I Bob. Muammoni о„rganishni ilmiy-nazariy
asoslari.
1.1.Muammoni о„rganish yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik
adabiyotlar taxlili.
Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta‘rif bergan dastlabki
tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham kо‗pchilik olimlar
nutq buzilishlari, ularning kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda fiqo-
mulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq
buzilishlarini о‗rganish borasida qо‗lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta‘siri
bо‗lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig‗ilgan
tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi.
XX asr boshida chet ellik va rus tadqiqotchilari V.Oltushevskiy, G.Gutsman,(5)
E.Freshels, S.M. Dobrogayevlarning ishlarida asos qilib olindi. Buning umumiy
tomoni kо‗p edi; etlopotogeneztik mezon bilan tо‗ldirilgan klinik yondashuv,
buzilishlarning alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli о‗rtasidagi
bog‗lanish, bunday xollarda nutq buzilishlari kо‗pincha u yoki bu kasallikning
alomati sifatida talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha sо‗z
yasovchi elementlaridan tashkil topgan atamalardan qо‗llanilgan. Tasniflar о‗rtasida
buzilishlarni guruhlashning turli prinsiplari, shuningdek, u yoki bu mezonni
tasniflashning muhimlik darajasiga bо‗lgan qarashlaridagi ayrim qarama-qarshiliklar
bilan bog‗liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi.
Nutqiy sistema bosh miya a‘zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri
nutq faoliyatining о‗ziga xos vazifasini bajaradi. A.R.Luriya miya faoliyatini uchta
funksional blokka ajratadi.
1-blok - bosh miya pо‗stlog‗i osti haqidagi bilimlarni о‗z ichiga oladi. U bosh
miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini ta‘minlaydi.
2-blok - orqa miya qatlami katta yarim sharlari bо‗laklarni о‗z ichiga oladi,
tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va saqdaydi.
U bilish jarayonining amalga oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi.
Uning tuzilishi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajratadi. Birlamchi
doira - miya qatlamlarining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori
darajada о‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi a‘zolaridan sezgi
axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi. Miya qatlami apparatlarining birlamchi
doiralari ustidan ikkilamchi doiralar qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan
qо‗zg‗alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar kabi о‗zining ixtisosiy modelligi
(kо‗rish, eshitish)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizatorlar
(kо‗rish, eshitish)ning bosh miya qatlami birikmasini о‗zida namoyon etadi.
Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya kqtlami bо‗linmalarini о‗zgartirish
doiralari hisoblanadi. Ular turli modallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil, sintez,
integratsiya qilish vazifasini о‗taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning beqaror
va tashqi darajasidan simvolik darajaga e‘tiborni qaratish munosabatlari murakkab
logik-grammatik sо‗zlar qurilish haqidagi bilimlar bilan ish kо‗rishga о‗tish sodir
bо‗ladi.
3-blok katta yarim sharlar qobig‗ining oldingi bо‗limlari (motor, motor oldi va
old frontal soxa) doirani о‗z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatining rejalashtirish,
moslashtirish va nazorat qilishni ta‘minlaydi. U, shuningdek, miya qobig‗i ostidagi
a‘zolar faoliyati barcha sistemalarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga
qо‗yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. Nutq faoliyati barcha
bloklarning birgalikda ishlash natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok
nutq jarayonida alohida maxsus о‗ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi.
Rossiyada kо‗pchilik tadqiqotchilar duduqlanishni nutq sohasidagi funksional
buzilish, nutq nevrozi (I.A.Sikorskiy; I.K.Xmelevskiy; E.Anders va boshqalar) deb
qaradilar yoki uni nutq apparatidagi g‗ayriixtiyoriy harakatda ifodalanadigan sof ruhiy
xastalik deb (Xr. Laguzen; G.R.Netkachev), psixoz deb (Gr. Kamenka,) belgiladilar.
XX asr boshlariga kelib duduqlanish mexanizmlari haqidagi barcha
tushunchalarni uchta nazariy yо‗nalishga ajratish mumkin:
1)
Duduqlanish
nutq
markazlarini
muvofiqlashtiruvchi
apparatning
qо‗zg‗aluvchanligi zaiflashuvi oqibatida sodir bо‗ladigan koordinatsion nevrozdir. Bu
G.Gutsman, I.A.Kussmaulning, keyinchalik I.L.Sikorskiyning ular duduqlanishni
nevrotizm jarayoni: duduqlanish, bu – pay tortishiga о‗xshash spazmalardir, deb
tushuntirishdi.
2) Duduqlanish – ruhiy harakterdagi assotsiativ buzilishidir. Bu yо‗nalish
T.Gefner va E.Freshels tomonidan olg‗a surilgan. A.Libmann, G.D.Netkachyov,
Y.A.Florenskaya (6) uning tarafdori edilar. Duduqlanish mexanizmlarini tushunishga
nisbatan psihologik yondoshuv о‗zining navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi.
3) Duduqlanish ruhiy jarohatlanishda atrof-muhit bilan bо‗ladigan turli
ziddiyatlar natijasida rivojlanuvchi g‗ayrishuuriy kо‗rinishdir. A.Adler, Shneyder bu
nazariya tarafdorlari edilar. Ularning fikriga kо‗ra duduqlanish bir tomondan, shaxs
atrofdagilar bilan muloqotda bо‗lishining turlicha imkoniyatlaridan yiroqlashish
xohishida, boshqa tomondan – atrofdagilarda bunday namoyishkorona xastalikka
nisbatan hissiyot tuyg‗ularini jumbushga keltirish istagida namoyon bо‗ladi.
Shunday qilib, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida duduqlanish bu murakkab
psixofizik buzilishdir, degan fikrga kelina boshlandi. Ayrimlarning e‘tirofiga kо‗ra,
uning asosida fiziologik harakterdagi buzilish yotadi, ruhiy jihatlar esa ikkilamchi
xarakterga ega (A.Gutsman; A.Kussmaul; I.A.Sikorskiy va boshqalar). boshqalar
ruhiy jihatlarni birlamchi, fiziologik kо‗rinishlarni esa – ruhiy notо‗kisliklarning
oqibati, deb hisobladilar (Xr. Laguzen ; A.Koen; Gr. Komenka; T.D.Netkachyov va
boshqalar). Duduqlanishni hatto kо‗tilish nevrozi, qо‗rquv nevrozi, notо‗kislik
nevrozi, bog‗lanishsiz nevroz va boshqalar sifatida kо‗rib chiqishga о‗rinishlar ham
bо‗ldi.
XX asrning о‗rtalariga kelib duduqlanish mexanizmini I.P.Pavlovning inson
oliy nerv faoliyati va, qisman, nevroz mexanizmi haqidagi ta‘limotlariga suyangan
holda kо‗rib chiqa boshlashdi. Bunda ayrim tadqiqotchilar duduqlanishni nevroz
alomati tarzida (Y.A.Florenskaya, Y.A.Povorinskiy va boshq.), boshqalar – uning
alohida formasi sifatida (V.A.Gilyarovskiy, M.B.Xvatsev, I.P.Povarnin, N.I.Jinkin,
V.S.Kochergina va boshq.) talqin qildilar. Lekin ikkala holatda ham duduqlanish
rivojlanishining bu murakkab va turlicha mexanizmlari nevroz mexanizmlari
rivojlanishi uchun umuman yagonadir. Duduqlanish boshqa nevrozlar kabi
qо‗zg‗alish, tormozlanish va patologik shartli refleksning shakllanish jarayonlaridagi
zо‗riqishni keltirib chiqaradigan turli sabablar natijasida paydo bо‗ladi. Duduqlanish,
bu – alomat ham, alomatlar yig‗indisi ham emas, balki markaziy nerv sistemasining
umuman xastalashuvidir (V.S.Kochergina).
Tadqiqotchilar bolalardagi nutq buzilishlari tasnifi masalalarini ishlab chiqishda
ikkita yо‗nalishga ajraladilar. Birinchi yо‗nalish tarafdorlari nutq buzilishlarining
umumiy logopediyaga daxldor an‘anaviy nomenklaturasini saqlab qoldilar. Lekin uni
yangi mazmun bilan boyitdilar. Boshqa yо‗nalish tarafdorlari an‘anaviy bо‗lgan
nomenklaturani inkor etdilar va nutq buzilishlarining yangi guruhini tuzdilar.
Shunday qilib, nutq buzilishining ikki turi tibbiy-pedagogik va psixolo-pedagogik va
pedagogik turini R.YE.Levina asoslab berdi. Nutqning tо‗liq rivojlanmay qolishi -
turli xil murakkab nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush chiqarish va
ma‘noli tomonlariga taalluqli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan
bо‗ladi. Umumiy alomatlar sifatida quyidagilar qayd qilinadi; nutq rivojlanishining
kech boshlanishi, lug‗at boyligining kamligi, agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar,
falmalar tuzilishidagi nuqsonlar. Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turlicha
darajalarda aks etishi mumkin; nutqning yо‗qolishi yoki uning noaniq bog‗lanishsiz
holatidan mukammal holatigacha, lekin bunda fonetik va leksik grammatik
rivojlanmay qolish elementlari bо‗ladi. Bolada nutq vositalarining shakllanganlik
darajasiga qarab tо‗liq rivojlanmay qolishi uch darajaga bо‗linadi. P.K.Anoxin,
A.N.Leontyev, A.R.Luriya va boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlariga kо‗ra,
har qanday psixik funksiyalarning asosi alohida "markazlav" bо‗lmay, balki markaziy
asab sistemasining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tuzumi
hisoblanadi. Odam nutqi tushunarli va manoli bо‗lishi uchun nutq azolarining
harakatlari aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak. Qadimgi grek faylasufi va shifokori
Gippokrat bir qator nutq buzulishlarining sababini kо‗rsatib о‗ttan. Yana boshqa grek
faylasufi Aristotel nutq hosil bо‗lish jarayonini periferik nutq apparatining anatomik
tuzilishi bilan bog‗lab, anatomik tuzilishdagi kamchiliklarni nutq buzilishiga sabab
qilib kо‗rsatgan. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkin-ki, antik davr olimlarining
tadqiqotlaridayoq nutq buzilishi sabablarini tushunishda ikki yо‗nalishga bо‗lishgan.
Birinchi yо‗nalish Gippokrat nuqtai-nazari bо‗lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq
buzilishlarining kelib chiqishiga sabab bо‗luvchi bosh omil ekanligi takidlangan.
Ikkinchi yо‗nalish Aristotelga tegishli bо‗lib, periferik nutq apparatining
buzilishlarining sababi etib kо‗rsatilgan. Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya
jarohatlanishining "о‗z о‗rni" borligini eramizdan 400 ming yil avval Gippokrat
tomonidan aytilgan bо‗lsa, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq fransuz shifokori Pol Broka
tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanish
buzilishini keltirib chiqaruvchi omillarni kо‗rsatib berilgandan sо‗ngina berilgandir.
Xuddi shunga о‗xshash kashfiyot yilda Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan.
S.M. Dobrogayev nutq buzulishlari sabablari orsida quyidagilarni ajratib kо‗rsatdi.
1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari.
2. Anatomik nutq apparatida patalogik о‗zgarishlar.
3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmasligi.
4. Organizmning umumiy nevropatik holati.
M.YE.Xvatsev nutq buzulishi sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratadi.
Shu bilan birga organik (anatomik-fiziologik), (morfologik) funksional (psixogek)
ijtimoiy psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib kо‗rsatdi. Funksional
sabablarni M.YE.Xvatsev, I.P.Pavlov ta‘limoti orqali tushuntirdi. Bu talimot
markaziy nerv sistemasida qо‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlarining о‗zaro
munosabatini buzilishi haqida bо‗lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va funksional,
markaziy va periferik sabablarning о‗zaro munosabati mavjudligini takidlaydi.
Nutq buzilishlari sababi deganda - organizmga tashqi yoki ichki zararli
omilning ta‘sir etishi yoki ularning о‗zaro aloqasini tushunish mumkin,
qaysiki, bu nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi. Nutq buzilishining umumiy
kо‗rinishi kо‗pchilik olimlar va tadqiqotchilar har xil fikrlarida isbotladilar.
Bolalarda va kattalarda uchraydigan eng kо‗p duduqlanish nutq nuqsoni bо‗lib
bu nuqson bо‗yicha о‗tgan asrlarda ham kо‗p olimlar bu muammoga
qiziqqanlar va davolash ishlarini olib borganlar. Duduqlanish - bu nutq apparati
muskullarining tortishish natijasida nutqning sur‘at - ohangining buzilishidir.
Qadimgi davrlarda duduqlanishni kо‗proq bosh miyada namlikning
tо‗planib qolishi (Gippokrat) yoki artikulyatsion apparat qismlarning о‗zaro
notо‗g‗ri munosabati (Aristotel) bilan bog‗lik holdagi kasallik deb qarashgan.
Duduqlanish paytida nutk apparatining markaziy yoki periferik (sirtqi)
bо‗limlarida buzilish bо‗lishi mumkinligini Galen, Sels va Ibn Sino e‘tirof
etdilar.
XVII - XVIII asrlar arafasida duduklanishni tashki nutk apparatining
yetilmaganligi okibati sifatida talqin etishga urinishgandi. Masalan,
Santorimining ta‘kidlashicha, duduklanish qattiq tanglayning yorilgan paytida
vujudga keladi va gо‗yo shu yorik orkali tilga suyuqlik tushadi hamda nutkni
kiyinlashtiradi. Vutser esa buni pastki jag‗ning notо‗g‗ri chuqurlashuvi va unda
kichik tilcha borligi bilan; Erve - de - Cheguan - til uzunligi va ogiz
bо‗shlig‗ining hajmi orasidagi о‗zaro munosabat yoki uning kalta yuganchaga
nihoyatda zich yopishib turishi bilan bog‗liq holda, deb tushuntirdi.
Boshqa tadkiqotchilar duduklanishni nutk a‘zolari harakatlarining
buzilishi: ovoz kovagining gayriixtiyoriy yopilishi (Arnot, Shultess); haddan
tashqari tez nafas chiqarish (Bekkeral); muskullarning tilni og‗iz bо‗shlig‗ida
ushlab qoladigan darajada spazmatik qiskarishi (Itar, Li, Diffenbax); tafakkur
va nutk jarayonining nomuvofiqligi (Blyume); kishi irodasining nutk harakati
mexanizmi muskullari kuchiga ta‘sir etadigan darajada mukammal emasligi
(Merkel) va boshkalar bilan bog‗laydilar.
XX asr boshlariga kelib duduqlanish mexanizmlari hakidagi barcha
tushunchalarni uchta nazariy yо‗nalishga ajratish mumkinligi aniklandi;
1.
Duduklanish nutq markazlarini muvofiklashtiruvchi apparatning
qо‗zg‗aluvchanligi, zaiflashuvi okibatida sodir bо‗ladigan korreksion
nevrozdir.
G.Gusman,
I.A.Kussmaulning,
keyinchalik
I.L.Sikorskiylar
duduqlanishni nevrotik jarayoni: duduklanish, bu - pay tortishishiga о‗xshash
spazmalardir;
2.
Duduqlanish - ruhiy xarakterdagi assotsiativ buzilishdir. Bu yо‗nalish
T.Gifner
va
YE.Freshels
tomonidan
olga
surilgan
A.Libmann,
G.D.Netkachyov, Y.A.Florenskaya uning tarafdori edilar. Duduqlanish
mexanizmlarini
tushunishga
nisbatan
psixologik
yondashuv
о‗zining
navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi.
3.
Duduqlanish ruhiy jarohatlanishda atrof - muhit bilan bо‗ladigan turli
ziddiyatlar natijasida rivojlanuvchi, g‗ayrishuuriy kо‗rinishdir. A.Adler,
Shneyder bu nazariya tarafdorlari edilar. Ularning fikrlariga kо‗ra duduqlanish
bir tomondan shaxs atrofdagilar bilan muloqotda bо‗lishning turlicha
imkoniyatlaridan yiroqlashish xohishida boshqa tomondan atrofdagilarda
bunday namoyishkorona xastalikka nisbatan his tuyg‗ularini junbushga
keltirish istagida namoyon bо‗ladi.
Shunday qilib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida duduqlanish - bu
murakkab psixofizik buzilishdir, degan fikrga kelina boshlandi. Ayrimlarning
e‘tirofiga kо‗ra, uning asosida fiziologik xarakterdagi buzilish yotadi, ruhiy
jihatlar esa ikkilamchi harakterga ega (A.Gusman; A.Kussmaul; Sikorskiy va
boshqalar). Boshqalar ruhiy jihatlarni birlamchi, fiziologik kо‗rinishlarni esa
ruhiy notо‗kisliklarning oqibati, deb hisobladilar (Xr. Laguzen; Gr.Komenka;
T.D.Netkachyov va boshkalar) (5). Duduqlanishni hatto kutish nevrozi,
qо‗rquv nevrozi, bog‗lanishsiz nevroz va boshqalar sifatida kо‗rib chiqishga
urinishlar ham bо‗lgan.
Duduqlanish patogenezini о‗rgangan kо‗pgina mualliflar duduqlanuvchi
kishilarda turli xil vegetativ о‗zgarishlar bо‗lishini aytishadi. Masalan,
M.Zeyman hisobiga kо‗ra, 84 % duduklanuvchi kishilarda vegetativ distoniY.
Vegetativ asab sistemasining og‗ir buzilish hollarida, xususan duduqlanish
ikkinchi planga kо‗chadi, qо‗rquv, hayajonlanish, vahima, badgumonlik,
umumiy zо‗riqish yuz beradi, kishida titrashga, terlashga, qizarishga moyillik
paydo bо‗ladi. Bolalik yoshida duduqlanuvchilarda uyquning buzilishi, kо‗z
ilinishi paytida chо‗chib tushish, zerikarli, notinch, yuzaki uyqular, tungi
vahimaga tushishlar kuzatiladi. Kattaroq yoshdagi duduqlanuvchilar bu kabi
kechinmalarni nutq buzilishi bilan bog‗lashga urinadilar. Uning buzilganligi
tо‗g‗risidagi fikr kayfiyatning doimiy buzuqligi bilan bog‗liq holda, turg‗un
xulq - atvorni keltirib chiqaradi. Umumiy qо‗zg‗aluvchanlik, ozib - tо‗zish,
beqarorlik va doimiy shubhalik, hollarida, nutq odatda qisqa vaqt yaxshilanishi
mumkin. Mashg‗ulot paytlarida duduqlanuvchilarda bir maqsadga qaratilganlik
va qat‘iylik tez - tez yо‗qolib turadi. Ular о‗z imkoniyatlariga, erishgan
natijalariga yetarlicha baho bermaydilar, chunki nutqning yaxshilanishi
ularning umumiy kayfiyatini kam miqdorda yengillashtiradi.
Duduqlanish muammosiga nisbatan turli nuqtai nazarlarni kо‗rib chiqib,
duduqlanishning paydo bо‗lish mexanizmlari bir xil emas, degan asosiy
xulosaga kelish mumkin.
Ayrim hollarda duduqlanish murakkab nevrotik zaiflashuv sifatida e‘tirof
etiladi, u esa bosh miya kobig‗idagi nerv jarayonining izdan chiqishi, qobiq va
qobiq osti о‗zaro munosabatlarining buzilishi umumiy nutqiy harakatlar (ovoz,
nafas olish, artikulyatsiya) sur‘atining zaiflashuvi oqibati hisoblanadi.
I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati tiplari haqidagi ta‘limotidan kelib
chiqqan holda duduqlanish nutq nuqsoni oliy nerv faoliyatidagi funsional
о‗zgarishlarning belgilaridan biridir.
Bu nuqson qо‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanati
buzilishlaridan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |