MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI DIALOGIK NUTQINI
O‘STIRISH MAZMUNI
Inamova Mavlyuda
TDPU
“Maktabgacha ta`lim” fakulteti talabasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida; maktabgacha
ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan
ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’lim
–tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish,
bolalarni har tomonlama intelektual,ahloqiy,estetik, jismoniy rivojlantirish uchun
shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida etibor qaratildi[1.3]. Bu qaror
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Bolani maktabda
muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini
egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p
jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini
o‘zlattirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga
bog‘likdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona
tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Nutq vazifasi va
shakli. Kattalar bilan ko‘rgazmali vaziyatdan chetga chiqadigan mavzular bo‘yicha
dialog qilishni yo‘lga qo‘yish. Tengdoshlar bilan jamoaviy o‘yinlarda o‘yinga kirishib
ketish uchun sharoitlar yaratish. O‘z nutq faolligi paydo bo‘lishini rag‘batlantirish:
dialogdagi sheriklarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilish; o‘yin vaziyatlari, o‘rin
73
bosuvchi buyumlar, rollarni belgilashda nutqdan foydalanish. Buyumlar xususiyatlari
va ularning qanday maqsadda ishlatilishiga, turmushdagi sababli aloqalar va
munosabatlarga qiziqishni, qiziqtirayotgan masalaga oid savollarni va qisqa matn
shaklidagi (3-4 ta gap) mulohaza va fikrlashlarni rag‘batlantirish.
Maktabgacha davrdagi katta yosh (5-7 yosh) bolalar nutqini rivojlantirishda
erishilgan asosiy natijalar dialog sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.
Tengdoshlar bilan dialog qilish birinchi o‘ringa o‘tadi. Bola o‘z tengdoshini
kattalardan afzal ko‘ra boshlaydi. O‘yin jarayonidagi o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar
bilan bo‘lgan dialogga qaraganda ancha mazmunliroq bo‘la boshlaydi. Sherik bilan
dialog - muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo‘ladi. Bolalar
endi qo‘shnilari eotiborini jalb qila oladilar, o‘zlari xam uning ishlari va bildirgan
fikrlari bilan qiziqadilar. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqining vazifalari
turlichadir. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o‘rnatishda, o‘ziga, o‘z ishlariga va
kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o‘zaro tushunishda, sherik hulqiga,
uning fikri va xissiyotlariga ta’sir ko‘rsatishda, o‘z faoliyatini tashkil etishda, o‘yindagi
o‘z o‘rtog‘ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit
haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi
tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning nutqi shuningdek, obyektiv aloqalarning
o‘ziga xos sohasi sifatida namoyon bo‘ladi, u bularni so‘z, tovush, qofiyalar va fikrlar
bilan o‘ynab turib anglaydi.
Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki nutqning muayyan kompozitsion
shaklini o‘zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs jihxatdan shakllanishining
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dialogik dialog nafaqat aloqa (intellektual
mazmun) va o‘z manfaatlariga yo‘nalishni, balki sherikning nuqtai-nazarini, uning
qiziqishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko‘zda tutadi. Bolalar bunday
tajribani kooperativ tusdagi faoliyat (birgalikda yasash, chizish, jamoa o‘yinlarini
o‘ynash) natijasida to‘playdilar. Tengdoshlari bilan dialog qilishda bola nutqi
mazmundorlikka (dialog vaziyatidan qatoiy nazar mazmun faqat til vositalaridan
foydalanish orqaligina tushunarli) ega bo‘lishi isbotlangan. Maktabgacha yoshdagi
74
katta bolalarning dialogik dialogi negizida nutqning yangi shakli - monolog tug‘iladi
va shakllanadi. U bolaning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini
o‘rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga ega
bo‘ladi. Hikoyada albatta bolani lol qoldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir qiziq
hodisa (tabiat qo‘ynidagi qiziqarli uchrashuv, ukasining kulgili harakatlari va h.k.) aks
etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni, multfilmlar mazmunini aytib
berishni, o‘qiganlarini so‘zlab berishni xush ko‘radilar. Maktabgacha yoshdagi katta
bolalarning eng muhim yutug‘i - jaranglayotgan nutqqa qiziqishning shidda bilan
rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir [2. 105].
So‘zga nisbatan lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, qofiya, mazmun
bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda, so‘z ahamiyati haqidagi savollarda, ularning
jarangdorligi va mazmunida ko‘rinadi. Til voqeligini anglash uning barcha tomonlarini
- fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. So‘zga nisbatan ongli
munosabat lug‘atni takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni
tushunish), nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga (tovush talaffuzi, tinglash
qobiliyati, intonatsiya ifodaviyligi), nutqning grammatik to‘griligini shakllantirishga
(morfologiya, so‘z yasash, sintaksis), ravon nutqni rivojlantirishga taosir ko‘rsatadi.
Maktabgacha davrdagi katta yoshda nutqning grammatik jihatdan to‘griligini
shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabatning paydo bo‘lganligi va
rivojlanganligi, aniq va to‘gri gapirishga intilish bilan bog‘liqdir. To‘grilikka intilish
grammatikaning barcha so’alarida, ya’ni - morfologiyada (shaklning aniq
shakllanishida, ko‘p turdagi shakllarni o‘zlashtirishda), so‘z yasashda (non uchun -
nondon, tuz uchun - tuzdon), sintaksisda (og‘zaki nutq tuzilmasini bartaraf etish: «va»
bog‘lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni «cho‘zish» xamda bir gapda to‘gridan-
to‘gri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish) paydo bo‘la boshlaydi. Nutqning
grammatik to‘griligiga intilish bola hayotining yettinchi yilida ro‘y beradi. Besh yoshli
bola ‘ali xam ishtiyoq bilan grammatik shakllarni o‘ynaydi va aynan so‘z bilan amalga
oshirilayotgan ana shu sinovgina nutqning grammatik to‘g`riligini yanada
rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush
madaniyatini tarbiyalash, grammatik to‘grilikni shakllantirish ravon nutq tuzish
75
usullarini o‘zlashtirish (bog‘lovchilar, o‘rin-hol, leksik takrorlashlar, sinonimlar
yordamida gaplarni bog‘lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish tuzilmasi) bilan uzviy
bog‘liqdir. Ko‘p turdagi vazifalarni bajarish munosabati bilan dialogik nutq negizida
rivojlangani holda nutqning barcha jihatlari tilni anglashni shakllantirishga to‘gridan-
to‘gri bog‘liq holda bo‘ladi hamda buning uchun bolaning katta bilan muayyan
shakldagi dialog turiga muhtoj bo‘ladi. Bu nafaqat tashqi dunyo va boshqa odamni
anglashga, balki tilning o‘zini, uning tuzilishi va faoliyat yuritishni anglashga ham
yo‘naltirilgandir. Nutqiy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari kirishuvchanlik
ko‘rinishlarida hamda ayni paytda til va ravon nutqni egallash suroatida ifodalanadi.
Ko‘pchilik bolalar o‘z harakatlarini shar’lashni, atrofdagilar e`tiborini o‘ziga jalb
qilishni xush ko‘radilar. Bunda ayrim bolalarda nutqiy dialog amaliy faoliyat bilan zid
keladi va buning natijasida bunday ko‘p gapiruvchi bolakay ish bajarishda guruhdagi
boshqa bolalardan ortda qola boshlaydi. Unchalik kirishimli bo‘lmagan bolalar kam
so‘zlaydilar, lekin odatda ular amaliy vazifalarni tez va to‘gri hal etadilar. Ravon
nutqning paydo bo‘lish muddati va mas’uldorligi xam farq qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |