Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


TALABALARDA SHAXSLARARO MUNOSABAT MADANIYATINI



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

TALABALARDA SHAXSLARARO MUNOSABAT MADANIYATINI 
RIVOJLANTIRISH 
Nasirova Zilolaxon Marat qizi 
Nizomiy nomidagi TDPU magistranti 
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-avgustdagi “Oliy ta’lim 
muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 242-sonli qarori, 2017-yil 7-
fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar 
strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947 sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim 
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 qarorlari hamda 
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasi mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlardan 
sanaladi. 
Davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 1-oktabr – “O’qituvchi va murabbiylar 
kuni”ga bag’ishlangan tantanali marosimda O`zbekiston Respublikasining Prezidenti 
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tarixga nazar solib, IX-XII asrlarda yurtimiz 
hududida birinchi, XV asrda ikkinchi Renessans porlaganini ta’kidladi. Ko’pchilik 
ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan o’ylayman: 
Mamlakatimizda uchinchi Renessansni XX-asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz 
amalga oshirishlari mumkin edi. Ular “Ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lishi ham 
mumkin emas”, degan hadisi sharifni hayotiy e’tiqod deb bildilar, deya ta’kidladi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonda yangi Uyg’onish davri, ya’ni 
uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini ta’kidladi. 
“Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy 


138 
harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o’lmas meros hamisha yonimizda 
bo’lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag’ishlashi lozim. Avvalambor, milliy 
ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan sug’orishimiz kerak
18
”. 
Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash 
va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar 
tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo’llaniladi.
Bugungi kunda ta’limning demokratik modelini vujudga keltirish muhim 
masalalardan biridir. Ta’lim, ayniqsa, o’quvbiluv jarayoni demokratik modelining 
dastlabki elementi talaba shaxsining individual faoliyat ko’rsatishida namoyon bo’ladi. 
Muloqot - ikki yoki undan ortiq shaxsning birbiriga qaratilgan og’zaki yoki 
yozma nutqi. Og’zaki hamda yozma nutq og’zaki yoki yozma matn shaklida 
ifodalanadi. Muloqot shaxslararo o’zaro fikr almashinish vostasidir. 
Ma’lumki, bugungi kunda talabaning ham individual, ham umumiy 
rivojlanishini ta’minlash dolzarb muammo hisoblanadi. Buning uchun ta’lim 
jarayonida ta’lim oluvchining talabaga bo’lgan aqliy rivojlanish dinamikasini o’stirish, 
o’quv-biluv jarayonida barcha talabalarning bilim olishi va rivojlanishini ta’minlashga 
yo’naltirilgan mashg’ulotlar ko’lamini kengaytirish zarur hisoblanadi. 
Muloqot - yunoncha so’z boiib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o’zaro fikr 
alraashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so’zlashuvida 
paydo bo’ladi. Inson muloqot jarayonida ijti-moiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli 
munosabatlar, ahloqiy me’yorlar g’oya va mafkura omillari ta’sirida yashab 
ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka-molotga yetadi. Kishilar o’rtasidagi o’zaro 
muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan bin hisoblanib, u 
o
;
z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi. 
Pedagogikada muloqot ta’lim oluvchi va talabalar jamoasining o’zaro ta’sir 
malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o’zaro axborot almashishida, 
ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o’tkazishida, o’zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida 
namoyon bo’ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega: 
18
.Mirziyoyev Sh.M. “1-Oktabr ustoz murabbiylar kunidagi nutqi”-Toshkent. 2020-yil 


139 
• muloqot ta’lim oluvchining o’quv faoliyatida eng muhim kasbiy qurol 
hisoblanadi; 
• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun 
ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha-miyatga ega; 
• ta’lim oluvchi va talaba munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot 
sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim 
rol o’ynaydi; 
• pedagogikada muloqot - ta’lim oluvchining talabalarga ta’sir o’tka-zish asosida 
o’zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq-sadni dastur asosida amalga 
oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir; 
• muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi-qadi va 
shaxslararo munosabat rivojlanishining ko’p qirrali jarayoni hisoblanadi; 
• noto’g’ri pedagogik muloqotdan talabalarda qo’rquv, o’z kuchi-ga ishonchsizlik 
paydo bo’ladi, ularning diqqat-e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi 
buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi. 
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati
— bu o ‘qituvchining o‘quvchilar 
bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o ‘zi uchun eng qulay bo ‘lgan psixologik 
muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi 
kasbiy munosabatidir. 
O’qituvchining o ‘quvchilar bilan o ‘zaro yaqin muloqotidan asosiy rnaqsad: 
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham 
berish; 
• o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko ‘nikmalarini hosil qilish; 
• o’quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o ‘z fik-mulohazalarini cho‘chimasdan 
bayon qilib unga tayanishga o ‘rgatish; 
• o’quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish; 
• dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatinipaydo qilish. 
Rus pedagogi A.S.Makarenkoning fikricha, ta’lim oluvchi muloqoti hypmat va 
talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida boiishi lozim
19

19
Makarenko A.S..Pedagogika. –M.: Vlados, 2001 y. 


140 
Bu borada V.D.Suxomlinskiy ta’lim oluvchining "...maktab hovlisida gapirgan 
har bir so ‘zi puxta o ‘ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma ‘lum bir tarbiyaviy 
maqsadga qaratilgan bo ‘lishi kerak" deb ta’kidlaydi. Ta’lim oluvchining har bir so’zi 
olimning fikricha, nafaqat talaba qulog’iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan 
bo’lishi shart. Umuman ilg’or ta’lim oluvchilarning fikricha, ta’lim va tarbiya faqat 
ta’lim oluvchi va c’quvchining o’zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot 
jarayonida quriladi. 
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati jarayonida ta’lim oluvchi qisqa 
muddatda o’zining psixologik bilimlariga tayanib talabalamiog psixik xususiyatlarini 
mukammal bilishga harakat qilishi lozim. Talabalarning ichki dunyosiga, ruhiy 
holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo’Hash, tanbeh berish 
mumkin emas. Bu holat talabalar bilan o’zaro muloqotni tuzatib bo’lmas darajada 
buzilishiga, talabalarning yashirin holatga. o’z "qobig’I”ga kirib olishiga sabab bo’ladi. 
Ta’lim oluvchilarning o’zaro axborot almashishi bilan bog’liq xususiyatlari, 
uning sinf jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog’liq. Sinf jamoasida ro’y 
berayotgan har qanday voqea va hodisalar o’qituvchilar nazoratida boiishi, ularning 
oqibatini’ta’lim oluvchilar tez va adolatli tahlil qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat 
faol talabalar bilan axborot almashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina, 
ta’lim oluvchining o’quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar 
yaratiladi va ijobiy natijalar beradi. 
Ta’lim oluvchi ta’lim - tarbiyaviy faoliyatni talabalar bilan birgalikda tashkil 
etadi. Bunda sinfning faol talabalari hamda norasmiy liderlari bilan o’zaro 
muloqotning adolatli bo’lishi muhim ahamiyatga ega: talabalarni tarbiyaning turli 
elementlarini ongli ravishda mustaqil bajarishga jalb etish, bunda talabalarga 
tashkilotchilik va ijro etish rollarini bajarishga imkoniyat yaratib berish lozim. 
Ta’lim oluvchining to’g’ri tashkil etilgan muloqoti talabaning o’zligini anglash 
fonksiyasini takomillashtiradi. Bunda ta’lim oluvchining vazi-fasi muloqot asosida 
talabalarga o’zining “Men”ligini anglashni, shaxs sifatida o’z fikrini dadil va erkin 
gapirishni, jamoada o’z o’rnini bilishni, o’z-o’zini baholashni o’rgatishi kerak. 
г. 


141 
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati рedagogik muloqot tuzilishi 
jihatidan ta’lim oluvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar ta’lim 
oluvchining talabalar bilan muloqotiga ko’plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon 
etsalarda, muloqot, awalo, ta’lim oluvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida 
namoyon bo’ladi 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish