etishdagi muammolar
Kollej bilan ish beruvchi tashkilotlar o’rtasida hamkorlik ishlarini sifatli olib borishda to’siq bo’layotgan quyidagi muammolar aniqlandi:
- Davolash profilaktika muassasalarida ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotlarini o’tash uchun etarli darajada sharoit yaratilmaganligi;
- Tashkilotlarda amaliyot xonalarining talab darajasida emasligi;
- Ayrim tashkilotlarda, xususan farmatsiya yo’nalishi uchun xona ajratilmaganligi;
- Tashkilotdan biriktirilgan umumiy va bevosita rahbarlarning ma’suliyatsizligi;
- Xususiy klinikalarda kelajakda ish o’rni yaratib berolmasligi tufayli shartnoma imzolamasligi;
- Bitta tibbiyot birlashmasida kontingent ko’pligi sabab (Boyovut, Xovos tumanlari) shartnoma talablarini bajara olmaslik holatlarining kuzatilishi;
- Ish beruvchi tashkilot bilan kollej va o’quvchi yashash manzilining uzoqligi, bu esa o’z navbatida nazoratning sustligiga va amaliyot o’tash sifatining pasayishiga olib keladi;
- Bitta bo’limda 10 dan oshiq o’quvchining to’g’ri kelishi;
- Aksariyat o’quvchilarning yashash xududidagi QVP yoki OShP larda amaliyot o’tashi, bu esa o’quvchilarning stantsionar sharoitini, ish faoliyatini, rasmiylashtiriladigan tibbiy hujjatlarini o’rganolmay qolishiga olib kelmoqda;
- Biriktirilgan uslubiy rahbarlarni moddiy rag’batlantirmaslik, bu o’z navbatida rahbar tomonidan nazoratning pasayishiga olib keladi;
Xulosa va takliflar Xulosa va takliflar - Professional ta’lim tizimida, xususan Yangiyer tibbiyot kollejida hamkorlik ishlarini tashkil etishda ish beruvchi tashkilotlarni har tomonlama o’rganish, asoslangan talablarni aniqlab, rakobatbardosh kasb egalarini tayyorlash maqsadida amaliyot bazalarini talab darajasida jihozlash.
- Davolash profilaktika muassasalarida simulyatsion o’quv xonalar va Simulyatsion talimni tashkil etish
- Aksariyat o’quvchilarning yashash xududidagi QVP yoki OShP larda amaliyot o’tashi, bu esa o’quvchilarning stantsionar sharoitini, ish faoliyatini, rasmiylashtiriladigan tibbiy hujjatlarini o’rganolmay qolishiga olib kelmoqda, buning uchun esa o’quvchilarni bo’limlarda navbatchi tibbiy xodimlarga biriktirish va u bilan hamkorlikda ishlashini ta’minlab berish .
- O’quvchilarning malakalari yuzasidan kasbiy bilim va amaliy ko’nikmalarni bajarishga, shuningdek o’zlarining kasbiy maxoratlarini orttirishlari, kasbiy ta’lim fanlar o’qitilganda o’zlashtirgan nazariy bilimlarni mustaxkamlash, kengaytirish va tizimga solish, kasbiy tafakkurini rivojlantirish maqsadida mexnat jamoa sharoitida tashkilotchilik faoliyatini singdirish, ya’ni xususiy klinikalar bilan ham hamkorlik ishlarini samarali yo’lga qo’yish.
- Ta’lim muassasalarining davlat va xususiy tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari bilan integratsiyasini rivojlantirish.
- Respublika ta’lim muassasalari o’rtasida o’quvchilarning akademik almashinuvini tashkillashtirish.
- Asosiy mexnat ko’nikmalarini bajarishga belgilangan kasb egasini tayyorlashning bir butunligini ta’minlash.
E’tiboringiz uchun rahmat! E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |