Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги


 Duduqlanuvchi bolalar mustaqil nutqini tekshirish metodikasi



Download 467,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/33
Sana20.06.2021
Hajmi467,84 Kb.
#71423
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullari

 

2.2. Duduqlanuvchi bolalar mustaqil nutqini tekshirish metodikasi. 

Muloqot kattalar va kattaning ishtirokidagi aniq vaziyat bois yuzaga keladi. U 

yoki  bu  harakatlar  va  predmetlar  bois  aniq  vaziyatda  muloqot  etish  vaziyatli  nutq 

yordamida  amalga  oshadi.  Mazkur  nutq  biron-  bir  faoliyat  bilan  bog‗liq  ravishda 

yoki  yangi  predmetlar  yoki  voqea-  hodisalar  bilan  tanishish  davomida  yuzaga 

keluvchi savollarni, savollarga javoblarni, ma‘lum talabalarni ifodalaydi. Bolalarda 

ichki va tashqi nutqning yaxshi rivojlanishi va nutq komponentlarining о‗z vaqtida 

rivojlanishi  bolaning  savod  о‗rganishida  ahamiyati  kattadir.  Nutq  nuqsonlarini 

tadqiq  qilishda  nutq  rivojlanishini  о‗rganishga  izchil  yondashish  qoidalari 

qо‗llanildi.  Bu  esa  nutqi  rivojlanmagan  bolalarni  maktabga  tayyorlashning  ilmiy 

asoslarini ishlab chiqqan R.YE. Levina, G.V. Chirkina, L.F. Spirova, N.S. Jukova, 

YE.M.  Mastyukovalar  ishlarini  о‗rganishga  imkon  berdi.  Bu  ishlarda  nutq 

muomalasi  bolaning  tо‗liq  ruhiy  rivojlanishidagi  zarur  shartidir.  Nutq  nuqsoniga 

ega  bо‗lgan  bolalarni  maxsus  ta‘limga  tayyorlamay  turib,  ularda  butun  til 

tizimlarini  shakllantirish  juda  qiyin  kechadi.  Nutq  nuqsoniga  ega  bо‗lgan  bolalar 

nutqini  tuzatish,  tarbiyalash  ishlarini  boshlaganda  ularni  til  omillarini,  ruhiy 

faoliyatlarini e‘tiborga olib, bolalarni о‗qitishni ularda mustaqil nutqga ega bо‗lishi 



 

 

uchun  diqqat,  xotira,  о‗zlarini  tuta  bilish  kо‗nikmalarini  tarbiyalash  bilan  uzviy 



bog‗lashni nazarda tutadi.  Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutni tarbiyalashdan 

avval  bolani  kompleks  ravishda  davolash  ishlari  olib  boriladi.  Shundan  sо‗ng 

korreksion  ishlar  tizimi  ketma-  ketlikda  bola  uchun  oson,  qiyin  yoki  xayiqib  

ketmaydigan  sо‗zlar  orqali  muloqotga  kirishiladi.  Shuningdek  duduqlanuvchi 

bolalarni  о‗z  о‗rtoqlari,  ota-onalari  bilan  yengil  muloqatga  kirishib  ketishlari 

logopedik  mashg‗ulotlarda  mustaqil  javob  berishlari  kuzatiladi.      Maxsus 

maktabgacha  ta‘lim  muassasasi uchun  mо‗ljallangan  L.R.  Muminovaning  ―Tutilib 

gapiruvchi  bolalar‖  uchun  metodik  qо‗llanmasi  asosida  duduqlanuvchi  bolalar 

mustaqil  nutqini  va  Nutqi  tо‗liq  rivojlanmagan  bolalar  muloqatini  tekshirish 

metodikasidan  foydalangan  holda  tekshirdik.  Tekshirishda  biz  Chilonzor 

tumanidagi  368-  Maxsus  maktabgacha  ta‘lim  muassasasining  duduqlanuvchi  5-6 

yoshdagi  bolalar  guruhida  tekshirish  ishlarini  olib  bordik.  Quyidagi  savollarorqali 

bolalarda mustaqil nutqini rivojlanganlik darajasi aniqlandi.  

1. 


―Bizning oilamiz‖ mazusida gapirib ber!. 

Bunda  bolaga  ―Bizning  oilamiz‖  haqidagi  rasm  kо‗rsatildi,  rasmga  qarab bola  о‗z 

oila azolarini gapirib berish sо‗raldi. 

2. 


О‗zing bilgan sherni aytib ber!. 

Boladan bog‗chada va uyda о‗rgangan sherlarini aytib berish taklif qilindi. 

3. 

Bolaga  telefonda  ota-onasi  yoki  о‗rtog‗i,  yaqinlari  bilan  mustaqil 



suhbatlashish taklif qilindi. 

Boladan  eng  yaqin  о‗rtog‗ing  kim?,  о‗rtog‗ingdan  nima  sо‗raysan?,  uning  oti 

nima?, telefonda qanday gaplashasan?, kimlar bilan hozir gaplashishni hoxlaysan? 

kabi savollarga duduqlanuvchi bolaning mustaqil javob berishi sо‗raldi. 

4. 

Mashg‗ulotlarda  bolaning  logoped  savollariga  mustaqil  javob berishlari har 



kungi  uy  vazifalarini  qanday  bajarib  kelishi,  mashg‗ulotlarda  nimalarni 

о‗rganganligi sо‗raldi. 




 

 

5. 



О‗zi  bilgan  ertaklarni  aytib  berish  taklif  qilindi.  Boladan  avval  qaysi 

ertaklarni  bilishi  sо‗raldi.  (―Sholg‗om‖,  ―Bо‗g‗irsoq‖,  ―Echki  bolalari‖  ertaklari). 

Bolalarga  shu  xaqda  ertaklar  kitobi  kо‗rsatildi,  kitoblarni  rasmiga  qarab  mustaqil 

gapirib berish sо‗raldi. 

6. 

Bolaning  ota-onasi  bilan  bо‗lgan  muloqoti  yani  ota-onaga  vazifalar  berildi, 



shu  vazifalar  bо‗yicha  bolaga  savol  berdilar,  berilgan  vazifaga  ota-ona  bilan 

bо‗lgan muloqati, yani mustaqil nutqi tekshirib borildi. 

Yuqoridagi  vazifalarni  bajarishda  bolaning  mustaqil  nutqini  tо‗g‗ridan  tо‗g‗ri 

ikkilanmasdan javob berishlari va muloqatning kechishiga qarab quyidagi mezonlar 

asosida mustaqil nutqning rivojlanganlik darajasi aniqlandi va baholandi. 

1.  Mustaqil javob berdi – 5 ball. 

2.  Logoped yordamida javob berdi – 4 ball 

3.  Javob berishdan voz kechdi – 3 ball  

 


Download 467,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish