Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


ERTAKLAR - BOLALARGA MA’NAVIY OZUQA



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

ERTAKLAR - BOLALARGA MA’NAVIY OZUQA 
Mirjalolova Lobar Rustamovna 
Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” 
kafedrasi dotsenti, p.f.n. 
Xalq og‘zaki ijodida eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir. Ertaklar xalq 
hayoti, milliy ma’naviyati, urf-odatlari, udumlari, an’analari, orzu-umidlarini aks 
ettirib, bolalarga ma’naviy, ahloqiy va badiiy oziqa beradi.
Xalqimiz “Ertaklar - yaxshilikka yetaklar” deb bejiz aytmagan. Ular har bir 
xalqqa xos va mos bо‘lgan hikoyatlardir. Xalq ertaklari tarbiyaviy jarayonni 
yaxlitligicha tashkil etish, ya’ni ahloqiy, ma’naviy, ekologik, estetik va aqliy 


131 
rivojlanish chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Ayni paytda ular tinglovchining 
kо‘pgina yaxshi xotiralarini yodiga soladi. Inson bolaligidan boshlab yaxshilikka, 
ezgulikka doimo intilib yashaydi.
Har bir bola ertak tinglayotgan chog‘ida qahramonlardan biriga о‘xshashni, 
ularga taqlid qilishni orzu qiladi. Kitoblardagi rasmlarni qiziqish bilan tomosha qilish, 
kattalarning nutqini qanday maroq bilan tinglash bolalarning ertaklarga ijobiy 
munosabatda ekanligidan dalolat beradi. Ertaklardagi obrazlar his-hayajonga boy, 
rangdor va shu bilan birga kichkintoylarning tushunishlari uchun sodda bо‘lib, 
haqiqatga yaqinligi bilan ularni о‘ziga rom etadi. Ertaklar yordamida bolalarning 
xotirasi, diqqati, tafakkuri rivojlantiriladi, tasavvur va fantaziyalari uyg‘otiladi. 
Fantaziyaning uyg‘otilishi har xil hayvonlarning kesilgan tanalarini birlashtirish orqali 
turli ajoyibotlarni yaratishda yaqqol kо‘rinadi. 
Har bir ertakning о‘z g‘oyasi bor. Masalan, «Sholg‘om» о‘yin ertagi bolalarni 
fikrlashga, voqealarni muayyan ketma-ketlikda aytishga undaydi, "Kuch - birlikda" 
degan naqlning mazmunini anglab yetishlariga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ertaklar hikoya qilish, ya’ni ertak aytish yо‘li 
bilan, shuningdek, ularni о‘qib berish orqali yetkaziladi. Lekin bugungi kunda yangi 
pedagogik texnologiya talabiga kо‘ra bu kabi ish turlari yetarli emas. Ayniqsa, axborot 
texnologiyalari keng ommalashayotgan davrda kompyuter ekranlari orqali ertakni 
kо‘rsatmali eshittirish imkoniyatlari yuzaga kelganligi tufayli ham yangidan yangi 
usullarga yо‘l ochilmoqda.
Ertak sо‘zlab berilgandagina matn «jonlanadi». Hikoyalovchining xatti-
harakatlari, imo-ishoralari, ohangi va belgilangan bayon ritmikasi ertakni kichik 
tinglovchilar uchun yanada tushunarli qiladi. Masalan, Zumrad - mehnatsevar qiz. 
Qimmat esa yalqov. Bunday suhbatlar bolalarda kо‘proq ertak tinglab borish kerak, 
ekan degan xulosaning shakllanishiga olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bitta 
ertakni qayta-qayta eshitishni yoqtiradilar. Shunga kо‘ra ham uni bir marta emas, bir 
necha marta о‘qib berish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bunda tarbiyachi: «Bolalar, ertak 
yoqdimi? Mazmunini tushundinglarmi? Yana bir marta о‘qib beraymi?» deb murojaat 
etib turishi kerak. Odatda, ayrim tarbiyachilar ertakni birinchi marotaba eshittirganidan 


132 
keyinoq bolalarga savollar berib, javob olishga intiladilar. Biroq bunga kichkintoylar 
hali yetarlicha tayyor bо‘lmaydilar. Chunki bolalar ertak mazmunini yuzaki tushungan 
bо‘lishlari mumkin. Shuning uchun dastlabki idrokni chuqurlashtirish maqsadida 
bolalarni ertak mazmuniga olib kirish lozim bо‘ladi.
Ertakning bolalarda tug‘ilayotgan his-hayajonga ta’siri nechog‘lik jadal bо‘lsa, 
ular chizgan rasm shunchalik qiziq va rang-barang bо‘ladi. Bundan tashqari, bolalar 
о‘zlari chizgan rasmlarni (odam, hayvon) qirqib olib erkin mavzularda о‘yin о‘ynashni 
ma’qul kо‘radilar. Kattalar bolalarga ertak о‘qib berish mobaynida ertak elementlari 
orqali ularning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirgan holda obrazli 
tafakkurining о‘sishiga ma’lum darajada ta’sir etadilar. Sekin-asta bolaning о‘zi ham 
bu jarayonda ishtirok eta boshlaydi, ya’ni avval rasmlarni tomosha qiladi, sо‘ngra 
ovozga taqlid qilish orqali ertak qahramonlarining nomini aytishga, tanish jumlalarni 
davom etgirishga harakat qiladi va, nihoyat, ertakni qayta sо‘zlab beradi.
Ertakning о‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, qahramonlardan biri ijobiy, 
ikkinchisi salbiy bо‘ladi. Asar qahramoni kuchli va jasur bо‘lsa, u atrof olamni 
gо‘zallik bilan boyitadi. Albatta, kuchli bо‘lish uchun gavdali odam, pahlavon bо‘lish 
shart emas. Kichkina bolalar ham kuchli va jasur bо‘lishlari mumkin. Ertakda mitti 
tipratikon ham sahovatli, qalban mard, tirishqoq bо‘lgani uchun kuchli va jasur 
qahramonga aylanadi. Ertak о‘qib bо‘lingandan keyin bolalarni umumlashma, xulosa 
chiqarishga undash, «Agarda sen uning о‘rnida bо‘lganingda nima qilgan bо‘lar eding? 
Seningcha, ertak qahramoni yaxshimi yoki yomonmi? Agarda u qilishi kerak bо‘lgan 
ishni bajara olmaganda nimalar yuz berishi mumkin edi?» kabi savollar bilan erkin 
muloqotga chaqirish ularning faolligini yanada oshirishga yordam beradi.
Tarbiyachi tomonidan mahorat bilan yetkazilgan ertaklar bolada kо‘tarinki, 
quvnoq kayfiyatni yuzaga keltirishga, kichkintoy bilan hishayajonli, dо‘stona 
muloqotni о‘rnatishga, sezdirmay, osonlik bilan tarbiyaviy ta’sirni tashkil etishga, 
atrof-muhit haqidagi bilim va ma’lumot zahiralarini samarali tо‘ldirishga imkon 
yaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar badiiy matn bilan asosan eshitish orqali 
tanishadilar. Shu bois asosiy diqqatni matnni ifodali о‘qish mahoratiga, kerakli 


133 
joylarda mantiqiy urg‘u berish, tо‘xtamlarga amal qilish, shuningdek, matnni qabul 
qilishga yordam beradigan rangli illyustratsiyalar tanlashga qaratmoq lozim. 
Ertak mazmunini qayta hikoya qilish jarayonida bolalarda ohangga (ifodalilikka) 
e’tibor berish malakasini shakllantirish lozim. Bunda ertak qahramonlarining ovozi 
qanday bо‘lishi mumkinligi haqida suhbat о‘tkazish yо‘li bilan, ularda tegishli bilim 
hosil qilish talab etiladi. «Ertak nimasi bilan bizni qiziqtiradi?» degan savol tug‘iladi. 
Birinchidan, timsolga aylanish orqali bolalar hayvonlarning hulqatvori va yurish-
turishi, nutqi, harakati, ovozi, imo-ishoralari bilan kengroq tanishadilar. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish