Adabiyotlar:
1.R.G.Qodirov “Musiqa psixologiyasi” T.”Musiqa” nashriyoti 2005
2. G.M.SHaripova Musiqa va uni o`qitish metodikasi. 2019 Turon-iqbol
3. D.A.Karimova Musiqiy pedagogik mahorat asoslari T. Moliya -iqtisod 2008
4. D.A.Karimova “Musiqa o`qitish texnologiyalari va loyihalash ” darslik LESSON
PRESS nashriyoti.2021 y.
TARBIYADA MILLIY URF-ODAT VA AN’ANALARDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI
N.M.Kayumova
Nizomiy nomidagi TDPU, Maktabgacha ta’lim
fakulteti dotsenti
O‘zbek milliy-ma’naviy qadriyatlari mazmunida insonparvarlik g‘oyalari
yotadi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik va hamdarlik, vafodorlik va o‘zaro hurmat, bir-
biriga suyanish va yaxshi qo‘shnichilik, bolajonlik va ota-onaga hurmat, mehr-oqibat
va sadoqat har tomonlama e’zozlanib kelinadi. Bunday insoniy fazilatlar, xislatlarning
84
qaror topishida Islom dinining alohida o‘rni borligini unutmasligimiz kerak. Chunki
millatimiz bir necha asrlardan buyon e’tiqod qilib kelayotgan Islom dinining asosi
hisoblangan «Qur’onu-Karim» va «Hadisu-Sharif» qoidalarida insoniy fazilatlar,
xislatlar eng oliy qadriyat sifatida har tomonlama ulug‘langan.
Milliy-ma’naviy qadriyatlar negizini esa an’analar ya’ni urf-odatlar, rasm-
rusumlar, bayramu-sayillar tashkil etadi. Ana shu negizlardan biri an’analardir. Bizga
ma’lumki, o‘zbek xalqining ko‘pgina an’analari, urf-odatlari, dini «qoloq»,
«reaksion», «eskilik sarqiti» sifatida tilga olindi, ularga nisbatan ayovsiz kurashlar avj
oldi. Hatto ularni sotsialistik mazmun kasb etishiga urinishlar bo‘ldi. Vaholanki, har
bir xalqning an’ana va urf-odatlari shu xalq madaniyatining ko‘rinishidir. An’analar
jamiyatda asrlar buyi joriy etilib, mustahkamlanib kelganligi uchun yashovchan
xarakterga egadir. Shu sababdan ularni yo‘qotib yuborish yoki «eskilik sarqiti» sifatida
qoralash mumkin emas.
An’nalar urf-odatlardan ko‘ra kengroq tushunchadir. An’nalar millat ijtimoiy
hayotining hamma tomonlariga xos bo‘lib, ular ijtimoiy ongning hamma shakllarida
bor, ularni faqat ahloq, huquq, dinda emas, balki siyosat, fan, san’atda, ba’zan
kishilarning ish faoliyatlarida ham uchratish mumkin.
Ayniqsa, mustaqilligimizdan keyingi davrlarda xalqimizning eng yaxshi
an’analari qayta tiklandi. Jumladan, Xotira va qadrlash kuninning nishonlanishi
o‘tmish avlodlarimizga cheksiz hurmatimiz belgisi bo‘lishi bilan birga, yosh avlodni
milliy ruhda tarbiyalashning asoslaridan biridir. Milliy an’analarni quyidagi
ko‘rinishda ifodaladik:
- vatanga e’tiqodni shakllantiruvchi an’analar (turli vatanparvarlikni
tarbiyalovchi tadbirlarning o‘tkazilishi, ko‘rik tanlovlarning tashkil qilinishi, harbiylar
kunining nishonlanishi kabilar);
- mehnat an’analari (ommaviy hasharlarning tashkil qilishi, paxtakor,
g‘allakorlar mehnatini qadrlash, tozalik kunlarining o‘tkazilishi);
- milliy o‘yinlar, sport turlari (ko‘pkari, milliy kurash, poygalar…);
- oilaviy-maishiy an’analar (mehmondo‘stlik, o‘zaro hurmat, ota-onalarni
e’zozlash kabilar);
85
- Islom diniga hurmat yuzasidan o‘tkaziladigan an’analar (qurbon hayiti, iydi
ramazon);
- boshqa millat vakillariga hurmat yuzasidan o‘tkaziladigan an’analar
Shuningdek, o‘zbek an’analarning ko‘rinishlari ko‘proq oila sharoitida
namoyon bo‘ladi. Oilaviy an’analar - bayram va marosimlar, oila hayotida ro‘y
beruvchi turli yutuqlar, voqealar, sanalarni nishonlash, xotirlash sifatida o‘tkaziluvchi
an’analardan iborat bo‘lib, ular yosh avlodda oila a’zolariga nisbatan hamjihatlilik,
hamdardlik, hamkorlik, o‘zaro hurmat, mehribonlik kabi fazilatlarni tarbiyalashda
muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan o‘zbekona oilaviy an’analarning o‘ziga hosligini
ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Bu esa oila a’zolarining o‘zaro munosabatlarida namoyon
bo‘ladi, ya’ni ota va farzand, er va xotin, qaynona va kelin, aka va uka, qo‘ni-qo‘shni
o‘rtasidagi hurmat, e’tibor, samimiylik yuzasidan o‘rnatilgan aloqalar jarayonida
ko‘zga tashlanadi. Oilaviy an’analar vorisiy hisoblanib, avloddan-avlodga berib
boriladi.
Oilada bayram va an’analarni nishonlash, kishilar hayotini zavq-shavqqa
to‘ldirishi bilan birga, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibatni, e’tiborni ta’minlab
boradi. Bayramlarning chiroyli qilib o‘tkazilishi oila a’zolariga ko‘tarinkilik
kayfiyatini baxsh etadi. Ayniqsa, bunda bolalar kattalar qatori o‘z o‘rniga ega bo‘la
boshlaydi. Shuningdek, bolaning oiladagi hulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishga
ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi.Oilaviy an’analarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin:
-umummilliy an’analar (yangi yilni kutib olish, onajonlar bayrami…);
-shaxs an’analari (farzand tug‘ilishi, tug‘ilgan kunlar…);
-bolaning hayot yo‘li bilan bog‘liq an’analar (birinchi qo‘ng‘iroq, yoshlar
tashkilotlariga a’zo bo‘lish, fuqarolik pasportini olish, so‘nggi qo‘ng‘iroq).
- milliy urf-odatlar bilan bog‘liq an’analar (chaqaloqning qulog‘iga azon aytish,
beshikka belash, atak-chechak, muchal yoshining nishonlanishi, sunnat to‘ylari…).
Har bir millatning o‘ziga xos urf-odatlari bo‘lgani kabi o‘zbek xalqining ham
rang-barang urf-odatlari, rasm-rusumlari, marosimlari asrlarga tengdoshdir. O‘zbek
86
xalqi bayramlari o‘ziga xos bo‘lib, “Navruz bayrami”, “Hosil bayrami”, “Mehrjon
bayrami” kabilar xalq hayotida muhim o‘rin tutadi.
Xullas, an’analar, bayramlar, urf-odatlar, marosimlar insonning dunyoga
kelishidan tortib, to umrining oxirigacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Bolaning
dunyoga kelishi, qulog‘iga azon aytish, tish chiqishi, beshikka solish, yurishi, soch
olinishi, sunnat tuyi, uylanish - nikoh to‘yi, payg‘ambar yoshi to‘ylari, yuz yoshi,
kumush to`y, oltin to‘y kabi sanab o‘tilgan marosim-odatlarimizning, boshqacha qilib
aytganda qadriyatlarimizning qirralari nihoyatda ko‘pdir. Hoh oilada bo‘lsin, hoh
jamiyatda bu kabi marosimlarning nishonlanishi bola tarbiyasiga ham o‘z ijobiy
ta’sirini o‘tkazadi. Bu qadriyatlar orqali yosh avlod barcha ahloqiy xususiyatlarga ega
bo‘lib boradi, jumladan vatanga e’tiqodli, mehnatkash, ona tabiatni asrovchi, ota-
onaning qadriga yetadigan, ilmli, saxiy, vatani uchun jonini fido qiladigan insonlar
bo‘lib yetishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |